1-mavzu: Birjalarning iqtisodiy mohiyati


Fyuchers savdosining tarixi va vujudga kelish sabablari



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/62
Sana12.07.2022
Hajmi0,63 Mb.
#782978
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62
Bog'liq
2 5256097641594361499-конвертирован

6.2. Fyuchers savdosining tarixi va vujudga kelish sabablari
Fyuchers savdosi real tovar bilan birja savdosidan kelib chiqqan. Dastlab birja xaridorga 
darhol yoki yaqin kelajakda etkazib beriladigan naqd birja tovari bilan yirik ulgurji tovar bitimlari 
tuziladigan. Bu jarayonga parallel ravishda tovarlar yoki ularning birjaga qo'yiladigan namunalari 
bilan savdo qilish, ularni belgilangan muddatdan keyin (odatda oylarda o'lchanadi) etkazib berish 
ham rivojlandi. Oxirgi holatda tovar ishlab chiqarilgan yoki endi ishlab chiqariladigan bo'ladi. 
darhool etkazib beriladigan tovarlar savdosidan farqli ravishda, belgilangan muddatdan keyin 
etkazib beriladigan tovar savdosi kelishib olayotgan tomonlar bo'lajak tovar sifati, etkazib 
beriladigan partiyalar hajmi va h.k. masalasini hal etganlar.
Kelajakda yetkazib berish muddati bilan tuzilgan bitimlarning tovar darhol etkazib 
beriladigan shartnomalardan farqi ularni ijro etishning kafolatlanishi va standartlashtirilishini talab 
qiladi. Boshqacha qilib aytganda, yirik sanoatning rivojlanishi bilan va bundan kelib chiqadigan 
talablar tufayli bir tomondan, tovar bitimlarini standartlashtirish, boshqa tomondan esa – ularning 
ijro etilishini kafolatlash zaruratini vujudga keltirdi. Agar bitimlarni standartlashtirish ularni 
tuzishni engillashtirsa, demak, savdo aylanmasining ortishiga olib kelsa, kafolatlash bu vazifani 
o'z zimmasiga oladigan bironta tashkilotni talab qiladi. Bu vazifani muvaffaqiyatli bajaradigan 
birjalar tuziladigan bitimlar shartlarini standartlashtirini talab qiladi va ularning ijro etilishi 
kafolati hisoblanadi.
Bitimlarning ijro etilishini kafolatlash tizimi ikki xil yo'nalishda rivojlangan. Bir 
tomondan, birjalar birja tovarlarining sug'urta, kafolat zaxiralarini yaratgan, boshqa tomondan esa, 
ilgari tuzilgan birja bitimlarini qayta sotish mexanizmi keng rivojlandi, bu sotuvchiga yoki 
xaridorga birja shartnomasini bajarishdan voz kechish o'rniga o'z shartnoma majburiyatini sotishi 
yoki yangisini sotib olishi mumkin. Keyingi holat evolyutsiya yo'li bilan tovarni muddatida etkazib 
berishli standart birja shartnomalarini ishlab chiqish va ularning mustaqil birja savdosi ob'ektlari 
sifatida muomalada bo'lishiga olib keldi.
Fyuchers savdosini rivojlantirishning asosiy sababi va zarurati shundan iboratki, bu 
bevosita birja tovari bilan savdodagi cheklovlarning olib tashlanishini ta'minlaydi. Tovarning o'zi 
moddiy ne'mat sifatida birja savdosining rivojlanishi uchun cheklovlarga ega. Ulardan fyuchers 
shartnomalarini tashkil qilish yo'li bilan xalos bo'lish mumkin. Birjada tovarlar oldi-sotdisi o'z 
o'rnini fyuchers shartnomalar birja aylanmasiga bo'shatib beradi, ularning real tovar bozori bilan 
aloqasi asosan bilvosita xarakterga ega bo'ladi, chunki shartnomalar umumiy sonining atigi bir 
necha foizigina tovarni real etkazib berish bilan tugaydi. Bilvosita aloqa esa shundan iboratki, 
shartnoma egalari ularning tijorat yoki boshqa faoliyatiga bozor kon'yunkturasining o'zgarishi 
ta'siri ostida ularni doimo sotadi yoki sotib oladi.
Fyuchers savdosi XIX asrning ikkinchi yarmida paydo bo'lgan. Uning vujudga kelishi va 
rivojlanishi shu bilan bog'liqki, u kapital muomalasiga noqulay anrx tebranishi rsikini 
pasaytirishga, kon'yunktura noqulay bo'lgan holatda talab qilinadigan zaxira kapitali hajmini 
kamaytirishga, avans qilingan kapitalning pul shaklida qaytarilishini tezlatishga, kredit savdosini 
arzonlashtirishga, muomala xarajatlarini pasaytirishga imkon beradi. Fyuchers birjasidagi savdoni 
real tovar birjasidagi savdodan quyidagilar ajratib turadi: bitimlarning asosan soxta xarakteri 
(bitimlarning bir necha foizigina tovarni etkazib berish bilan yakunlanadi, qolganlari esa narxdagi 
farq bilan to'lanadi); real tovar bozori bilan uni xedjlash orqali bilvosita aloqa, narx va etkazib 
berish muddatidan tashqari shartnomaning barcha shartlarini to'liq xillashtirish; bitimlarning 
shaxsi ko'rsatilmaganligi, ularning alohida sotuvchi va xaridor o'tasida emas, ular bilan hisob-kitob 
palatasi o'tasida ro'yxatga olinishi. Fyuchers birjasidagi bitimlar tovarga ham, valyutaga ham, 
aktsiyalar indeksiga ham, foiz stavkalari va hokazolarga ham tuziladi. Fyuchers birjasidagi 
operatsiyalar soni, qoidaga ko'ra, real tovarlar bilan savdodan bir necha marta katta bo'ladi.


Fyuchers birjalarda ular bilan shartnomalar tuziladigan asosiy tovarlar don, moy 
olinadigan urug'lar, neft va neft mahsulotlari, qimmatbaho va rangli metall, paxta, shakar, kofe, 
kakao, tirik qoramol hisoblanadi. 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish