Say d u lla m irzayev


BOB 1960-1980-YILLARDAGI 0 ‘ZBEK ADABIYOTI



Download 9,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/296
Sana12.07.2022
Hajmi9,12 Mb.
#782854
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   296
Bog'liq
xx asr o\'zbek adabiyoti. mirzayev s

BOB
1960-1980-YILLARDAGI 0 ‘ZBEK ADABIYOTI
DA VRNING Q1SQA СНА ТА VSIFI
Bu d av rd a m am lak at h ay o tid a, m oddiy va m a ’naviy 
turmushda jiddiy o ‘zgarishlar va yangiliklar bo‘ldi. Bular, hech 
shubhasiz, stalinizmning qulashi bilan bevosita bog‘liqdir. 
Darhaqiqat, Stalin vafot etgach, 50-yillarning o ‘rtalariga kelib, 
shaxsga s ig 'in ish illa ti keskin q o ra la n d i, u n ing z ara rli 
oq ib atlarin i tugatish b o ‘yicha ch o ra-tad b irlar belgilandi. 
Natijada, mamlakatda shaxsga sig‘inish davrida yo‘l qo‘yilgan 
adolatsizlik, qonunbuzarlikka chek q o ‘yish va dem okratiya 
hamda ijtimoiy adolatning qaror topishiga yo‘l ochila bordi. 
Shu tariqa, sho‘ro mamlakati 1956-yilda o ‘z tarixining yangi 
bosqichiga — shaxsga sig‘inish yillarida yo‘l qo'yilgan ijtimoiy 
adolatsizlikni tuzatish davriga qadam qo‘ydi.
Bu davrda xalqning siyosiy faolligi, m a’lum darajada, o ‘sdi. 
Shu bilan birga, bu davrda m arkazning aybi bilan ijtimoiy 
hayotda dabdababozlik, ko‘zbo‘yamachilik, ikkiyuzlamachilik 
singari illatlarga yo‘l qo‘yildi. Binobarin, bu davrda taraqqiyot 
silliq kechmadi. Depsinish va turg‘unlik yillari ham b o ‘ldi. Ana 
shunga ko‘ra bu davrni katta o ‘zgarishlar, o ‘tmish xatolarini 
tuzatish va b a’zi yangi xatolarga yo‘l q o ‘yish davri deb atash 
mumkin.
Eng m uhim i sh u k i, b u d a v rd a m a m la k a t m a ’naviy 
hayotining barcha sohalarida keskin burilish yuz bera boshladi. 
1956-yilda istibdod q urb on lari: F itra t, A bdulla Q odiriy, 
C ho‘lpon, Usmon Nosir, Botu singari yozuvchilar oqlandi.
55


Jam iyatdagi bunday o ‘zgarishlar adabiy hayotga ham o ‘z 
ta ’sirini o ‘tkaza bordi.
Bu d av r ad abiy h a ra k a tc h ilig id a 0 ‘zbek iston yozuv- 
chilarining syezdlari, shubhasiz, ijobiy rol o'ynadi. Chunki 
ularda yutuq va tajribalar umumlashtirilib, o ‘sha davr sharoiti 
va im koniyatiga k o ‘ra istiqbol rejalari — asosiy vazifalar 
belgilab berildi. 0 ‘zbekiston Yozuvchilarining IV syezdi (1959- 
yilda), V syezdi (1965-yilda), VI syezdi (1971-yilda), VII syezdi 
(1976-yilda), VIII syezdi (1980-yilda), IX syezdi (1985-yilda), 
X syezdi (1991-yilda) b o ‘lib o ‘tdi. Bu qurultoylarda adabiy 
hayotni yaxshilashga doir jiddiy va salmoqli fikrlar bayon etildi. 
Natijada, bu davrda adabiyot mamlakat va xalq hayoti bilan 
uzviy bog‘liq holda rivojlandi.
SH E’R IY A T
Bu davrda o ‘zbek she’riyatining asosiy e’tibori hayot va 
k ish ila r on gidagi o 'z g a ris h la rn i ta sv irla sh g a q a ra tild i. 
Shuningdek, jahonda tinchlik uchun kurash, xalqlar d o ‘stligi, 
insonparvarlik, vatanparvarlik kabi abadiy m avzular milliy 
she’riyatning diqqat markazida turdi. Vatan va zamon, odam 
qadri va insoniy burch, sevgi-muhabbat haqida ko'plab she’rlar 
yaratildi. Taniqli shoir Shuhrat ona Vatanning poetik obrazini 
chizishda xarakterli detallar va badiiy tasvir vositalaridan 
foydalanib, jozibadorlikka erishdi. Ona Vatan obrazini qalb 
qo‘ri bilan sodda va teran aks ettirdi:
Shu yerga tushgandir ilk oyoq izim,
Shu bog ‘da ilk marta kapalak quvdim,
Kapalak quvganim shu bog 'ni о 'zim,
Keyincha Vatan deb, jonimdan sevdim.
Chindan ham Vatanim shu bog', shu tuproq,
Nima bor shulardan go ‘zal va pokroq.
0 ‘zbek she’riyatida vatan parv arlik va xalqlar d o ‘stligi 
g ‘oyalari birgalikda tarannum etildi. Shunisi muhimki, bu 
m avzuni y o ritish d a h is -tu y g ‘u d an m ahru m b o ‘lgan 
balandparvoz, dabdabali «qizil so‘zlar», ritorik v a’zxoniklar
56


o ‘rnini tiniq poetik kechinmalar, hayotiy obrazlar, jonli tasvirlar 
tobora k o ‘proq egallay bordi. G 'afu r G ‘ulomning «Bizning 
uyga q o ‘nib o ‘ting, d o ‘stlarim », «Q ardosh tojik xalqiga», 
U y g ‘u n n in g « G o ‘zal U k ra in a » , «Salom », Z ulfiy an in g
« K o ‘k ch ato v » , «Q arm oq», M. B oboyevning «Q o raqu m
kanali», Mirtemirning «Qirg‘iz xalqiga», «Olmaotaning qishi» 
kabi she’rlarida mana shu xususiyat yaqqol sezilib turadi.
E. V ohidov, 
A. O rip ov , 
U. A zim ov, 
O. H ojiyeva, 
H. X udoyberdiyeva, A. Suyun, Sh. R ahm on, D. Fayziy va 
boshqa shoirlar xalqlar d o ‘stligi mavzusini tasvirlashda voqea 
va faktlarni quruq bayon etish yo‘lidan emas, aksincha, obrazli 
mushohada yuritish, jonli hayotiy manzara yaratish yo‘lidan 
bordilar.
0 ‘zbek 
s h o irla ri 
x alq n in g
xorijiy 
m a m la k a tla r 
m ehnatkashlari bilan d o'stona aloqalari haqida ham poetik 
asarlar yaratdilar. G ‘afur G ‘ulom, Zulfiya, Uyg‘un, Shayxzoda, 
H. G ‘ulom, A. M uxtor, A. Oripov, R. Bobojon, Mirmuhsin, 
E. Vohidov, Shuhrat, S. Akbariy, O. M atjon kabi shoirlarning 
chet el voqeligi haqida yozilgan q a to r a sa rla rid a xorijiy 
m am lak atlar xalqlarig a xayrixohlik tu y g ‘u la ri bildirildi. 
«Hirot» (G ‘. G ‘ulom), «Hindiston haqida» (Uyg‘un), «Salom 
sizga, e rk p a rv a r ellar» (Z u lfiy a), « Q it’a la r u y g ‘oq» 
(H. G ‘ulom), «Ko‘z yosh va tabassumlar» (S. Akbariy), «Nega 
R im ga k elding, tu n islik b o la» (A. O rip ov ), « K an ad a 
turkumidan» (E. Vohidov), «Sharq guldastasi» (B. Boyqobilov) 
kabi poetik asarlarda xorijiy mamlakatlar xalqlari hayotiga oid 
lavhalar aks ettirildi. M ustam lakachilik tuzum ining chok- 
cho k id an so 'k ilib , n u rab b o ray o tg a n lig i jo n li va y o rqin 
b o ‘yoqlarda tasvirlab berildi.
Bu davrda o ‘zbek she’riyatida mehnat va mehnatsevar inson 
h a q id a k o ‘p yozildi. «K u lol va z a rg a r» , «Shofyor» 
(G ‘. G ‘ulom), «Mirza Guliston», «Taqir», «Buloq» (Uyg‘un), 
«Umr o ‘tmoqda», «Dalalarni kezmoqda gasht bor» (Zulfiya), 
«Shundoq o ‘tgan um r arm onsiz», «G udok» (A. M uxtor), 
«G eolog», « M ehn at q o ‘sh ig ‘i» (R. B obojon), «Inson va 
yaxshilik», «O na va tish» (S hukrullo), «Q alb va qalam » 
(Mirmuhsin), «G o‘zallik», «Inson» (E. Vohidov) kabi ko‘rkam
57


s h e ’rla rd a oddiy k ish ilarn in g b u n y o d k o ro n a m eh n ati 
sharaflandi, ularning rang-barang poetik obrazi yaratildi.
Bu davr she’riyatida faq at m ehnat jaray o ni aks ettirib 
qolinmay, halol mehnat qilayotgan kishilar ruhiyati, ularning 
k o ‘nglidagi dardlar, odam larning k o ‘ngil kechinmalari ham 
ta sv irla n d i. B unday x u su siy at Z ulfiy an in g «K am alak» , 
«Shalola», A. M uxtorning «99 m iniatura», Shukrulloning 
«Inson va yaxshilik», E. V ohidovning «M uhabbatnom a», 
A. O rip o v n in g
«Y urtim
sham oli», 
O. M atjo n n in g
«Gaplashadigan vaqtlar» kitoblarida bo‘rtib ko‘rinadi. U larda 
kishilar o ‘rtasidagi yangicha m unosabatlar nafis ifodasini 
topgan.
Bu davrda o‘zbek she’riyatida hayotdagi ibratli va go‘zal 
n a rs a la rn i, ijobiy ta m o y illa rn i aks e ttirish bilan birga, 
tu rm u sh d a u ch ray d ig an p o r a x o ‘rlik , m a n sa b p a ra stlik , 
k o ‘zbo‘yamachilik, ig‘vogarlik, to ‘rachilik, ikkiyuzlamachilik 
kabi illatlarni fosh qilishga ham e’tibor qaratildi. Hayotdagi 
illatlarni va salbiy nusxalarni ayovsiz fosh etish jamiyatni qayta 
qurish va poklanish davrida, ayniqsa, avj oldi. Natijada, qator 
hajviy s h e ’rla r, m asal va fe l’e to n la r y a ra tild i. U y g ‘un, 
A. O ripo v, 
A. M u x to r, 
M irm uh sin , 
S. A b d iq ah h o r, 
N. N arzu llay ev , 
Ya. Q u rb o n o v , 
O. Q o ‘ch q o rb ek o v , 
M. Xudoyqulov kabi shoirlar hajviy asarlar yozishda faollik 
ko'rsatdilar.
Shuni ham qayd etish kerakki, m azkur davrda o ‘zbek 
she’riyati shakl va janr, til va uslub jihatdan ham boyidi. Bu 
davrda m um toz she’riyatim izda rivojlangan g ‘azal, tuyuq, 
ruboiy singari janrlard an keng foydalanildi. G ‘azal janrida 
zam onaviy ashula va q o ‘shiqlar yozishda Sobir A bdulla, 
U yg‘un, H abibiy, Hamid G ‘ulom, Erkin Vohidov, E ’tibor 
Oxunova, Vosit Sa’dulla, Jamol Kamol kabi shoirlar, ayniqsa, 
yaxshi natijalarga erishdilar. Bular hayotdagi nuqsonlarni hajv 
yo‘li bilan fosh qilishda masal, tuyuq, ruboiy janrlaridan ham 
unumli foydalandilar.
Bu davrda k o ‘plab d o sto n lar ham yaratildi. N atijada, 
dostonchiligim izda son jihatidan ham, sifat jih atidan ham 
muayyan o ‘sish b o ‘lishiga erishildi. Uzoq va yaqin o ‘tmish
58


haqida «Guli va Navoiy» (Oybek), «Shiroq» (M irmuhsin), 
«Furqat» (G ‘ayratiy), «Gumbazdagi nur», «Mashrab» (M. Ali), 
«Samarqandnoma» (D. Fayziy), «Girdob» (S. Akbariy) kabi 
dostonlar yozildi. U larda o ‘tmish hayot haqiqati, jumladan, 
xalqimizning mashhur farzandlari obrazlari aks ettirildi.
D o sto n c h ilik d a zam o n av iy m av zu lar, xalqim izning 
urushdan so‘nggi dastlabki yillardagi hayoti, ijtimoiy mehnati, 
m a’naviy-axloqiy m asalalar diqqat markazida turdi. Hamid 
G'ulomning «Lola ko‘l», Mamarasul Boboyevning «Ona qalbi», 
Saida Zunnunovaning «Ruh bilan suhbat», Sulton Akbariyning 
«M ening m ah allam » , D u sh an F ayziy n in g «O naizor», 
J. Jabborovning «Ona yer qo‘shig‘i» va boshqa dostonlar ana 
shundan dalolat beradi.
Hamid G ‘ulomning «Lola k o ‘l» dostonida sevgiga sodiqlik 
va chin insoniylik u lu g lan ad i. Shirin-shakar oilaning, chin 
sevgining qadriga yetmaydigan beburd kimsalar fosh etiladi. 
Tabiat go‘zalliklarini e’zozlash, tabiat boyliklarini asrash g‘oyasi 
olg‘a suriladi.
«Lola k o ‘l» dostonida To‘lagan bilan Mehri o ‘rtasidagi sevgi 
sarguzashti, ularning oilaviy turmushi va qismati o ‘lkamizdagi 
katta hayot zaminida aks ettirilgan. Dostonda tasvirlanishicha, 
Mehri bilan T o‘lagan besh yil birga turmush quradi. Bir qiz va 
bir o ‘g‘il k o ‘radi. Lekin bu baxt k o ‘pga bormaydi. Negaki, 
T o‘lagan o'z oilasiga bevafolik qilib, umrini boshqalar bilan 
kayf- safoda o ‘tkazadi. Oxir-oqibatda bu oila nuraydi. Asarda 
T o ‘lagan va M ehrining oila buzilgandan keyingi hayoti va 
ta q d iri ju d a t a ’sirli qilib aks ettirilgan . M ehrining ichki 
kechinmalarini, T o‘laganning o ‘z qilmishlaridan pushaymon 
bo‘lishini k o ‘rsatishda shoir ruhiyat tahlili san’atidan o ‘rinli 
foydalangan.
Bu davr dostonchiligida Ramz Bobojonning «Obi hayot» 
asarining o ‘z o ‘rni bor. Bu doston 0 ‘rta Osiyo respublikalarida 
yuz bergan o ‘zgarishlar, cho'llarning o'zlashtirilishi, o ‘zbek, 
qozoq va turkm an xalqlari tom onidan jilovlangan suvning 
cho'llarga hayot baxsh etgani va Mirzacho‘lning obod bo‘lgani 
h a q id a h iko ya qiladi, «O bi h ay o t» d o sto n id a x alq lar 
do ‘stligining kuch-qudrati madh etilgan.
59



Download 9,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish