145
olingan ko‘rsatma va xulosalar keyingi loyihalarni
amalga oshirishda
qo‘llaniladi.
Investitsiya loyihasi riskini baholash usullari orasida eng ko‘p
qo‘llaniladiganlari quyidagilar:
1) loyihaning sezgirlik tahlili;
2) “zararsizlik nuqtasi”ni aniqlash;
3) barqarorlikni tekshirish.
Sezgirlik tahlili
loyihaning o‘xshash parametrlaridan biri o‘zgarganda,
loyiha samaradorligi qay darajada o‘zgarishiga miqdoriy baho berishda
qo‘llaniladi. Sezgirlik tahlilini investitsiya loyihalari natijalariga sezilarli
darajada ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularni taqqoslash tahlili uchun
o‘tkazish tavsiya etiladi. Bu omillar bilan bog‘liq vazifalarni yechishda quyidagi
ketma-ketlikka amal qilinadi. Avvalo, sof joriy
qiymatni hisoblashga yordam
beradigan omillar aniqlanadi. Keyin ma’lum oraliqlarda omillardan biri
o‘zgartirilib, sof joriy qiymat hisoblab chiqiladi, ushbu yo‘l har bir omil uchun
takrorlanadi. Bundan so‘ng hamma hisoblar jadvalga joylashtiriladi, har bir omil
o‘zgarishiga nisbatan loyihaning sezgirlik darajasi solishtiriladi va loyihaning
muvaffaqiyatiga eng ko‘p darajada ta’sir etuvchilari aniqlanadi. Sezgirlik tahlili
yordamida, hisoblar uchun zarur bo‘lgan turli xil o‘zgaruvchilar berilganda,
naqd foyda yoki investitsiya rentabelligining eng zaruriy o‘zgarishlarini aniqlash
mumkin. Turli xil o‘zgaruvchilarga ishlab chiqarish xarajatlari, sotish hajmi,
investitsiya
davri davomiyligi, kredit foizi, xomashyo va yoqilg‘i qiymati,
soliqlar miqdori va boshqalar misol bo‘ladi.
“Zararsizlik nuqtasi”ni
aniqlash usuli yordamida mahsulot sotishdan
kelgan tushum uni ishlab chiqarish xarajatlariga teng bo‘lgan holdagi sotish
hajmi aniqlanadi. Agar sotish hajmi bu nuqtadan past bo‘lsa, korxona zararlarni
qoplashi mumkin, agar pul kirimi xarajatlarga teng bo‘lsa, korxona ishini
zararsiz olib borayotgan bo‘ladi. “Zararsizlik” tahlili loyiha quvvati yoki ishlab
chiqarish hajmi miqdorini topish maqsadida qo‘llaniladi. Agar ishlab chiqarish
hajmi past bo‘lsa, korxona zararga ishlayotgan bo‘ladi.
Bu tahlil loyihani
baholashda turli narx va qiymatni hisobga olishga bir qator zararsizlik
nuqtalarini hisoblashga imkon beradi.
Barqarorlikni tekshirish usuli
yordamida investitsiya ishtirokchilari uchun
eng xatarli variantlarda investitsiya loyihasini rivojlantirish rejasini ishlab
chiqishni oldindan ko‘rib chiqish mumkin. Har bir rejada har bir ishtirokchining
rejalashtirilayotgan daromadi, yo‘qotishlari, samaradorligi e’tiborga olinadi.
Agar barcha ko‘rib o‘tilgan holatlarda ishtirokchilar
qiziqishlari kuzatilsa,
kutilayotgan ko‘ngilsiz munosabatlar mavjud zahira va rezervlar hisobiga
146
cheklatilsa yoki sug‘urta to‘lovlari bilan qoplansa, loyiha barqaror va samarali
deb hisoblanadi.
Loyihaning barqarorlik darajasi uni amalga oshirish sharoitlarining
ehtimolli o‘zgarishlarga nisbatan ishlab chiqarish,
narx va mahsulotning eng
yuqori darajadagi qiymati orqali ifodalanishi mumkin.
Riskni pasaytirish -
ko‘zda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun zahira
mablag‘larini tashkil etish yo‘li bilan yo‘qotishlar hajmini qisqartirish
hisoblanadi. Ko‘zda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun zahira mablag‘larini
tashkil etishdagi asosiy muammo risklarning jiddiy oqibatlarini baholash
hisoblanadi. Buning uchun loyiha qiymatining boshlang‘ich baholashni hisobga
olish lozim. Bu esa zahira summasini aniqlashga katta yordam beradi.
Riskni pasaytirishning aniq vositasini tanlashda investor quyidagi
tamoyillarga
asoslansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi:
ortiqcha tavakkal qilish kerak emas;
Do'stlaringiz bilan baham: