Август 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA KO’RGAZMALI QUROLLARDAN
FOYDALANISH.
Andijon viloyati Shahrixon tumani
12-maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Qo’ldasheva Durdona
durdonaxon@gmail.com +998932155070
Annotatsita:
ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilariga ona tili darslarida grammatikani
o’rgatishda muhim ahamiyat kasb etadigan metodlar va darsda ko’rgazmali qurollardan foydalanish
hamda ko’rgazmali darsning afzallik va qulayliklari haqida fikrlar ilgari surilgan.
Kalit so’zlar:
ona tili, boshlang’ich sinf, ko’rgazmali qurol, grammatika, morfologiya, sintaksis,
so’z turkumlari, ot, fe’l.
Bugungi kunda aqlli, bilimli, iste’dodli yoshlarni tayyorlab berish uchun davlatimiz tomonidan
o’qituvchilarga katta e’tibor qaratilmoqda. Yoshlarni har tomonlama yetuk va barkamol inson
sifatida tarbiyalash uchun barcha imkoniyatlar yaratilib, katta umid va ishonch bildirilmoqda.
Shunday ekan, ularni boshlang’ich sinfdan bilimli va intiluvchan qilib tarbiyalashga alohida
ahamiyat berilmog’I lozim. Xususan, shu maqsadda boshlang’ich sinflarda ona tili darslarini o’tish
jarayonlarida nimalarga e’tibor qaratilmog’i va qanday usul va vositalardan foydalanmog’i lozim?
Ona tili ta’limining bosh maqsadi-nutqiy mukammallikni ta’minlash. Demak, o’qituvchi
asosiy e’tiborni o’quvchilarni so’z boyligini oshirish, go’zal, ixcham va ravon jumlalar tuzish,
matn yaratish va uni mustaqil tahlil qila olish masalalariga qaratmog’i lozim. Buning uchun,
albatta, ona tili grammatikasini, uning qonun-qoidalari, gapda so’zlarning qo’llanishi va ularning
ma’nolarini puxta bilishlari lozim bo’ladi.
Ma’lumki, quyi sinflarda grammatikaning morfologiya qismini o’quvchilarga puxta o’rgatmay
turib, yuqori sinflarda “Sintaksis”dan ularga chuqur bilim berolmaymiz. Shuni hisobga olib,
“So’z turkumlari” bo’limida “fe’l” haqida o’quvchilarga ma’lumot berishda ishni quyidagicha
boshlash mumkin:
1. Ko’rgazmali qurollar tayyorlash.
2. Kartochkalar tayyorlash.
Ko’rgazmali qurollar tayyorlashda estetik jihatdan kishi diqqatini o’ziga jalb etadigan rangli
rasmlarga alohida ahamiyat berish lozim. Chunki didsiz, kunda uchrab turadigan narsalarga
e’tiborsizlik bilan qaralishini unutmaslik kerak. Shunga ko’ra, tayyorlanadigan ko’rgazmali
qurollar aniq, chiroyli, rangli rasmlardan tuzilgan bo’lishi kerak.
“Morfologiya”dan o’quvchilarga bilim berishda ularning yosh xususiyatlari hisobga olingan
bo’ladi. Dars “F’el” so’z turkumini o’rgatishga doir bo’lganligi uchun ham unda namoyish etil
-
adigan rasmlar harakatlarni ifodalangan bo’lishi shart.
Hamda bu ko’rgazmali qurollarning sodda
usulda tayyorlanishiga alohida ahamiyat berilmog’i lozim. Bu kabi tayyorlangan ko’rgazmali
qurollarning quyidagicha afzalliklari bor:
1. Ko’rgazmali qurol sodda, ixcham.
2. O’quvchi diqqatini o’ziga tortadi.
3. Darsda foydalanish uchun qulay.
4. Saqlash oson va chang bo’lmaydi.
5. Ko’p yillarga mo’ljallangan bo’ladi.
6. Darsni qiziqarli qiladi.
7. Bolalarni ziyraklikka chorlaydi.
8. Barcha bolalarni dars jarayonlarida faol qatnashishlarini ta’minlaydi.
Har bir darsning qiziqarli chiqishi, ko’p jihatdan, o’quvchilarning bilimi va istaklariga mos
keluvchi usullarni qo’llashga bog’liqdir. Shunday bo’lishi lozimki, o’qituvchi dars o’tganda o’zi
undan zavqlansin; bo’lajak mashg’ulotlarga bolalarning intilish va qiziqishi ortib borsin .
Ana shunday ijobiy dars o’tish vositalaridan biri, bu- aniq predmetlarni ifodalagan rangli
rasmlardir. “Fe’l” so’z turkumini o’quvchilarga qo’llaniladigan vositalaridan biri darsning
mavzusiga xos rangli rasmlardan va kartochkalardan foydalanishdir.
Ma’lumki, kartochkalar o’quvchilarning mustaqil tarzda ishlashlari va o’z bilim doiralarini
kengaytirishda muhim ahamiyatga egadir. Kartochkalar tayyorlashda ularning o’tiladigan
37
Do'stlaringiz bilan baham: |