Say d u lla m irzayev


URUSHDAN KEYINGI DASTLABKI YILLARDAGI



Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/296
Sana12.07.2022
Hajmi9,12 Mb.
#782854
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   296
Bog'liq
xx asr o\'zbek adabiyoti. mirzayev s

URUSHDAN KEYINGI DASTLABKI YILLARDAGI
0 ‘ZBEK ADABIYOTI (1945-1956)
DA VRNING QISQA СНА ТА VSIFI
Ikkinchi jahon urushi g‘alaba bilan tugagach, mamlakat 
o ‘z tarixining tinch qurilish davriga qadam qo‘ydi. T o‘rt yil 
davom etgan dahshatli urush tufayli vayron bo'lgan qishloq 
va sh ah arlarn i, izdan chiqqan xalq x o ‘jaligini tiklash va 
taraqqiy ettirishga kirishildi. Bu davrda adabiyot va san’atning 
turmushdagi mavqei sezilarli darajada o ‘sdi. Shu bilan birga, 
xalqning badiiy adabiyot va san’at oldiga qo‘yadigan talablari 
ham ortdi. Biroq bu davrda adabiyot va san’at rivojiga turli 
xil tazyiqlar ham bo‘lganligini qayd etish lozim. Kommunistik 
m afkura ijod erkinligini ochiqchasiga b o ‘g ‘di. K om partiya 
ijodiy ja ra y o n g a q o ‘pol ta rz d a aralash ib , buyruqbozlik, 
y ozuvchilarni t a ’qib etish, siquvga olish y o ‘li bilan o ‘z 
yugurdagiga aylantirishga urindi. Shayxzoda, Said Ahmad, 
Shuhrat, Shukrullo singari iste’dod egalari nohaqdan qamoqqa 
olinib, uzoq yurtlarga surgun qilindi. Oybek, Mirtemir, Turob 
To‘la, Mirkarim Osim kabi yozuvchilarga asossiz ravishda milliy
43


mahdudlik tamg'asi bosildi. Bu davrda milliy adabiy meros va 
folklorga nigilistik m unosabat shakllandi. Ijodiy jarayonga 
«konfliktsizlik nazariya»si kuchli ta ’sir ko‘rsatdi. Bu nazariyaga 
k o ‘ra, s h o ‘ro la r h ay o tin in g fa q a t ijobiy jih a tla rin ig in a
k o ‘rsatish, undagi qarama-qarshiliklarni tasvirlamaslik lozim 
edi. H ay o t va o d am lar o 'rta s id a g i zidd iy atni tasv irlash
jamiyatga dushmanlik sanaladigan bo‘ldi. Siyosatning adabiy 
jarayonga andishasizlarcha suqulib kirishi unga jiddiy tarzda 
salbiy ta ’sir o‘tkazdi14.
Shunisi muhimki, urushdan keyingi dastlabki davrda ham 
o ‘zbek adabiyoti turli xil to'siqlar osha b o ‘lsa-da, rivojlana 
bordi. Buni 
0
‘zbek adabiyoti va san’atining 1951-yil noyabr 
o y ida M o sk v ad a b o 'lib o 'tg a n u ch inchi d ek ad a si 
m ateriallaridan ham bilsa bo'ladi. Bu davrda adabiyotimiz 
taraqqiyotida O 'zbekiston Yozuvchilarining uchinchi syezdi 
(1954) ijobiy rol o'ynadi. Syezdda « 0 ‘zbek adabiyotining ahvoli 
va uning vazifalari» to ‘g ‘risidagi hisobot (Uyg‘un) tinglandi 
va muhokama qilindi. Syezd hisobot davrida o ‘zbek adabiyoti 
zamon talablari asosida muayyan darajada rivojlanganini qayd 
etish bilan birga, badiiy adabiyotda yo'l qo'yilgan xato va 
kamchiliklarni ham ko'rsatib berdi.
Umuman olganda, bu davrda o ‘zbek adabiyotida ko‘pgina 
o'zgarishlar, olg'a siljishlar ro ‘y bera bordi.
SH E ’R IY A T
Bu davrda she’riyatning tasvir doirasi zamonaviy mavzular 
hisobiga kengaydi. Vatan, tinch qurilish, urushga qarshi kurash, 
tinchlik va do'stlik haqida she’rlar yozildi. 0 ‘sha davr o ‘zbek 
she’riyatiga xos bo‘lgan jangovar publitsistik ruh shoirlarning 
tinchlik uchun kurash mavzusidagi lirik asarlarida ham sezilib 
turdi. G 'afur G'ulomning «Biz tinchlik istaymiz», «Bu — sening 
im zong», U yg'u nn in g «Tinchlik kabutari», «Bayroqcha», 
Zulfiyaning «Salom sizga, erkparvar ellar», « 0 ‘g ‘lim, sira
14 Q arang: 
M irza y ev S., D oniyorov X.
O 'z b e k sovet ad a b iy o ti tarixi.
— Т.: «O 'qituvchi», 1978.
44


bo'lmaydi urush», Asqad Muxtorning «Vijdon so'zi», Turob 
T o ‘laning « It h u rad i, k arv on o ‘tadi» singari s h e 'rla rid a
publitsistik pafos g‘oyatda kuchlidir. Bundan tashqari, Oybek, 
Shayxzoda, S. A bdulla, H. G ‘ulom , M am arasul Boboyev, 
Mirmuhsim, R. Bobojon singari shoirlarning she’rlarida ham 
taraqqiyparvar insoniyatning tinchlik yo'lida olib borayotgan 
kurashi aks ettirildi.
Bu davr she’riyatida oddiy odam larning halol m ehnati 
ulug‘landi, qadoq q o ‘lli inson obrazi yaratildi. 0 ‘zbek xalqining 
bunyodkor mehnat sohasidagi fidoyiligini, jasoratini sharaflash 
G ‘.G ‘ulom, Oybek, Uyg‘un, Shayxzoda, M irtemir, Zulfiya, 
S.Abdulla kabi atoqli shoirlar lirikasining asosiy mazmunini 
tashkil etdi. Shuningdek, A. M uxtor, M. Boboyev, Chustiy, 
M irm uhsin, H. G ‘ulom, R. Bobojon, T. T o ‘la, S. Akbariy, 
Habibiy singari shoirlar ham bu mavzuda samarali ijod qildilar.
Bu yillar o ‘zbek she’riyatida xalqlar d o ‘stligi mavzusi tasviri 
ham salmoqli o'rinni egalladi. Bu jihatdan, ayniqsa, faylasuf 
shoir G ‘afur G ‘ulom ijodi xalqimizga manzur b o ‘ldi. Uning 
«Qozoq elining ulug‘ to'yi», «Biri biriga ustoz, biri biriga 
shogird», «G ‘oliblar sharafiga» kabi she’rlari bu m avzuda 
y aratilg an p o etik asarlarn in g eng yaxshi nam u n alarid ir. 
S huningdek, sh e ’riy a td a chet ellik lar h ay o ti va ku rash i 
m av zu sid a ham q a to r a s a rla r yozildi. O ybek, Z u lfiy a, 
Shayxzoda, M. Boboyev, H. Q 'ulom , A. Muxtor, Mirmuhsin, 
R. Bobojon, S. Akbariy singari shoirlar xorij xalqlari hayoti, 
ularning ozodlik, tenglik va tinchlik uchun olib borayotgan 
kurashlari haqida baquvvat she’rlar yaratdilar. Chunonchi, 
shoir M amarasul Boboyevning «Eron gilami» she’rida Eron 
m e h n a tk a sh la rin in g m a sh a q q a tli, o g ‘ir h a y o ti gilam
to ‘quvchilar obrazlari vositasida ta ’sirchan ifodalangan:

Download 9,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish