K. Z. Homitov iqtisod fanlar doktori, dotsent


XI BOB. LIZING OPERATSIYALARI BO‘YICHA XALQARO



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/127
Sana12.07.2022
Hajmi2,14 Mb.
#783761
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   127
211
XI BOB. LIZING OPERATSIYALARI BO‘YICHA XALQARO 
TAJRIBALAR VA UNI O‘ZBEKISTONDA RIVOJLANTIRISH 
ISTIQBOLLARI
11.1. Lizing operatsiyalari bo‘yicha xalqaro tajribalar 
Jahon iqtisodiyotida lizing tadbirkorlik faoliyatini va investitsiyalarni jalb 
qiluvchi asosiy mexanizm sifatida shakllanmoqda, bu esa lizingga bo‘lgan 
e’tibor va talabning ortishiga zamin yaratmoqda. Lizing faoliyati uchun optimal 
sharoitlarning yaratilishi esa, o‘z navbatida, iqtisodiy o‘sish va lizing yordamida 
investitsiyalar hajmining oshishiga olib keladi. 
Xalqaro lizing munosabatlari ichki lizingga nisbatan ancha kech rivojlana 
boshlagan. Xalqaro lizing operatsiyalarining rivojlanishiga quyidagi omillar 
ta’sir etgan: 

ko‘pchilik mamlakatlarda kredit olish shartlarining og‘irligi; 

banklar tomonidan foiz stavkalarining oshirilishi; 

moliyaviy inqirozlar; 

ba’zi mamlakatlar soliq tizimining beqarorligi v.b. 
Xalqaro lizing operatsiyalarini amalga oshirishdagi qiyinchiliklar shundan 
iboratki, ular hamkor mamlakat hukumatining valyuta, bojxona va boshqa 
tartibga solish qoidalari ta’siri ostida bo‘ladi. Xalqaro lizing taraqqiyoti oldidagi 
to‘siqlarni yo‘q qilish, undan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish 
maqsadida turli mamlakat va xalqaro tashkilotlar mutaxassislari tomonidan 
ishlab chiqilgan Xalqaro moliyaviy lizing bo‘yicha (UNIDRUA) Ottava 
konvensiyasi 1988-yilning may oyida qabul qilingan. 
Jahon amaliyotida lizingning taraqqiyoti ko‘p jihatdan davlatlarning 
qonunchiligida mavjud to‘siqlar va yaratilgan shart-sharoitlar asosida shakllanib 
kelmoqda. Bugungi kunda yirik xalqaro lizing tashkilotlaridan “Xalqaro moliya 
va lizing assotsiatsiyasi” (IFLA) va milliy lizing assotsiatsiyalarining Yevropa 
federatsiyasi (Leaseurope)ni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. 
Xalqaro lizing tashkilotlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
a)
a’zo mamlakatlar milliy qonunchiligini o‘rganish va taqqoslash; 
b)
barcha huquqiy, soliq va moliyaviy masalalarni hal etishda 
ko‘maklashish; 
d) lizing bitimlarining shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish; 
e) lizing firmalarini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘rganish. 
1965-yilda “Xalqaro moliya va lizing assotsiatsiyasi” (IFLA) tashkil 
topgan bo‘lib, keyinchalik uning tarkibiga ko‘plab moliya va lizing tashkilotlari 
qo‘shilishni boshlashgan. Bugungi kunda uning a’zolari soni 25 ta lizing 
tashkilotlaridan iborat bo‘lib, har bir davlat faqat bitta lizing tashkiloti bilan 


212
a’zolikka qabul qilinishi mumkin. IFLA a’zolari muhim bo‘lgan Xalqaro kredit 
institutlari bilan uzviy aloqalarga ham ega bo‘lishadi. 
“Xalqaro moliya va lizing assotsiatsiyasi” (IFLA)ga a’zo bo‘lish uchun 
quyidagi talablarni bajarish lozim: 

lizing tashkiloti kredit va lizing asosida moliyalashtirishga yo‘naltirilgan 
bo‘lishlari lozim; 

barqaror moliyaviy tizimga ega bo‘lishi; 

lizing tashkilotlari o‘z faoliyati, kuch-g‘ayrati bilan assotsiatsiya 
faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashishi talab qilinadi. 
“Xalqaro moliya va lizing assotsiatsiyasi” (IFLA) o‘zining asosiy maqsadi 
sifatida, a’zolari o‘rtasida forumlar tashkil etish va bu bilan ular o‘rtasida o‘zaro 
g‘oyalar, bilimlar, malaka va ma’lumotlar almashinuviga zamin yaratishga 
qaratgan. Bunday o‘zaro almashinuvlar tomonlar manfaatlariga xizmat qilishga 
yo‘naltirilgan. 
Assotsiatsiya o‘z faoliyati doirasida a’zolari faoliyat doirasi, ularning 
moliyaviy natijalari va shu kabi boshqa ma’lumotlarni o‘rganib boradi hamda 
o‘z a’zolari faoliyatini qiyosiy baholaydi. 
Lizing munosabatlarini yanada rivojlantirish yo‘lida tadbirkorlar uchun 
qulay bo‘lgan lizing xizmatlarini yaratish hamda ularga shu yo‘l orqali yangi 
zamon talablariga javob beradigan texnika va texnologiyalarni yetkazib berish 
lozim.
Xalqaro amaliyotda lizing o‘zining boshqa turdagi investitsiyalardan 
qulayligi bilan birmuncha ajralib turadi. Shunday qulaylikka ega bo‘lgan lizing 
turlaridan biri bu 

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish