327
Qaysi biri yozdi?
Mehrisimikin?
Salimasimikin, Halimasimi?
Halimasi b o ‘Isa koshkiydi...
K o ‘rinadiki, «Terimda» she’ri voqeaband bo‘lgani tufayli,
birinchidan, o ‘quvchida mavzuga doir to ‘liq tasavvur hosil
qiladi. Ikkinchidan, u osonlik bilan yod olinadi.
A. M uxtorning «O talarga m aslahat» asari ham sujetli
she’rning yaxshi bir namunasidir. U nda tasvirlanishicha, bir
kishining ikki o ‘g‘li va bir qizi bor ekan. K atta o ‘g‘li otasiga
taqlid qilib aroq ichishni, papiros chekishni istab qoladi. Buni,
ya’ni «tirmizakning buzilishi» xavfini sezgan ota zudlik bilan
bola tarbiyasiga jiddiy kirishadi: ota aroq ichishni, papiros
chekishni tashlaydi. R o ‘zg‘or ishlarini bajarishda xotiniga
yordamlashadi. Otaning bu ezgu harakatlari bolalarga ijobiy
t a ’sir qiladi va ularning xulqu odobida, fe’l-atvorida sifat
o ‘zgarishlari yuz beradi. Shoir ana shu voqeani samimiyat bilan
hikoya qilib, undan quyidagicha poetik xulosa chiqaradi:
Shunday tajribani qo ‘llab ко ‘ring-a,
Bola, axir, umrning naqshi.
Yoshligidan boshlang tarbiyasini,
Tug'ilmasdan boshlasangiz yana ham yaxshi.
Asqad M uxtor lirik asarlar, sujetli she’rlar yozish bilan birga,
«Bizning avlod» (1939), «Sheralining do‘sti barhayot», «Po‘lat
quyuvchi» (1947), «Adolat» (1948), «K atta y o ‘lda» (1949),
« M an g u lik k a dax ldo r» (1969), «D ol qoya» (1986) kabi
d o s to n la r ham y a ra td i. Bu a s a rla rd a k ito b x o n la rn i
qiziqtiradigan turli mavzular, xilma-xil voqealar tasvirlangan.
«Po‘lat quyuvchi» о ‘zbek she’riyatida ishchilar sinfi haqida
yaratilgan birinchi realistik doston b o ‘lib, unda 0 ‘zbekiston
metall quyuvchilarining urush va urushdan so‘nggi dastlabki
yillardagi hayoti va mehnati aks ettirilgan. Asarda Bekobodda
o ‘zbek metallurgiya kombinatining tashkil etilishi jarayonida
o ‘zbeklar orasidan malakali ishchilarning yetishib chiqqanligi
tasvirlangan. D oston sujeti m arkazida oddiy o ‘zbek yigiti
328
S h o m u ro d n in g p o ‘la t quyuvchi b o i i b y etishishi, uning
ongidagi o ‘sish-o‘zgarishlarni ko‘rsatish turadi. Asarda bu holat
jonli va tabiiy qilib ifodalangan.
A. M uxtor ijodida «K atta y o id a » dostoni ham muhim
o ‘rin tutadi. Bu asarda urushdan keyingi qishloqlardagi halol,
fidokor kishilar haqida maroqli tarzda hikoya qilingan. 0 ‘zbek
dehqonlariga xos ajoyib xislatlar asarning bosh qahram oni
A rslonqul obrazida u stalik bilan k o ‘rsatilgan. A rslonqul
m e h n atsev ar, so fdil, o ‘ty u ra k p a x ta k o r yigit sifatid a
gavdalanadi. U q o ‘riq va b o ‘z yerlarni o ‘zlashtirishda katta
tashabbus va jasorat k o ‘rsatadi. Taqir dashtdan yangi yer ochib
paxta ekadi. G ‘ayrat va m atonat bilan ishlab, tengqur o‘rtoqlari
yordamida turli qiyinchiliklarni yengib chiqadi.
* * *
A. M uxtorning nasri ham serm a’no va serjilodir. U 40-
yillaming o ‘rtalaridan boshlab nasrda ham muntazam suratda
ijod qila boshladi. Adibning dastlabki ocherk va hikoyalari
« P o ia t shahri» (1949), «Istiqbol» (1951), «Hayotga chaqiriq»
(1956) to ‘plam larida jam langan. Y ozuvchi o ‘z hikoya va
ocherklarida O'zbek paxtakorlari va sanoat ishchilari obrazini
yaratishga intildi. H ayotdagi yangiliklarni u lu g ia b , ayrim
kishilar ongidagi illatlarga qarshi kurash olib bordi. «Hayotga
chaqiriq» t o ‘plam idagi asarla r badiiy baquvvatligi bilan
A. Muxtorning 50-yillarga kelib iste’dodli hikoyanavis sifatida
ham shakllanganligini isbotladi.
A. Muxtor, ayniqsa, qissa va roman janrlarida barakali va
sam ara li ijod etdi. « D a ry o la r tu ta sh g a n jo y d a» (1950),
«Qoraqalpoq qissasi» (1958), «Bo‘ronlarda bordek halovat»
(1975), «Buxoroning jin k o ‘chalari» (1980), «Manba» (1986),
«Jar yoqasidagi chaqm oq» (1982), «K um ush tola» (1987),
«Insonga qulluq qiladurman» (1994) kabi qissalar yozdi.
A. M u x to r « D a ry o la r tu ta s h g a n jo y d a » q issasida
G ‘zbekistonning to ‘n g ‘ich m etallurgiya zavodi, bu zavod
ishchilarining hayoti, mehnati, kurashi, orzu-istaklari haqida
hikoya qiladi. Bu qissa o ‘z vaqtida mavzu e’tibori bilan yangilik
329
b o ‘ldi. Qissada aqliy va jismoniy m ehnat o ‘rtasidagi asosiy
tafovutning kun sayin yo‘qolib borayotganligini k o ‘rsatishga
h a ra k a t qilin g an . Shu m a q sad d a zavod ish ch ilari va
injenerlarining xilma-xil obrazlari yaratilgan. U lar orasida,
ayniqsa, injener M anzura obrazi ajralib turadi. Bu ishchan va
tashabbuskor ayol zavodda paydo b o ‘layotgan novatorlik
harakatida faol qatnashadi.
A sard a zavod hay o ti va ish ch i-injenerlarning m ehnat
faoliyati haqida to ‘g‘ri tasavvur beruvchi jonli va qiziqarli
lavhalar anchagina. Lekin qissada yozuvchining zavod hayotini,
ishchi va injener-texniklar turmushini yaxshi bilmasligi bilan
bog‘liq b o ‘lgan b a ’zi nuqsonlar ham uchraydi98. Unda, ayrim
sahifalarda sxematizmga, yuzakichilikka, bayonchilikka yo‘l
q o ‘yilgan.
A. M uxtor bunday nuqsonlarni keyingi qissalarida tuzata
bordi. « Q oraq alp oq qissasi» asarid a m u allif q o raq alp o q
xalqining XX asrning yigirmanchi yillaridagi hayotini Japaq,
Stepan, Suluv, Allon, Palm an, Eremet singari obrazlarning
faoliyati, ruhiy olami, ular o ‘rtasidagi ziddiyatlar tasviri orqali
ochib berdi. «Qoraqalpoq qissasi»da adib xarakter yaratishda
ruhiyat tahlilidan foydalana olish va hayotiy sujet to 'q ish
m alak asin i eg allag an lig in i nam oyish etdi. « Q o raq alp o q
qissasi» dagi bu y u tu q « B u xo ro n in g jin k o ‘ch alari» ,
«B o ‘ro n la rd a b o rd ek h alo v at» q issa la rid a y a n a d a
mustahkamlandi.
A. M uxtor qissalaridagi k o ‘p fazilatlar adibning «Opa-
singillar» (1955), «Tug‘ilish» (1960), «Davr mening taqdirimda»
(1964), «Chinor» (1969), «Amu» (1985) rom anlariga ham
tegishlidir. Chunki bu romanlarda hayot haqiqati ko‘p hollarda
bevosita obrazli tarzda tadqiq etilgan.
«Ора-singillar» romanida о ‘zbek xalqining o ‘tgan asr 20-
yillaridagi murakkab hayoti tasvirlangan. Unda yangi jamiyat
bilan bir qatorda, yangi kishilarning yuzaga kelishini, yangicha
ong va dunyoqarashning shakllanish jarayonini k o ‘rsatishga
harakat qilingan. 0 ‘zbekistonda katta sanoat korxonasining
Do'stlaringiz bilan baham: |