Bolalar jismoniy tarbiyasi


Muvozanatni saqlash mashqlari



Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/100
Sana12.07.2022
Hajmi2,17 Mb.
#782111
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   100
Bog'liq
fayl 2145 20211113

Muvozanatni saqlash mashqlari. 
Muvozanat saqlash har qanday holatni saqlab 
turishning zarur doimiy komponentidir. 
Maktabgacha tarbiya yosh davomida muvozanatni saqlash funksiyalarini 
rivojlantirish gavdaning ma’lum holatini (о‘tirgan, tik turgan, emaklash, 
keyinchalik yurishda ham) saqlashdan boshlab har qanday harakat va holatlarda 
gavdani barqaror tuta olishgacha bо‘lgan yо‘lni bosib о‘tadi. 


45 
Muvozanat saqlash gavdaning barqaror holatini saqlash vositasi sifatida 
diqqatning tо‘planganligini, harakatlar koordinatsiyasini, muayyan sharoitlarda 
mо‘ljal olishni, ularga tez, tо‘g‘ri javob qila olishni botirlik va о‘z-о‘zini tuta 
bilishni talab qiladi. Shuning uchun muvozanat mashqlari tez sur’atda, juda 
harakatchanlik bilan bajariladigan yugurish, sakrash harakatlaridan oldin 
о‘tkaziladi. 
Muvozanat saqlash mashqlari ilk yoshdan joriy etiladi, bolalar 15-20 sm 
kо‘tarilgan taxta ustidan yuradilar, keyinchalik esa bolalarga turli buyumlar 
(savatcha, tо‘p, xaltachani) boshda kо‘tarib yurish tavsiya etiladi; bola, shnur, 
narvon yog‘ochlarida yuradi; tо‘satdan tо‘xtab, chо‘qqayib gavdani har-xil holatda 
tutib yuradi.
Ma’lumki muvozanat (uni saqlab turish va tutib turishga intilish) har qanday 
harakatlar uchun doimiy va zarur komponet bо‘lib hisoblanadi. Katta maktabgacha 
yoshda muvozanat saqlashni turli tuman mashqlar vositasida takomillashtirib 
borish davom ettiriladi. 
Muvozanat saqlash funksiyasining kechiqishi yoki yetarli rivojlanmasligi 
harakat aniqligiga, sur’atiga, meyoriga ta’sir kо‘rsatadi. 
Ular natijalarining yaxshilanishi 5-6 yoshli bolalarda 
mushak tonusi muvofiqligining yetarli darajada yaxshi 
rivojlanishi bilan bog‘liq bо‘ladi. 
Katta guruhlarda 
muvozanat mashqlarini tayanchni toraytirilgan va 
kengaytirilgan holatda bajarish taklif etiladi. 
Bunda topshiriqlar turli narsalar bilan bajariladi. 
Muvozanatni 
saqlashni 
rivojlantirish 
mashqlarining barchasi bolalardan diqqatni bir joyga tо‘plashni, diqqat- e’tiborni, 
irodaviy zо‘r berishni talab qiladi; shuning uchun mashqlarni о‘rtacha va sekin 
sur’atda tarbiyachining kuzatuvi ostida о‘tkazish va zarur hollarda ayrim bolalarga 
yordam berish hamda ularni asrab-avaylash lozim . 

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish