Август 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Quvondiqova Kamolat Shaymardonovna
Qashqadaryo viloyatiYakkabog‘ tuman
62-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
+99890-317-20-01
Annotatsiya:
Mustaqil O‘zbekistonimizda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish yangi Davlat
ta’lim standartlari asosida tashkil etishga qaratilgan. Hozirgi kunda o‘qituvchi faoliyatiga, uning
pedagogik mahoratiga alohida e’tibor berilmoqda. Maqolada boshlang‘ich sinflarda matematika
darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish xususida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
pedagogik texnologiyalar, izlanuvchanlik, o‘qitish usuli.
Ta’lim jarayonida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarning pedagogik fikrlashida o‘rin ola
boshlagan pedagogik texnologiyani dars jarayonida qo‘llashga oid tavsiyalar o‘qituvchi uchun
juda zarur. Unda pedagogning ta’lim berish mahorati,ya’ni o‘qitish usulini to‘g‘ri tanlashi,
o‘quvchilarni darsga qiziqtirishi, o‘tilayotgan mavzuga maqsadning mosligi, ularni ijodiy
yo‘naltirish, yaratuvchanlikka qiziqish uyg‘otish, tarbiyalay olish mahorati, ya’ni o‘z fikrini
mustaqil bayon qila olish, isbotlay olish hamda boshqalarni ishontira olish xususiyatlarini
tarbiyalash ta’kidlanadi.
Darsning nechog‘li samarali bo‘lishi, eng avvalo, o‘qituvchi mahoratiga, izlanuvchanligiga,
ijodkorligiga bog‘liq.buning uchun o‘qituvchi o‘quv jarayonini tashkil etishning eng samarali
yo‘l,shakl va metodlarini bilishi,ulardan ijodiy foydalanish malakalarini egallashi zarur.
Pedagogik texnologiyalar shunday bilimlar sohasiki, ta’limni texnologiyalashtirish asosida
o‘quvchilarda tabiat va inson uzviyligini anglab yetadigan, sabr-bardoshli, qanoatli, o‘zgalar
fikrini hurmatlaydigan, milliy, madaniy va umuminsoniy qadriyatlar kabi shaxs sifatlarini
shakllantirishda asosiy omillardan biridir.Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalardan,
sharoitlardan foydalangan holda amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko‘zda tutadi.
Pedagogik texnologiya bu o‘qituvchining o‘qitish vositalari yordamidaa o‘quvchilarga muayyan
sharoitda ta’sir ko‘rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularga oldindan belgilangan shaxs
sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan
darslar ma’lum bir ketma-ketlikda, bir tizim asosida tashkil qilinadi.
Matematika o‘qitishning muhim vazifasi o‘quvchilarda faol fikrlash, turmushda uchraydigan
turli masalalarni yechishda qiyinchiliklarni yengish, bu masalalar yechimining ratsional yo‘llarini
topish ehtiyojini vujudga keltirishdir. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, o‘qishning dastlabki kunlarida
o‘quvchilar o‘yinqaroq bo‘ladilar. Misol va masala yechishda tez charchaydilar. Shuning uchun
dars davomida tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar va bolalar hayotiga oid faktlardan iborat
qiziqarli o‘yinlar, didaktik materiallardan o‘rinli foydalanish, turli pedagogik texnologiyalarni
qo‘llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Ko‘rinib turibdiki, o‘quvchilarda matematikani ongli o‘zlashtirish faqat o‘quvchi aqlini
nazarda tutmay balki uning irodasi tuyg‘ularining ham bevosita faol ishtirokini nazarda tutadi.
O‘quvchidan o‘qish jarayonidan ma’lum darajada hissiy munosabatda bo‘lish talab etiladi.
Shundagina har qanday misol va masalaning qiyinligi kamayib,uni yechish osonroq kechadi.
Umuman, matematik misol va masalalar yechishda turli usullardan foydalanish maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
Matematika darslarida , o‘quvchilar uchun eng muhim yo‘nalishlardan biri bu turli masalalar,
mantiqiy masalalar, mulohaza yuritish asosida yechiladigan masalalar, turli miqdorga oid
masalalar, ayniqsa, juda zarurdir, chunki bular taqqoslashga, mulohaza yuritishga, masala shartida
berilganlar bilan izlanganlarni har xil usullar yordamida topishga o‘rgatadi.
Bundan tashqari, matematika darslarida bolaning amaliy faoliyatida juda zarur bo‘lgan
o‘lchash, chamalash, yuzalarni, uzunliklarni topishga o‘rgatuvchi geometrik materiallarga katta
o‘rin berilgan. Bundan har bir o‘qituvchi unumli foydalanmog‘i zarur. Ayniqsa, geometrik
materiallarni o‘zlashtirish jarayoni faol, aniq va ko‘rgazmalar asosida, chizmalar, sxemalar,
jadvallardan foydalanishni taqozo etadi.Aks holda bolalar uchun materiallar tushunarli bo‘lmay
qoladi.
39
Do'stlaringiz bilan baham: |