Kalit so’zlar.
Sinkveyn, mavzu mohiyati, didaktika, Ya.A.Kоmenskiy, “Buyuk Didaktika”,
tahlil, ta’lim.
Sinkveyn tuzish jarayoni mavzuni yaxshiroq anglashga yordam beradi.
1- qator:
Mavzu bir so‘z bilan ifodalanadi ( odatda ot tanlanadi).
2- qator:
Mavzu ikkita sifat bilan ifodalanadi (2 ta sifat yoziladi).
3- qator:
Mavzu doirasidagi hatti-harakatni uchta so‘z bilan ifodalanadi.
(3 ta fe’l yoki ravishdosh yoziladi).
4- qator:
Mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi va to‘rtta so‘zdan iborat bo‘lgan fikr
yoziladi.(4 ta so‘zdan iborat jumla yoziladi).
5- qator:
Mavzu mohiyatini takrorlaydigan, ma’nosi unga yaqin bo‘lgan bitta so‘z yoziladi
(mavzuga sinonim so‘z yoziladi).
1-topshiriq. Quyidagi berilgan pedagogik tushunchalarga “Sinkveyn” metodi yordamida
ta’rif bering
Didaktika (yunoncha didaktikos – o’qitish, o’rgatish) pedagogikaning ma’lumot olish, ta’lim
va tarbiya nazariyasiga oid sohasidir. Didaktika maktab o’quvchilarini ma’lumotli qilish vazi
-
falariga va shu ma’lumot mazmuniga o’quvchilarning bilimlarini o’zlashtirish va ko’nikmalar
hosil qilish jarayoniga, ta’lim printsiplari, usullari va uni tashkil etishga oid hamma masalalar-
ni o’rganadi. “Didaktika”atamasi dastlab, asosan XVII asrda chex pedagogi Ya.A.Kоmenskiy
tomonidan ishlatilgan. U “Buyuk Didaktika” asаrida (1657) didaktikaning asosiy masalala
-
rini ishlab chiqdi. XIX asrning o’rtalaridan didaktika pedagogikaning alohida sohaci sifati
-
da ko’p mamlakatlarda o’rganila boshladi. Didaktika bu - tadqiqot usullari (o’quv jarayoni
-
ni kuzatish, o’quvchilar bilan suhbatlashish, o’quvchilаrning
ishlarini tahlil qilish, o’quvchilar
bilan suhbatlashish, anketalar tarqatish, matematik usullar va boshqalardan foydalanishdir.
Didaktikaning predmeti -
ta’lim-tarbiya muassasasi sharoitida muallimning rahbarligi ostida
amalga oshadigan o’quv jarayonidir. Didaktikada ana shu jarayonning qоnuniyatlari o’rganiladi,
o’qitish vositalari va usullari samaradorligini oshirish yo’llari hamda ta’limning tashkiliy shak-
llari ishlab chiqiladi.
Bilimlar -
bu o’quvchilar ongida tizilimli mustahkamlangan, ularning shaxsiy mulkini tashkil
etadigan ma’lumotlar, ilmiy nazariy tushunchalardir. Buni asosida ko’nikma, malaka hosil bo’la
-
di. O’quvchilarning bilim doirasini kеngaytirish jismoniy kamol topish jarаyonini samarali qila
-
di. Bilimlarning amalda bir necha bor qo’llanilishi, ko’nikmalarning hosil bo’lishiga olib keladi.
Ko’nikma
bu – shахsni оngli rаvishdа mаqsаdgа yo’nаltirilgаn hаrаkаtlаrni аmаlgа
оshirishdаgi qоbiliyatidir. Ko’nikma mashq qilish va takrorlash orqali malakagа aylanadi.
Malaka
- o’rganib qolingan, muayyan usul bilan behato bajariladigan harakatdir. Malakalar har
xil bo’ladi: o’quv malakalari; mehnat malakalari; harakat malakalari (yurish, yugurish, uloqtir-
ish); Malaka egallangan bilimlar asosida hosil bo’ladi. Ta’limda bilim etakchi o’rinni egallaydi.
Beruniyning ta’kidlashicha, o’qitish izchil, ko’rsatmali, maqsadga muvofiq bo’lishi va ma’lum
31
Do'stlaringiz bilan baham: |