"iqtisodiyot va menejment "



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/270
Sana12.07.2022
Hajmi3,21 Mb.
#781859
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   270
Bog'liq
IQTISODIYOT VA MENEJMENT DARSLIK

 
Tayanch iboralar: 
iqtisodiyot, ehtiyoj, iqtisodiy faoliyat, tarmoq, ishlab 
chiqarish, menejment, menejer, boshqaruv, ilmiy menejment nazariyasi, insoniy 
munosabatlar nazariyasi, axloqiy fanlar ta`limi, bixeyviorizm, maqsad, umumiy 
maqsadlar, maxsus maqsadlar, funktsiya, vazifa, rejalashtirish, tashkil etish, nazorat, 
muvofiqlashtirish, motivatsiya. 
 
 
 
 
 
 
Rejalashtirish 
Tashkil etish 
Muvofiqlashtirish 
Nazorat 
Motivatsiya 
1.1-chizma. Boshqarish funktsiyalarini amalga oshirish. 


38 
II 
BOB.
Korxona – mustaqil xo`jalik faoliyatini yurituvchi bozor sub`yekti. 
 
2.1. Milliy iqtisodiyotni rivojlanishi va aholi bandligini ta’minlashda
korxonaning o`rni va roli. 
“Korxona”
atamasining eng oxirgi ta`rifi “O`zbekiston Respublikasining 
korxonalar to`g’risida”gi qonunida ifoda etilgan. Unda xususan bunday deyiladi: 
“Huquqiy shaxs huquqiga ega bo`lgan, mulkchilik huquqi yoki xo`jalikni to`la 
yuritish huquqi bo`yicha o`ziga qarashli mol-mulkdan foydalanish asosida mahsulot 
ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki mahsulotni ayira boshlagan, xizmat 
ko`rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning barcha shakllari teng huquqligi 
sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq o`z faoliyatini ro`yobga chiqaradigan 
mustaqil xo`jalik yurituvchi sub`yekt korxona hisoblanadi”.
Amaldagi qonunchilikka asosan korxona davlat ro`yxatidan o`tganidan 
keyingina huquqiy shaxs sifatida tan olinadi. Davlat ro`yxatidan o`tish uchun birinchi 
o`rinda quyidagi hujjatlar ahamiyatga ega bo`ladi: muassisning arizasi; korxonaning 
Nizomi; korxonani tashkil hilish haqida qaror yoki muassislar shartnomasi; davlat 
bojini to`laganlik haqida kvitantsiya va boshqalar. 
Korxona 
o`z 
faoliyatini 
maqsadlarini 
ro`yobga 
chiqarishga 
ishlab 
chiqarilayotgan mahsuloti, bajarilayotgan ishlari yoki ko`rsatayotgan xizmatlariga 
bo`lgan ehtiyojlarini qanoatlantirish hamda ana shu asosda mehnat jamoasi 
a`zolarining iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarining hamda korxona mol-mulki 
egasining manfaatlarini ta`minlash yo`li bilan erishadi.
Korxona o`z asosiy faoliyatini o`zining Nizomida ko`zda tutilgan maqsadlar va 
vazifalarga muvofiq ravishda amalga oshiradi. Korxona Nizomi esa Respublika 
qonun va qoidalariga asoslanadi.
Nizomda korxonaning homi, manzili, yuqori turuvchi organ va bu organning 
nomi, Nizom jamg’armasi, bank muassasalaridagi rekvizitlari, korxona 
rahbariyatining lavozimlari, rahbar shaxslarning majburiyatlari, tuzilmaviy 
bo’linmalar ro’yxati, hisobot tartibi va boshqalar ko’rsatiladi. Agar Nizomda 
korxonaning tashkiliy-huquqiy funktsiyalari belgilangan bo’lsa, uning ishlab 


39 
chiqarish va iqtisodiy faoliyati tarkibiga asosiy va aylanma fondler, pul mablag’lari 
va boshqa aktivlar kiruvchi Nizom jamg’armasiga tayanadi. 
Nizom jamg’armasi – qonunga asosan korxonani tashkil qilish jarayonida 
muassislar – davlat, huquqiy va jismoniy shaxslar tomonidan shakllantiriladi. 
Korxonaning rivojlanishi va ishlab chiqarishning kengayib borishi, daromad hajmi va 
boshqa moliyaviy tushumlarning ortishi natijasida Nizom jang’armasi ko’paytirilishi 
mumkin. Umuman olganda, Nizom jamg’armasi korxonaning iqtisodiy barqarorligini 
va moliyaviy jihatdan baquvvatligini aks ettiradi. 
“O`zbekiston Respublikasining korxonalar to`g’risida”gi qonunining 2-
moddasida korxonalarning quyidagi turlari ko`rsatib berilgan: 

Jismoniy shaxslarning xususiy mulkiga asoslangan korxonalar; 

Shirkat mulkiga asoslangan, jamoa, oila, mahalla korxonalari, ishlab chiqarish 
kooperativlari, xo`jalik jamiyatlari va shirkatlariga, jamoat tashkilotlari va diniy 
tashkilotlariga qarashli korxonalar hamda jamoa mulkining boshqa shakllariga 
asoslangan korxonalar; 

Davlat mulkiga asoslangan respublika davlat korxonalari, Qoraqalpog’iston 
Respublikasi davlat korxonalari, viloyatlari, viloyat, tumanlararo, tuman, shahar 
davlat korxonalari va boshqa turdagi korxonalar; 

Aralash mulkka asoslangan davlatlararo va qo`shma korxonalar hamda 
mulkchilikning turli shakliga mansub, to`liq yoki hisobiy yo`sinda ishtirok 
etishga asoslangan boshqa turdagi korxonalar.
Ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotning iqtisodiy mazmuniga qarab 
korxonalar ikki yirik guruhga bo`linadi: 
a)
ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi; 
b)
xalq iste`moli buyumlarini ishlab chiqaruvchi.
Korxonani turli belgilariga ko`ra tavsiflash mumkin: 

ishlab-chiqarish va texnika munosabatlarida korxona-bu ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash texnologiyasiga miqdor va sifat 
jihatidan mos keluvchi mashinalar tizimi; 


40 

ijtimoiy munosabatlarda korxona - bu, turli kategoriyadagi xodimlar o`rtasida 
ularning huquq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi munosabatlar; 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish