Shoirning «Sog‘inish», «Sen yetim emassan» she’rlarida ham
vatanparvar va mehribon otaning barkamol obrazi chizib berilgan.
Bu asarlarda ota obrazi (lirik qahramon)
xalqimizga xos milliy
xislatlami o‘zida gavdalantiradi. Shoiming «Sog‘inish» she’ri bilan
«Kuzatish» she’ri mazmun-mohiyat jihatidan bir-birini to‘ldiradi.
Chunki «Kuzatish» she’rida otaning o ‘z o ‘g‘lini frontga jo ‘natishi
bilan b o g ‘liq b o ‘lgan ruhiy h olati aks ettirilgan b o ‘lsa,
«Sog‘inish»da ana shu otaning frontda jang qilayotgan o ‘g‘lini
jon-dildan sog‘ingandagi kayfiyati, ichki kechinmalari tasvirlanadi.
G ‘afur G ‘ulom ning «M en yahudiy» sh e’rid a ham
insonparvarlik va xalqlar do‘stligi shoir ijodiga xos uslubda —
quyma misralarda kuylanadi. Gitlerchi fashistlaming kirdikorlari,
yovuz qilmishlari ayovsiz fosh etiladi. She’r ikki qismdan iborat.
Birinchi qismda shoir uzoq o ‘tmishdagi tarixiy voqealami eslaydi.
Jahon madaniyati tarixini yaratishda yahudiylaming ulkan hissasi
borligini obrazli tarzda k o ‘rsatib beradi. She’rning ikkinchi
qismida esa fashistlaming irqiy «nazariya»sini qoralab, xalqlar
o‘rtasidagi tenglik va do‘stlikni ulug'laydi.
G ‘afur G ‘ulomning «Suv va nur»
balladasida esa urush
davridagi umumxalq qurilishi — Farhod GES bunyod etilishi
tasvirlanib, xalqning mehnat qahramonligi tarannum etilgan.
G ‘alabaga ishonch tuyg‘ulari asarning umumiy ruhiga mahorat
bilan singdirib yuborilgan. G ‘afur G'ulomning urush davrida
yozilgan she’rlarida vatanparvarlik va insonparvarlik g‘oyalari
g 'alab ag a ishonch tu yg ‘usi bilan
uzviy birlikda nam oyon
bo‘ladi. Shoir she’rlarining sarlavhalaridan («Bizning ko‘chada
ham bayram b o ‘lajak», «Biz yengamiz» kabi) tortib barcha
unsurlariga, qisqasi, asarlarning butun to ‘qimasiga ko‘tarinki
ruh — g‘alabaga ishonch tuyg'usi singdirib yuborilgan. G ‘afur
G ‘ulom urushning birinchi yilidayoq «Tong yaqin, tong yaqin,
oppoq tong yaqin» deb yozganida
misra mazmuniga chuqur
ramziy m a’no berib, g‘alabani oppoq tongga o ‘xshatgan va
uning yaqinligiga imon keltirgan edi.
Xullas, G ‘afur G ‘ulom urush davrida «po‘lat nayza kabi
o ‘tkir, bukilmas» asarlar yozib, benazir «she’rlar soldatini
sh a y lan tird i» .
G ‘a fu r
G ‘ulom ning
h a rb iy
lirik asi
adabiyotimizning bebaho yutug‘idir.
190
G ‘afu r G ‘ulom u ru sh d an keyingi
yillard a zam onaviy
mavzularda, ayniqsa, tinchlik va d o ‘stlik, ona Vatan, halol
mehnat va mehnatkash inson haqida ko‘pgina badiiy go‘zal,
sermazmun she’rlar yaratdi. G ‘afur G ‘ulom ning
urushdan
keyingi she’riyatida jahonda tinchlik uchun kurash mavzusi katta
o ‘rin tutadi. Shoirning «Yashasin tinchlik», «Tinchlik ko‘klami»,
«Tinchlik nashidasi», «Bu — sening imzong», «Biz tinchlik
istaymiz», «Tinchlik minbaridan», «Tinchlik ahdi» singari o‘tkir
she’rlarida tinchlik uchun kurash mavzusi g'afurona uslubda,
rang-barang shakllarda tasvirlangan. «Biz tinchlik istaymiz»
she’rida tinchliksevar xalqlarning irodasi atom va vodorod
bom balaridan ham kuchli ekanligi
chuqur m antiq asosida
ko‘rsatib berilgan.
G ‘afur G ‘ulomning «Sharaf qo'lyozmasi» (Ingliz lordining
bizlarni qabila deb ataganiga javob) she’rida xalq tarixidan
faxrlanish, o ‘zlik tuyg'usini himoya qilish ochiq sezilib turadi:
Do'stlaringiz bilan baham: