Tayanch so'zlar
Tovar-xomashyo birjasi, standartlashtirilganlik, bir-birini almashtirish, monopoliya
darajasining pastligi, ishlab chiqarishning ommaviyligi, tashkiliy asoslar, iqtisodiy asoslar, yuridik
asoslar, birja tovarlari, birja birliklari, broker, diler, birja xalqasi, narx kotirovkasi, narxni
barqarorlashtirish, cash kassa bitimlari, spot kassa bitimlari, buqalar, ayiqlar, real tovarli bitimlar,
forvard bitimlari, fyuchers bitimlari, optsionlar oldi-sotdi bitimlari, xedjlash, spreding.
6- mavzu: Fyuchers savdosi asoslari
REJA:
6.1. Fyuchers savdosi tushunchasi
6.2. Fyuchers savdosining tarixi va vujudga kelish sabablari
6.3. Fyuchers savdosining maqsadlari
6.4. Birja fyuchers savdosi mexanizmi
6.5. Xedjlash va birja chayqovi
6.6. Fyuchers shartnomalari bilan optsion bitimlar
6.1. Fyuchers savdosi tushunchasi
Fyuchers savdosi bu – fyuchers (muddatli) shartnomalari vositasida birja tovari bilan
birjada savdo qilish shaklidir.
Fyuchers shartnomasi bu – bitim tuzishda tomonlar belgilab qo'ygan narxda shartnomada
ko'rsatilgan muddatda tovarni etkazib berishga standart birja shartnomasi.
Fyuchers shartnomasi birja savdolari jarayonida aniqlanadigan tovarni etkazib berish
narxidan tashqari barcha ko'rsatkichlar bo'yicha standartlashtiriladi.
Fyuchers shartnomasini standartlashtirish quyidagi asosiy ko'rsatkichlarni bir
xillashtirishni nazarda tutadi: tovarning iste'mol qiymati, uning soni va bozor muomalasi
sharoitlari, tovar turi, uning bazis miqdori va qo'shimcha to'lovlar hajmi, tovar partiyasi hajmi,
etkazib berish sharti va muddatlari, to'lov shakli, shartnoma shartlarini buzganlik uchun jarima
choralari, arbitraj tartibi va b.
Fyuchers savdosida shartnoma tuziladigan tovar ko'rinishi, bunday shartnomalar soni, tovar
etkazib beriladigan oy va asosiysi – shartnomada ko'rsatilgan tovar narxi ahamiyatga ega.
Fyuchers savdosining uni standartlashtirishdan kelib chiqadigan muhim xususiyati
shartnomaning shaxsi ko'rsatilmaganligi hisoblanadi. Fyuchers shartnomasida tomonlar bo'lib
sotuvchi va xaridor emas, sotuvchi va hisob-kitob palatasi yoki xaridor va hisob-kitob palatasi
namoyon bo'ladi. Bu sotuvchi va xaridorga bir-biridan mustaqil ishlash, ya'ni birjaning hisob-kitob
palatasi bilan teskari bitim tuzish yo'li bilan ilgari rasmiylashtirilgan tovar bo'yicha o'z
majburiyatlarini tugatishga imkon beradi.
Fyuchers savdosining ob'ektlar doirasi juda keng. Chunki shartnomalar bilan savdo qilish
bu – tovarlarning o'zi bilan emas, balki birja shartnomalari bilan birja operatsiyasi hisoblanadi,
ularning asosi moddiy ne'mat sifatida tovargina emas, umuman har qanday savdo ob'ekti, masalan,
barcha turdagi qimmatli qog'ozlar bo'lishi mumkin. Biroq savdo ob'ektlari shartnomalar
hisoblansa, shartnomalarga shartnomalar bilan ham, shartnomalar guruhidagi shartnomalar bilan
ham savdo qilish mumkin, biroq aytib o'tish kerakki, ko'rsatilgan jarayonning tabiiy cheklovi real
tovar, real kapital va h.k. bozori bilanaloqa hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |