213
Keyingi yillarda ishlab chiqaruvchi va lizing kompaniyalari o‘rtasida
bitimlar tuzish keng ko‘lamli tus olmoqda. Bunday kelishuvlarga tayangan holda
ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotini sotish bilan birga lizingga taqdim etmoqda.
Bu o‘z navbatida uning savdo doirasining yanada kengayishiga sabab
bo‘layotgan bo‘lsa, lizing tashkiloti bu holatda ishlab chiqaruvchining savdo
tarmoqlari orqali lizingni yo‘lga qo‘ygan bo‘ladi, bu turdagi lizing yo‘nalishi
“savdoga ko‘mak” (sales-aid) nomini olgan.
Ma’lum hududlarda lizing operatsiyalarining tarmoq tarkibi shakllanishi
ko‘p jihatdan o‘ziga xoslikka ega bo‘ladi. Misol uchun,
Yevropada avtomobil
lizinggi keng qo‘llaniladi, xususan, shaxsiy avtomobillar bilan bir qatorda sanoat
ishlab chiqarish uchun maxsus bo‘lgan avtomobillar shular tarkibidandir.
Bugungi kunda Yevropa lizing bozorining 50 % gacha bo‘lgan hajmi aynan
avtomobillarga to‘g‘ri kelmoqda. Bozorning qolgan qismi ishlab chiqarish
texnika-texnalogiyalari, dengiz kemalar lizingi, samolyot, kompyuterlar va
boshqalar shular jumlasidandir. Yevropaning sharqiy qismida avtomobil
lizingining yetakchi lizing tarmog‘iga aylanishining asosiy sababi, Yevropaning
bu qismida joylashgan avtomobil ishlab chiqaruvchi firmalar o‘z
mahsulotini
sotish uchun yangidan-yangi strategiyalarni qo‘llashga majbur bo‘lishadi va ayni
bu muommoni yechishda lizing optimal variant vazifasini bajaradi.
Biroq lizing tushunchasi tarkibiga Yevropada moliyaviy ijara va tezkor
ijara tushunchalari kiritilgan. Tezkor ijara bu ijaraning oddiy ko‘rinishi
ekanligini ham inobatga olishi lozim. Xususan, Rossiyada faqat moliyaviy
ijaraga lizing sifatida qaraladi.
Sharqiy
Yevropada
ishlab
chiqarish
sohasiga
yo‘naltirilgan
investitsiyalarning 20% idan ortiq qismi lizing asosida amalga oshirilmoqda.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, G‘arbiy Yevropada amalga oshirilayotgan lizing
operatsiyalarining 78% i Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya,
Ispaniya, Gollandiya va Shvetsiya kabi mamlakatlarga to‘g‘ri keladi, Sharqiy
Yevropa mamlakatlari bo‘lmish Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya va qator
boshqa
davlatlar, shu jumladan, MDH mamlakatlarining bozor iqtisodiyoti
tizimiga o‘tishi lizingning xalqaro darajada yangi pog‘onaga ko‘tarilishi uchun
zamin yaratmoqda.
AQSH lizing bozorlari hajmi, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining jami
lizing operatsiyalaridan birmuncha yuqoriligi va nisbatan rivojlanganligi bilan
xarakterli hisoblanadi. G‘arbiy Yevropa va AQSH mamlakatlarida lizingning
kuchli rivoj topishi bu hududlarda (G‘arbiy Yevropada 1960-yillardan boshlab,
AQSHda 1950-yillardan) tadbirkorlik faoliyatlarining ko‘p jihatdan qo‘llab
quvvatlanganligi va bu tarmoqqa kiritilayotgan investitsiyalarning
katta qismi
lizing mexanizmi orqali amalga oshirilganligi bilan izohlanadi. Albatta,
214
lizingdan foydalanish uchun imtiyozli soliq tizimi bo‘lishi shart emas, bugungi
jahon amaliyoti soliq tizimining o‘zi uning rivojlanishi uchun yetarli ekanligini
ko‘rsatmoqda.
Mamlakatda lizingning rivojlanish darajasini ko‘rsatuvchi omillar:
normativ qonun bazasi;
makroiqtisodiy sharoit, investitsion bozor holati (investitsion imtiyozlar,
bank foiz stavkasi, soliqqa tortish mexanizmi, inflyatsiya v.b.);
buxgalteriya hisob tizimidan foydalanish.
G‘arbiy Yevropaning ayrim mamlakatlari (Buyuk Britaniya, Germaniya,
Daniya) lizingni tartibga solishning maxsus qonunlarini qabul qilishmagan, u
oddiy “tijorat huquqi” asosida tartibga solib turiladi. Fransiya, Portugaliya,
Shvetsiya davlatlarida lizing munosabatlari maxsus qonunchilik bilan tartibga
solinadi.
Fransiya, Belgiya va Italiya davlatlari iqtisodiy
nuqtayi nazardan mulkdor
(opsion lizingning shart bo‘lgan belgisi) konsepsiyasiga tayanishadi. Boshqa
davlatlarda (Buyuk Britaniya, Irlandiya, Gollandiya, shuningdek AQSH) esa
lizing munosabatlari yuridik nuqtayi nazardan mulkdor konsepsiyasiga tayanib
ish ko‘rishadi. Yana bir guruh davlatlar o‘zining qonunchiligida ushbu ikkala
konsepsiyani mujassam qilgan.
Belgiya, Italiya va Fransiya davlatlarida lizing shartnomasi muddatining
tugashi bilan lizing obyekti lizing shartnomasida kelishilgan
narxda sotilishi
shart hisoblanadi (opsion), Buyuk Britaniya va AQSHda opsion operatsiyasi
lizingning shartli belgisi hisoblanmaydi, shartnomada kelishilgan holda lizing
muddati tugashi bilan lizing obyektini qaytarish yoki sotib olish mumkin.
Germaniya, Shvesariya davlatlarining qonunchiligi opsion operatsiyalarini
oldi-sotdi mexanizmi asosida lizing obyekti to‘lovlarni “maxsus bo‘lib to‘lash”
yo‘li bilan amalga oshirish imkonini beradi. Ya’ni to‘g‘ridan to‘g‘ri tomonlar
o‘rtasida lizing munosabatlari o‘rnatilgan holatda lizing obyekti lizing
beruvchiga qaytarilsa, oldi-sotdi mexanizmi asosida to‘lovlarni “maxsus bo‘lib
to‘lash” yo‘li
bilan amalga oshirilsa, lizing obyektining egalik huquqi kelishuv
imzolangan paytdan boshlab lizing oluvchiga o‘tadi.
Fransiya va Buyuk Britaniyada ko‘plab kelishuvlarga lizing sifatida
qaraladi, Germaniyada esa bu kelishuvlar ijara mexanizmi sifatida qaralishi
mumkin. Fransiyada lizing shartnomasida uning muddati tugagach opsion
(lizing obyektini qoldiq narxida sotib olish huquqi) operatsiyasini amalga
oshirish shartligi uni ijara-kredit kelishuvlari qatoriga qo‘shadi. Shunisi
e’tiborliki, ijara-kredit munosabatlari lizingdan farqli ravishda davlat tomonidan
o‘ziga xos qonunchilik asosida tartibga solinadi. Davlatlar o‘rtasidagi bunday
farq ular o‘rtasida
Do'stlaringiz bilan baham: