Август 2020 10-қисм



Download 107,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/150
Sana12.07.2022
Hajmi107,68 Kb.
#779601
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   150
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

Август 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG`ICH TA`LIM O’QISH DARSLARIDA SHOIR TURSUNBOY 
ADASHBOYEV HAYOTI VA IJODINI O’RGATISH
Sulaymonova Faridaxon,
 Asaka tumani 17- maktab boshlang`ich sinf o`qituvchisi
Annotatsiya: 
Ijodkor Tursunboy Adashboyevning badiiy olamining tarihi va tarzi, rangi va 
manzarasi, boyligiyu go‘zalligi uning mahorat darajasiga bog‘liq. Chinakam qalamkash yaratgan 
badiiy olam yorqin va maftunkor, go‘zal va betakror bo‘ladi. 
Kalit so’zlari: 
boshlang’ich ta’lim, she’r, qissa, shoir, Tursunboy Adashboyev
O`zbеkiston Rеspublikasida amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlar jamiyat taraqqiyotini 
ta’minlash, uzluksiz ta’lim tizimini joriy etish, shuningdеk, mustaqil fikr egasi, erkin va ijodkor 
shaxsni tarbiyalab voyaga еtkazishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ta’limiy islohotlarning 
ikkinchi - sifat bosqichi kеchayotgan mavjud sharoitda O`zbеkiston Rеspublikasining «Ta’lim 
to`g`risida»gi qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da bеlgilangan vazifalarning 
to`laqonli amalga oshirishga erishish hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlariga 
tayangan holda dastur mazmuniga tеgishli o`zgartirishlarni kiritish yo`lida amaliy harakatlar 
olib borilmoqda.
Ta’lim jarayoni ko`p bosqichli yaxlit tizimga ega bo`lib, uning har bir bosqichi ta’lim 
oluvchilarning yoshi hamda o`ziga xos xususiyati, ta’lim-tarbiya jarayonidagi intеllеktual 
qobiliyatiga va ta’limni izchil, tizimli va uzviy amalga oshirilishiga bog`liqdir. 
Bu jarayonda ayniqsa, bolalarni yoshlikdan kitob mutoalasiga o’rgatish, ularni bolalar 
shoirlarining hayoti va asarlarini o’qib -o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini oshirish va shu 
orqali ma’naviy-ruhiy barkamolligiga erishish kun tartibidagi dolzarb masalalardan hisoblanadi. 
“O’qish darslarida shoir Tursunboy Adashboyev hayoti va ijodini o’rgatish” mavzusida dolzarb 
masalaga qaratilganligi bilan diqqatga sazovordir. Zero, uning zaminida bolaning ijodkorligini, 
badiiy tafakkurini, did va fahmlash hissini oshirish imkoni mavjuddir. O’qish darslarida she’riy 
asarlarni jarayonining muhim jihatlaridan biri sifatida poetik vositalarni ajaratish, o’quvchilarni 
shoirning obraz yaratish mahoratidan bahramand etish va shu jarayonda badiiy tafakkurini 
o’stirish yuqori samaradorlik kasb etadi. Ijodkor badiiy olamining tarhi va tarzi, rangi va 
manzarasi, boyligiyu go‘zalligi uning mahorat darajasiga bog‘liq. Chinakam qalamkash yaratgan 
badiiy olam yorqin va maftunkor, go‘zal va betakror bo‘ladi. Tursunboy Adashboyevning badiiy 
olami, uning yaralishida taniqli bolalar shoirining poetik mahorati xususida so‘z yuritar ekanmiz, 
avvalo, uning o‘ziga xos jihatlariga e’tibor qilmoqchimiz. Bu olamdagi bolalar - shoir yaratgan 
li rik qahramonlar nihoyatda hayotiy va haqqoniy. Sababi: ularni yaratgan shoir real hayotdagi 
bolalarning tabiatiyu xulq-atvorini, ma’naviy qiyofasini, bir so‘z bilan aytganda, bolalarning 
o‘zigagina xos va mos bo‘lgan dunyosini chuqur biladi. Shu bilan birga, buni mahorat bilan go‘zal 
Ifoda ham qiladi.Boshlang’ich sinflarning o’qish darslari o’z mohiyati, maqsad vavazifalariga 
ko’ra ta ’lim tizimida alohida o’rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta’limiy 
tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar ta ’limini o’qish ta ’limisiz tasavur 
qilib bo’lmaydi.
O’quvchi matnni to’g’ri, tez, tushunib o’qish, mazmunini o’zlashtirish bilan ilk bor o’qish 
darslarida yuzlashadi. O’qish darslari orqali o’quvchilaming Davlat ta’lim standarti (DTS) 
talablari bo’yicha o’zlashtirishlari ko’zda tutilgan o’quv-biluv ko’nikma-malakalari hamda 
bilimlarni egallashlariga yo’l ochiladi. Aynan o’qish ta ’limida insonning, avvalo, o’zligini, 
qolaversa olamni anglashga bo’lgan intilishlariga turtki beriladi.
Shu maqsadda „O’qish kitobi” darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o’rab turgan olam, Vatanimiz 
tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma’naviy 
qadriyatlar, xalqlar do’stligi va tinclilik kabi turli mavzular bo’yicha atroflicha tushunchalar 
berishga mo’ljallangan badiiy, axloqiy-ta’limiy, ilmiyb ommabop asarlar kiritiladi.
Boshlang’ich sinf „O’qish kitobi” darsliklariga kiritilgan muayyan mavzular o’quvchilarni 
badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirishi, dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi 
asosida to’g’ri shakllantirishga qaratilishi bilan belgilanadi. Shunga ko’ra, o’qish darslarining 
yetakchi xususiyati o’quvchilaming savodxonligini ta ’minlash bilan birga, o’quvchilarni milliy 
mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi.

Download 107,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish