Август 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG’ICH SINFLAR QANDAY YANGI TEXNOLOGIYALARNI QO’LLASH
MUMKIN?
Toshxodjayeva Lazokatxon Qoraboyevna
Andijon viloyat Marhamat tumanidagi 47-IDUMning
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
+998914819011
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarga ta’lim berishda noan’anaviy ta’lim
texnologiyalaridan foydalanish bo’yicha tavsiyalar berilgan.
Kalit so’zlar:
Texnologiya, imovie, Powtoon, Explee, iStopMotion, video konferentsiya
Sinfda texnologiyadan foydalangan holda yaratilgan darslar, shubhasiz, eng yaxshi o’rganish
darslari hisoblanadi. Ta’limdagi texnologiyalarning boshlang’ich sinflarda yanada muhimligi,
oxirgi paytlarda, sinf o’qituvchilarining texnologiya bilan integratsiyalashganligini ko’rishimizga
imkon beradi, bu shubhasiz haqiqatdir.
O’qituvchini ko’proq o’quvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish, ularni texnologik
qo’llanmalar bilan ta’minlash va qiziqarli o’quv dasturlari orqali “doimiy o’rganish” ni amalga
oshirish sifatli talimning poydevori hisoblanadi.
Shuni unutmaslik kerakki, bugungi kun yoshlari-ayniqsa boshlang’ich sinf o’quvchilari
planshet yoki mobil telefon orqali ta’lim olishni hohlashadi. Texnologik muammolarni hal qilish
uchun o’nlab usullar mavjud bo’lishiga qaramay, ota-onalar farzandlarining an’anaviy usulda
ta’lim olishlarini istashadi. Lekin agarda sinf dars tizimida yangi pedagogik texnologiyalar bilan
birgalikda zamonaviy kompyuter texnologiylar elementlarini qo’llash darajasi yaxshilanmas
ekan, baribir ta’lim sifati o’quvchilarning motivatsiyasiga ko’ra nolga yaqinlashadi.
Xo’sh, nega texnologiya, planshetlar yoki boshqa dasturlar muammo bo’lishi kerak?
Eng muhimi, hammamiz bilamizki, bolalarimiz maktabdan tashqarida o’z oilalari bilan ijtimoiy
tarmoqlarda yoki o’yin ilovalarida faol bo’lganlarida, nega bu odatni darslarga qo’shmaslik
kerak?
Bu borada bir qancha yechimlarni taklif qilishimiz mumkin bo’lsa ham undanda yaxshi turli
xil darajadagi elektron ta’lim resusrlarini yaratish va tashkil etish mumkin.
Android yoki Apple-da videolarni yozib olish va tahrirlash uchun yuzlab dasturlar
mavjud. Nima uchun uy vazifasi va ishlash har doim daftarlarda, qog’ozlarda, kitoblarda qolishi
kerak? Sizningcha, bolalarning ijodi videolar vositasda tashkil etib bo’lmaydimi? Siz bolangiz
yoki o’quvchingiz bilan imovie, Powtoon, Explee yoki iStopMotion- dan foydalanishingiz
mumkin .
Hozirda o’yin dasturlari shunchalik ko’pki, hatto kichkina bolalar bilan o’ralganingizda
ham, har bir o’yinni maktabda beriladigan bilimlar va chet tillar va matematika darslari
bilan bog’lash mumkin va darslar va ta’limiy maqsadlarni o’sha bolalar uchun g’ayrat bilan
berish mumkin! Bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarda taqiq yo’q! Shunday ekan, ijtimoiy media
dunyosiga botgan farzandlarimizni sinfdan tashqarida, ijtimoiy medialarni sinfga jalb qilish va
e’tiborlarini darsga yo’naltirish yaxshi samara berishi mumkin. Ijodingizdagi barcha narsalar,
Facebookdagi darsning jonli efiridan, Twitter-dagi do’stlaringizga ochilgan anketadan, ehtimol
Snapchat-da sizni kuldiradigan animatsiya kabi zamonaviy insonning kundalik mashg’ulotlarni
ota-onalar ko’magi bilan boshlang’ich maktab o’quvchilari uchun ham qo’llash, avvalo ularning
dunyoqarashi oshiradi, bundan tashqari bilimlarga ega bo’lishiga yordam beradi.
Kichkintoylarimiz juda ko’p ishlarni tayyorlaydilar, nega buni uni kolonnist singari ommaga
etkazmasligi kerak? Nega ular o’zlarining ishlarini “mening fikrim” falsafasi bilan ommaga e’lon
qilmasliklari kerak? Buyam kreativ fikrlash, yangilar yaratish va katta ouditoriya uchun ta’limiy
mas’uliyatni oshiradi.
video konferentsiya texnologiyalari bilan, ehtimol turli maktablar yoki mamlakatlar
o’qituvchilari yoki hatto o’quvchining ota-onasi bilan darsning muayyan daqiqasida oldindan
rejalashtirilgan mavzu uchun yoki agar iloji bo’lsa, taniqli odam bilan video-konferentsiya juda
muhim amaliyot bo’lishi mumkin. Bunday zamonaviy texnologiyadan foydalangan holda sinfga
yangi hayot olib kelish mumkin.
47
Do'stlaringiz bilan baham: |