Август 2020 10-қисм
Тошкент
mavzuga mosligiga, o’quvchining o’rganish qobiliyatiga va darsning tarbiyaviy tomonlariga
e’tibor beriladi.
Avvalo, kartochkaga yopishtiriladigan rasmlarga karton qog’ozlarni tayyorlash maqsadga
muvofiq. So’ngra shu kartonlarga birlik va ko’plikni ifodalaydigan, jonli va jonsiz predmetlarni
bildiruvchi kichik, chiroyli rangli rasmlarni yopishtirish lozim. Bu ko’rgazmali qurollarning
chetlarini rangli qalamlar bilan ramka ichiga olib, ko’rkam holda ishlatish kerak. Chunki bu
kartochkalardan ko’p yillar davomida foydalansa bo’ladi.
Sifatli ko’rsatmali qurol va kartochkalar tayyorlab, ulardan har bir darsda samarali foydalanish
ham bir san’atdir. Shuning uchun, yuqorida tayyorlangan vositalar yordamida o’z darsini
quyidagicha uyushtirish mimkin. Ot mavzusiga atab tayyorlangan ko’rgazmali qurolni doskaga
osib, o’quvchilar diqqatini undagi rasmlar va shu rasmlarga mos ravishda yozilgan so’roqlarga
qaratadi. O’quvchilarga quyidagicha savollar bilan murojaat qiladi. Natijada, o’qituvchi
(so’zlovchi) bilan o’quvchilar (tinglovchilar) o’rtasida quyidagicha savol- javoblardan iborat
dialog hosil bo’ladi.
- Bu yerda nimalarni ko’ryapsiz?
-
Rasmlarni ko’ryapmiz.
- Birinchi rasmdagi predmet qanday so’roqqa javob bo’ladi?
-
Kim? so’rog’iga javob bo’ladi.
- Nima uchun?
-
Jonli (shaxs) predmetni bildiryapti.
- Pastdagi rasmlardagi predmetlar-chi?
-
Ular Nima?, Nimalar? so’roqlariga javob bo’lyapti.
- Har bir predmetning nimasi bo’ladi?
-
Har bir predmetning nomi bo’ladi.
Yuqoridagi savol – javoblar asosida predmet, ularning nomi va shu predmetlarning qanday
so’roqlarga javob bo’lishi haqidagi tushunchalarni o’quvchilar ongiga yetkaziladi. Endi
o’quvchilarning “Ot” so’z turkumi bo’yicha olgan tushunchalarini xulosalab, ularga quyidagi
qoidani, ya’ni (“Narsa va shaxsning nomini bildirib, Kim?, Nima?, Kimlar?, Nimalar? so’roqlariga
javob bo’lgan so’zlar ot deyiladi”)ni eslatamiz. Bu bajarilayotgan jarayonda o’quvchilarda
zerikish holatlari bo’lmaydi. Aksincha, o’quvchilarning faolligi ortib, o’qituvchi o’z mehnati
natijasidan zavqlanadi.
Har bir dars mana shunday ko’rgazmali qurollar vositasida qiziqarli, xilma-xil usullar asosida
o’tilsagina ko’zlangan maqsadga erishish mumkin.
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi.-Toshkent: ILM ZIYO, 2013.
2. ONA TILI, 4-sinf uchun darslik.-Toshkent: O’QITUVCHI, 2017.
38
Do'stlaringiz bilan baham: |