Suv resurslarini havzaviy rejalashtirish va boshqarish


O‘z o‘zini nazorat qilish savollari



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/100
Sana12.07.2022
Hajmi2,08 Mb.
#780052
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   100
Bog'liq
bce1e38198591cc537490d6061333c7a

O‘z o‘zini nazorat qilish savollari:
1. Suv resurslarini boshqarish jarayonida uchrayotgan
muammolar va murakkabliklar;
2. Suv resurslarini boshqarishda ishtirok etuvchi havzaviy 
tashkilotlar;
3. Havzaviy tashkilotlarning turlari;
4. Havzaviy tashkilotlarni tashkil etish zaruriyati;
5. Havzaviy tashkilotlarning roli va vazifalari;
6. Havzaviy tashkilotlarning tuzilishi va tarkibiy qismlari;
7. Havzaviy kengash reglamenti;
8. Tashabbuskor (ishchi) guruh shakllanishi;
9. Tashabbuskor guruhning tayyorgarlik ishlari;
10. Havzaviy kengashning birinchi majlisiga tayyorgarlik;
11. Havzaviy kengashning birinchi majlisini o‘tkazish;
12. Havzaviy kengashning rivojlanishi uchun zaruriy 
qadamlar.


89
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
III bob. Suv resurslarini havzaviy boshqarish
3.1 Suv resurslarini havzaviy boshqarishning mohiyati 
va afzalliklari
Suv resurslarini havzaviy boshqarish masalasiga o‘tishdan av
-
val suv resurslarini boshqarish tushunchasi va uning mohiyatini 
qisqacha sharhlab o‘tamiz. Amalda suv resurslarini boshqarish 
zaruriyati quyidagi holatlar bilan belgilanadi:
- mavjud suv resurslarining cheklanganligi va notekis 
tarqalganligi;
- suvga bo‘lgan talabning keskin ortib borishi; 
- suv resurslari miqdorining, ularning shakllanish sharoitlari 
va manbalariga bog‘liq ravishda vaqt davomida o‘zgaruvchanligi 
va o‘zgarish amplitudasining kattaligi;
- tabiiy va antropogen omillar ta’sirida suv resurslarining if
-
loslanishi va sho‘rlanishining kuchayib borishi;
- suv ob’yektlarining tabiatga va xalq xo‘jaligi ob’yektlariga 
salbiy ta’siri (suv toshqini, suv bosishi va b.). 
Suv resurslarini boshqarish ikkita yo‘nalishda amalga 
oshiriladi:
1) suv resurslari miqdorini boshqarish;
2) suv resurslari sifatini boshqarish.
Suv resurslari miqdorini boshqarish bo‘yicha qarorlar qabul 
qilishda suvga bo‘lgan talabning o‘rtacha qiymatlariga, shuning
-
dek, har bir suv iste’molchisining tavsifnomasini o‘rganish nati
-
jalariga tayaniladi hamda mo‘ljallangan u yoki bu tadbirni o‘tka
-
zish zaruriyati asoslanishi lozim bo‘ladi. Suv resurslari sifatini 
boshqarishda esa iste’molchilarning suv sifatiga qo‘yadigan ta
-
lablariga asoslanish zarur, chunki turli iste’molchilar suv sifatiga 
nisbatan turli talablarni qo‘yadilar. Suv resurslarining miqdori 
va sifatini oddiy va murakkab boshqarish usullari mavjud. 


90
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
Suv resurslarining oddiy boshqaruvida ular miqdor va sifat 
jihatidan suv iste’moli tartibiga muvofiq ravishda suv inshoot
-
lari va texnik vositalar yordamida iste’molchilarga yetkaziladi 
yoki yo‘l-yo‘lakay suv ob’yektining alohida foydali xususiyatlari
-
dan foydalanish amalga oshiriladi. Suv resurslarining murakkab 
boshqaruvida esa suv (sifat va miqdor jihatdan) iste’molchining 
talablariga mos ravishda tayyorlanadi va so‘ngra maxsus inshoot
-
lar va texnik vositalar yordamida iste’molchilarga yetkaziladi.
Suv resurslarini boshqarish tushunchasi ostida suv resursla
-
rini vaqt va hududlar bo‘yicha qayta taqsimlash, ekologik barqa
-
rorlik talablarini hisobga olgan holda iqtisodiyot sohalarining 
suv resurslariga bo‘lgan talablarini optimal ravishda qondirish 
uchun suv sifatini yaxshilash, ya’ni suvni kerak bo‘lgan joyga, 
talab etilgan sifat bilan zarur bo‘lgan vaqtida yetkazish tushu
-
niladi. Yana ham qisqaroq qilib, suv resurslarini boshqarish suv 
resurslarining vaqt va makonda tarqalishi hamda sifat ko‘rsat
-
kichlarini iste’molchining talablariga moslashtirish jarayoni, deb 
talqin etilishi mumkin. 
Suv resurslarining har bir tarkibiy qismini vaqtda va makon
-
da boshqarish mumkin. Jumladan, yer usti suvlari miqdorini 
boshqarish suv omborlari barpo etish, kanallar qurish va bosh
-
qa tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Yer osti suvlari miqdori esa 
suv omborlari barpo etish, yer osti sig‘imlaridan foydalanish va 
boshqa tadbirlarni amalga oshirish bilan boshqariladi. Hozirgi 
davrda dunyo amaliyotida atmosfera yog‘inlarini boshqarish 
bo‘yicha ham katta tajriba to‘plangan.
Shunday qilib, hozirgi kunda suv resurslaridan foydalanish 
va ularni muhofaza qilish jarayonlarini boshqarish ehtiyoji ja
-
miyat va mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik talab
-
larini muvofiqlashtirish zaruriyatidan kelib chiqadi. Iqtisodiy 
taraqqiyot, xuddi ijtimoiy talablarning o‘sishi kabi suv iste’mo
-
li ortishiga olib keladi va bu o‘z navbatida asta-sekinlik bilan 


91
SUV RESURSLARINI HAVZAVIY REJALASHTIRISH VA BOSHQARISH
tabiatning o‘zini ham, uning mahalliy, mintaqaviy va hatto global 
miqyoslarda suv iste’molchisi va suvdan foydalanuvchi sifatida
-
gi ehtiyojlarini ham hisobga olish zaruriyatini keltirib chiqa
-
radi. Suv resurslarini boshqarishning mazkur uch strategiyasi 
o‘rtasidagi asoslangan muvozanatni topish butun jahon ham
-
jamiyati oldida turgan maqsad va umumiy yondashuvdir.
Suv resurslarini boshqarish jarayoni birinchi qaraganda 
go‘yo oddiydek, ammo chuqurroq qaralsa, juda murakkab tizim 
ekanligini ko‘rish mumkin. Bu murakkab tizimda quyidagilarni 
ajratib ko‘rsatish mumkin:
* tabiiy suv resurslari (yog‘inlar, yer usti va yer osti suv oqim
-
lari), shuningdek, antropogen ta’sir ostida hosil bo‘ladigan qay
-
tuvchi suvlar. Bu resurslar iqlimning tashqi o‘zgarishlari ta’siri 
ostida o‘zgarishi mumkin;
* iqtisodiyot sohalari bo‘yicha suvning qaytmas tarzda 
ishlatilishini hisobga olgan holda suvga bo‘lgan talablar ham 
turlicha;
* ekologik sharoitlar va talablar;
* ijtimoiy muhit va iqtisodiy taraqqiyot;
* nihoyat, eng muhim tarkibiy qism – siyosiy muhit.
Shuningdek, suv resurslarini boshqarish bo‘yicha qarorlar 
qabul qilishda quyidagilarni hisobga olish zarur:
• resurslar mavjud bo‘lgan joylar ularni iste’mol qilish joy
-
lari bilan mos kelmaydi;
• turli iste’molchilarning suvga bo‘lgan ehtiyojlari turli 
vaqt intervallariga ega ekanligi bilan xarakterlanadi (masalan, 
sug‘orish va energetika; rekreatsiya va baliqchilik va b.);
• suv sifatining yomonlashuvi mohiyatan jamiyat uchun 
yaroqli suvning miqdori keskin kamayib ketishiga olib keladi.
Ko‘pincha juda soddalashtirilgan fikr bildiriladiki, go‘yo suv 
resurslarini boshqarish bu shunchaki suvni kerakli nuqtalar
-
ga imkoni boricha kerakli vaqtda kerakli miqdorda yetkazib 


92
Salohiddinov A.T., Ashirova O.A.
berishdan iborat. Aslida yuqorida keltirilgan tashqi va ichki 
omillar ta’sirida dunyoda yetilib kelayotgan tendensiyalar hisob
-
ga olinsa, zamonaviy suv resurslarini boshqarish jarayoni mu
-
rakkab jarayon ekanligi ko‘rinadi. Shunday qilib, suv resurslarini 
boshqarishning zamonaviy ta’rifi quyidagicha:

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish