Suv resurslarini havzaviy rejalashtirish va boshqarish


Havzaviy tashkilotlarning tuzilishi



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/100
Sana12.07.2022
Hajmi2,08 Mb.
#780052
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   100
Bog'liq
bce1e38198591cc537490d6061333c7a

Havzaviy tashkilotlarning tuzilishi
Havzaviy kengashlarning tuzilishi uning ishtirokchilari to
-
monidan mustaqil ravishda belgilanadi. Masalan, Qozog‘iston 


66
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
misolida ham Suv kodeksida havzaviy kengashlar tuzilishiga oid 
asosan ikkita talab qo‘yilgan: 
- Havzaviy kengash ishiga muayyan havzaviy suv xo‘jaligi 
boshqarmasi boshlig‘i rahbarlik qiladi;
- Havzaviy suv xo‘jaligi boshqarmasi kengash ishini tashkil 
etadi, ya’ni amalda sekretariat rolini bajaradi.
Shunday qilib, havzaviy tashkilotlar tuzilmasini belgilashda 
xalqaro tajribaga tayanish mumkin. Xalqaro tajribada havza
-
viy tashkilotlarning turli, shu jumladan, ancha murakkab tu
-
zilmalari uchraydi. Jumladan, Fransiyada havzaviy qo‘mitalar 
to‘rtta kollegiya (suv iste’molchilari kollegiyasi, deputatlar kol
-
legiyasi, Fransiyaning iqtisodiy va ijtimoiy kengashlari vakillari 
kollegiyasi, davlat ma’muriyati vakillari kollegiyasi)dan iborat. 
Kollegiyalar a’zolarining umumiy miqdori ayrim havzalar bo‘yi
-
cha 61-114 kishini tashkil etadi. Bu organlar mohiyatiga ko‘ra 
suv masalalari bo‘yicha mahalliy parlament hisoblanadi. Ammo 
har bir havzada ham bunday murakkab va qat’iy tuzilmaga ega 
kengashlar bo‘lishi shart emas. Chunki bu ancha qimmat va ish
-
ni tashkil etishda murakkabliklar keltirib chiqaradi. Masalan, 
havzaviy kengashlar qarorlari maslahat maqomiga ega bo‘lgan 
Qozog‘iston tajribasida havzaviy kengash kotibi suv xo‘jaligi 
boshqarmasi xodimlari hisobidan tayinlanadi. Kengash kotibi 
kengash majlislarini o‘tkazishda tashkiliy masalalarga mas’ul 
etib tayinlanadi. Biroq boshqa variantlar ham tanlanishi mum
-
kin. Qozog‘iston tajribasiga ko‘ra alohida qatnashchilari guruhi 
uchun 20 foizli kvota belgilangan va havzaviy kengashlarning 
samarali faoliyati ularning a’zolari soni 10-25 kishi bo‘lganda 
ta’minlangan. 
Qonunchilikda havzaviy kengash a’zolarining huquq va 
majburiyatlarini belgilash ularning ichki ishi deb ko‘rsatiladi. 
Odatda kengashning samarali faoliyatini ta’minlash uchun ken
-
gash a’zolariga quyidagi huquqlar beriladi:


67
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
• reglament asosida havzaviy kengash qarorlarini muhoka
-
ma va qabul qilishda qatnashish;
• havzaviy kengash majlislarida muhokama qilish uchun 
masalalarni tayyorlash;
• havzaviy kengash faoliyatiga oid hujjatlar va ma’lumotlar 
bilan tanishish;
• havzaviy kengash majlislarining o‘tkazilish vaqti, joyi va 
uning kun tartibi to‘g‘risida o‘z vaqtida ma’lumot olish;
• havzaviy kengash majlislarini o‘tkazish va uning faoliyati 
tartibiga oid e’tiroz va takliflarni kiritish;
• havzaviy kengash tomonidan tuziladigan ishchi guruhlar
-
da ishtirok etish;
• havzaviy kengash majlislariga ekspertlar, mutaxassislar
turli davlat organlari, tashkilotlar va manfaatdor jamoatchilik 
vakillarini taklif etish bo‘yicha takliflar kiritish;
• havzaviy kengash faoliyatini rejalashtirishda ishtirok 
etish;
• qonunchilik va havzaviy kengashning ichki me’yoriy 
hujjatlari asosida boshqa huquqiy faoliyatlarni amalga oshirish.
Havzaviy kengash a’zolariga quyidagi majburiyatlar 
yuklanadi:


68
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
• organ ishida shaxsan ishtirok etish;
• havzaviy kengash maqsad va vazifalarining bajarilishiga 
amaliy yordam ko‘rsatish;
• havzaviy kengash majlislarida va kun tartibidagi masala
-
lar muhokamasida faol ishtirok etish;
• havzaviy kengash majlisida ishtirok etish imkoniyati 
bo‘lmaganda o‘z vaqtida ogohlantirish; 
• havzaviy kengashning Nizomi, reglamenti va boshqa ich
-
ki hujjatlari talabini bajarish;
• o‘z tashkilotining havzaviy kengashda amalga oshiri
-
layotgan ishlar va qabul qilinayotgan qarorlar to‘g‘risida 
xabardorligini ta’minlash;
• manfaatlar to‘qnashuvi talablarini bajarish.

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish