Август 2020 10-қисм
Тошкент
YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI DARS JARAYONIGA ILG’OR
ZAMONAVIY USULLAR ORQALI OLIB KIRISH.
Qurbonova Dilraboxon
Andiron viloyati Shahrixon tumani XTBga
qarashli 9-umumta’lim maktabining
ona tili va adabiyot fanio’qituvchisi.
Tel:+998941001582
Annotatsiya:
Ushbu maqola yuksak darajadagi umumiy kasbiy madaniyatga ega
bo’lgan,belgilangan vazifalarni uddalay oladigan,mustaqil fikr yuritish,muammoli vaziyatlarda
turli yechim topa bilish ko’nikmalari shakillantira oladigan,oily ma’lumotli mutaxasislarni
tayyorlash haqida bayon etiladi.
Kalit so’zlar
: Yangi,ilg’or,o’qitish,ta’lim,ananaviy,innovatsion texnologiyalar.
So’nggi yillar mobaynida :matbuotda,adabiyotlarda,ko’plab anjumanlar va yig’ilishlarda,shu
bilan birga rasmiy hujjatlarda “Yangi pedagogik texnologiya”,”Ilg’or pedagogik
texnologiya”,”O’qitish texnologiyasi”,”Ta’lim texnologiyasi”,”Ananaviy pedagogik texnologiya”,
”Noananaviy pedagogik texnologiya”,”Innovatsion (yangi yo’nalishdagi,tashqaridan yangi
kiritilgan,yangiga o’xshash,noananaviy) pedagogik texnologiyalar kabi tushunchalar uchrab
turibdi.Pedogogik texnologiya tushunchasi pedagogik adabiyotlarda tez-tez qo’llanilayotgani
bois,unga bo’lgan fikr,mulohazalar,munosabat va ta’riflar tushunchasi bo’lmoqda.Namuna
aosida shularni ko’rsatishimiz mumkin:”Pedagogik texnologiya-ta’limning sistemalashtirish yoki
sinfda o’qitishni sistemalashtirish g’oyalarini pedagogikaga tatbiq etishdan iborat”.Pedagogik
maqsadlarga erishish va foydalaniladigan barcha shaxs,instrumental va metodik vositalarining
sistemalashgan majmui va ularning faoliyat ko’rsatish tartibi,”O’qitish texnologiyasi-ilmiy
va boshqa bilimlarning amaliy masalalarini hal etishda sistemali ravishda qo’llashdan
iborat.”Pedagogik texnologiya-o’qituvchining o’qitish vositalari yordamida o’quvchilarga
muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatish va aks ta’siri mahsuli sifatida ularga oldindan berilgan shaxs
sifatlarini shakllantirishni kafolatlaydigan jarayon”dir.
Pedagogik texnologiya ta’lim – tarbiya jarayoniga o’ziga xos bo’lgan innovatsion
yondashishdir.Pedagogikada ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodasi,o’qitish,tarbiyalash
jarayonini ma’lum darajada standartlash vazxonlik,og’zaki bayon qilish usullaridan voz
kechib,kompyuterlar,ta’limning texnik vositalari yordamida o’qitish,o’quvchining bilish
faoliyatining boshqaruvchisi,tashkilotchisi,maslaxatchisi,yakuniy natijaga erishishga yo’lovchisi-
o’qituvchi,ustoz rahbarligida talabalarning ko’proq mustaqil ishlarini tashkil etish va eng
muhimi o’qituvchining deyarli bir-xil yakuniy natijaga erishish imkoniyatining mavjudligidir.
Ayniqsa,o’qitishga yagona davlat ta’lim standartlari joriy etilgan,jaxonning barcha davlatlari
andozalari talabiga javob bera oladigan mutaxasislar tayyorlashning hozirgi davrida keying xolat
alohida axamiyat kasb etadi.O’quv jarayoning pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish
natijasida ta’lim maqsadlari belgilanadi yoki loyxalanadi.Kutilayotgan yakuniy natija ijobiy sifat
o’zgarishi kafolatlanadi.
131
Do'stlaringiz bilan baham: |