Tashabbuskor guruhning tayyorgarlik ishlari
Tashabbuskor guruh o‘z faoliyatini o‘zi bajarishi lozim
bo‘lgan vazifalar doirasini aniqlashdan boshlaydi. Ya’ni tashab
-
buskor guruh havzaviy kengashning potensial a’zolari ro‘yxatini
77
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
aniqlashi, havzaviy kengash faoliyati uchun asos bo‘lib xizmat qi
-
luvchi me’yoriy hujjatlar (Nizom va reglament) loyihasini hamda
havzaviy kengashning dastlabki ish rejasini ishlab chiqishi zarur.
Mazkur faoliyat esa tashabbuskor guruhning hamkorlikdagi
uchrashuvlari, alohida masalalarni ishchi suv xo‘jaligi boshqar
-
malari vakillari bilan ishchi tartibda o‘tkaziladigan maslahatlar,
ma’lumotlar almashinuvi va boshqa vositalar yordamida amalga
oshiriladi.
Tayyorgarlik bosqichida moliyaviy imkoniyatlarga bog‘liq
holda tashabbuskor guruh havzaviy kengashning tashkil
etilishi bilan bog‘liq ma’lumotlarni, uning barcha potensial
a’zolariga hamda suv iste’molchilari va manfaatdor jamoatchilik
-
ka yetkazish tadbirlarini ham o‘tkazishi mumkin. Informatsion
kampaniya, seminarlar, davra suhbatlari, tashabbuskor guruh
a’zolarining gidrografik havza doirasida joylardagi sayyor
uchrashuvlarini o‘tkazish yo‘li bilan tashkil etilishi mumkin.
Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi – manfaatdor tomonlarni
tashkil etilayotgan havzaviy kengashning maqsad va vazifalari,
uning ishida ishtirok etishning afzalliklari bilan tanishtirish va
boshqalardan iboratdir. Informatsion kampaniyani o‘tkazish
-
da maxsus tayyorlangan buklet va materiallardan foydalanish
mumkin.
Havzaviy kengashning nizomi namunaviy nizom asosida ish
-
lab chiqiladi. Bunda havzaviy kengashning maqsad va vazifalari,
kengash tomonidan ko‘rib chiqiladigan hujjat va materiallar,
tuziladigan konsultativ-maslahat organining tarkibi tashab
-
buskor guruh tomonidan muayyan havzaning o‘ziga xos sharo
-
itlari va talablaridan kelib chiqqan holda qayta ishlab, takomil
-
lashtiriladi. Nizomning havzaviy kengash ish tartibi va majlislarini
o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘limlari ham tegishli gidrografik havza
sharoitlariga moslanib batafsil yoritiladi. Havzaviy kengashning
reglamenti esa uning Nizomiga nisbatan tashabbuskor guruh
78
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqiladi. Bu ishga maxsus
yurist jalb etilishi ham mumkin.
Tayyorgarlik ishlari davomida tashabbuskor guruh tomo
-
nidan tashkil etilayotgan kengash a’zolarining dastlabki ro‘yxati
shakllantiriladi. Ta’kidlash lozimki, kengash tarkibiga majburiy
tarzda birinchi navbatda berilgan gidrografik havzada joylash
-
gan havza suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i, viloyatlar va viloyat
kengashlari rahbarlari kiritilishi lozim. Vakolatli vazirliklar va
boshqa sohalarning hududiy bo‘linmalari rahbarlari esa ular
-
ning gidrografik havza bo‘yicha tuzilgan dastlabki ro‘yxati (agar
u juda katta bo‘lsa, uning muvofiq ravishda qisqartirilgan ver-
siyasi) asosida kiritiladi. Eng muhim suv iste’molchilari va ja
-
moatchilik birlashmalari uchun maxsus ro‘yxat tuziladi (ro‘yxat
juda katta bo‘lsa, ular havzaviy kengashga vakilini yuboruvchi
uyushmalarga birlashtiriladi). Shuning uchun Kengashning po
-
tensial a’zolarini tanlash mezonlari belgilanadi. Masalan, havza
darajasidagi vakillik, professionalizm, kompetentlik, ijtimoiy
faollik, qatnashishdan manfaatdorlikning mavjudligi kabi me
-
zonlardan foydalanish mumkin. Bu suv iste’molchilari va jamoat
tashkilotlari ro‘yxatini kerakli miqdorgacha kamaytirish im
-
konini beradi.
Shuningdek, havzaviy kengash faoliyatiga mazkur gidrogra
-
fik havzada joylashgan transchegaraviy suv ob’yekti bo‘yicha
qo‘shni mamlakatlarning tegishli havzaviy boshqarmalarini
hamda tuman yoki alohida aholi punkti darajasidagi mahalliy
ijro va vakillik davlat organlarini jalb etish tavsiya etiladi.
Havzaviy kengash a’zolarining dastlabki ro‘yxati havzaviy suv
xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan tegishli izohlar bilan tuziladi
va so‘ngra tashabbuskor guruh a’zolaridan, turli tashkilotlardan
tarqatilgan dastlabki informatsion xabarnoma bo‘yicha tushgan
va turli potensial a’zolar bilan o‘tkazilgan muzokaralar vaqtida
79
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
tushgan takliflar asosida qayta ishlanadi.
Adabiyotlar tahlili asosida havzaviy kengashga a’zo tash
-
kilotlarning soni 10-25ta bo‘lishi tavsiya etiladi, chunki un
-
dan kam sonda havzaviy kengashda yetarli darajada vakillilik
mavjudligini ta’minlash qiyin bo‘lsa, undan ko‘p bo‘lgan hollar
-
da kengash ishi samaradorligini ta’minlash murakkab bo‘ladi.
Havzaviy kengash a’zolarining ro‘yxati – tashkilot nomi, konkret
a’zolarning familiyasi va ismi-sharifi hamda bog‘lanish ma’lu
-
motlarini o‘z ichiga oladi.
Navbatdagi qadamda tashabbuskor guruh tomonidan
havzaviy kengashning birinchi majlisini o‘tkazish bo‘yicha
dastlabki muddatlar hamda uning kun tartibi belgilanadi.
Muddatlarni belgilashda ko‘pchilik kengash a’zolari uchun
qulay bo‘lishi uchun ular (ayniqsa eng muhim a’zolar) bilan
maslahatlashish muhimdir. Birinchi majlisda ko‘rib chiqilishi
lozim bo‘lgan masalalar – odatda havzaviy kengash a’zolarining
yakuniy ro‘yxatini tasdiqlash, havzaviy kengash nizomi va regla
-
mentini muhokama qilish va tasdiqlash, kengash organlarini say
-
lash hamda tuzilayotgan kengash ish rejasini muhokama qilish va
tasdiqlashdan iborat bo‘ladi. Albatta, tashabbuskor guruh
a’zolari faqat tashkiliy masalalar bilan cheklanmay, kun tartibiga
havzaviy kengashning faoliyati bilan bog‘liq boshqa mantiqiy
masalalarni ham kiritishlari mumkin.
Keyingi qadamlarda tashabbuskor guruh tomonidan havzaviy
kengashning yillik va imkon darajasida 2-3 yilga mo‘ljallangan
istiqbolli ish rejasi ishlab chiqilishi lozim. Havzaviy kengash
-
ning faoliyatini rejalashtirish tashabbuskor guruh a’zolari bilan
muhokama qilish asosida, agar tayyorgarlik ishlari davomida
havzaviy kengash a’zolarining kengroq doirasida informatsion
kampaniya olib borilgan bo‘lsa, unda tegishli qarorlar, ularning
ishtirokidagi maxsus seminar yoki davra suhbati asosida qabul
qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |