1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTONMILLIY UNIVERSITETI
O‘ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI
OСHILOVA ROHILA KOMIL QIZI
O‘ZBEK TILIDA FE’L
LEKSEMALARIDA GRADUONIMIYA
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Ilmiy rahbar:
Filologiya fanlari
Doktori, prof, M. Qurbonova
TOSHKENT 2014
2
MUNDARIJA
ISHNING UMUNIY TAVSIFI
……………………………………………
O‘
zbek tilida fe‟l leksemalarida graduanimiya……………….. . .. . . . .. . ..
Asosiy qism
I BOB. Graduonimiya haqida ma’lumot
1.1
So„zlar aro ma‟noviy munosabat
1.2
O‘
zbek tilida graduonimiya
hodisasining tadqiqi
II BOB. Fe’llarida darajalanish
2.1 Harakat fe‟llarida darajalanish
2.2 Holat fe‟llarida darajalanish
XULOSA
……………………………………………………………..
Adabiyotlar ro„yxati……………………………………………..
3
ISHNING UMUNIY TAVSIFI
Mavzuning dolzarbligi.
Uzoq yillar davomida so„zlararo ma‟noviy
sistem munosabatlar manodoshlik va zid ma‟nolilikni o„rganish bilan cheklanib
qoldi. Keyingi paytlarda bu xil munosabatlar doirasi giponimik
1
munosabatlarni
ajratish bilan kengaytirildi va graduonimik kabi ma‟no munosabat turlari ham
lisoniy-lug„aviy tizimda mavjudligi taxmin etildi.
Tadqiqotimiz shulardan
graduonimik munosabatlar masalasini o„rganishga bag„ishlanadi.
Prezidentimiz Islom Karimov ta‟kidlab o„tganlaridek : “ Istiqlol
yillarida o„zbek tilining qo„llanishi doirasi amalda nihoyatda kengaygani, uni
ilmiy asosda rivojlantirishga
qaratilgan tadqiqotlar, tilimizning o„ziga xos
xususiyatlariga bag„ishlangan ilmiy va ommabop kitoblar, o„quv qo„llanmalari,
yangi yangi lug„atlar ko„plab chop etilayotgan jamiyat tafakkurini yuksaltirishga
o„z hissasini qo„shmoqda”
2
O‘
zbek tilida fe‟llardagi lug„aviy graduonimiya ham
ona tilimizning yangi yangi qirralarini ko„rsatib berishga xizmat qiladi.
Prezidentimiz Islom Karimov: “ Ma‟lumki, o„zlikni anglash, avlodlar
o„rtasidagi ma‟naviy bog„liqlik til orqali namoyon bo„ladi. Jamiki ezgu fazilatlar
inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi.
Ona tili- bu millatning ruhidir”
3
- deb ta‟kidlaganlaridek, tilda har bir millatning
o„zligi ruhi namoyon bo„ladi.
Bizga ma‟lumki, xalqimiz o„zining boy va ko„xna
tarixiga, madaniyati
va ma‟naviyatiga, san‟ati va adabiyotiga ega bo„lib, ming yillar davomida
shakllanib, rivoj topib kelmoqda. Bunday tarix va merosga ega o„zbek xalqining
orzu
umidlari, urf-odat va ananalari, qadriyat va qarashlari,
madaniyati va
ma‟naviyati betakror va jozibali tilida yashab, avloddan-avlodga o„tib kelmoqda.
Ulug„ allomalarimiz ta‟kidlaganidek tilda millat, uning orzu-umidlari yashaydi.
1
Сафарова Р. Гипономия в узбекском языки. Кд. – Ташкент, 1990
2
Karimov I. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch.- Toshkent: ma’naviyat 2008. B. 86
3
Karimov I. Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch.- Toshkent: ma’naviyat, 2008.-B.85
4
Tilda til egalarining butun borlig„i mujassam tarzda namoyon bo„ladi.
Ulug„ va oqil dono ajdodlarimizning buyuk kashfiyot, pand-nasihat va hikmatli
so„zlari, hayot haqidagi qarash va saboqlari, barkamollikka undovchi da‟vatlari
ana shu tilimiz orqali bizgacha yetib keladi.
Bugungi kunda o„zbek tilida fe‟l leksemalarining darajalanishini
o„rganish, talqin etish kerakligi sezilmoqda. Chunki o„zbek tilining so„z boyligi
har bir so„zning o„z o„rnida qo„llanishi so„zlardagi
joziba va betakrorlikni
ta‟minlaydi.
Fe‟llardagi darajalanish ma‟no nozikliklarini ko„rsatish bilan bir qatorda
tilimiz boyligini ham yana bir bor ko„rsatib berishga xizmat qiladi.