Август 2020 10-қисм



Download 107,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet131/150
Sana12.07.2022
Hajmi107,68 Kb.
#779601
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   150
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

Август 2020 10-қисм
Тошкент
turli-tumandir. Bola o‘zining amaliy, bilish va shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun o‘zida 
mavjud bo‘lgan barcha vositalardan va g‘ayriixtiyoriy vaziyatlarda fikr bildirishdan, nonutqiy 
vositalardan va bevosita nutqning o‘zidan foydalanadi. Inson madaniyatining ko‘p asrlik 
boyligini bola ijtimoiy muhit bilan faol hamkorlik qilish orqali o‘zlashtiradi. Ijtimoiy talablar 
faqat yaqin kishilari – ota-onalari birinchi o‘rinni tutadigan atrofdagi odamlar bilan birgalikda 
harakat qilish va muloqotga kirishish natijasidagina shaxsiy talabga aylanadi. Didaktik o‘yinlar 
va grammatik mazmundagi mashqlar - bolalarning tilga oid o‘yinlarini, ularning grammatik 
sohasidagi faolligini rag‘batlantirishning muhim vositasidir. Pedagog bolalarga so‘z birikmasini 
o‘ylab ko‘rish, so‘ngra gapda so‘zlarni bir-biri bilan to‘g‘ri bog‘lash qobiliyatini o‘rgatishi zarur.
foydalangan adabiyotlar:
1. Xasanboeva O. va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. 2007-yil.
2. Boboyorova G. Bolalarni maktabga tayyorlashda interfaol usullardan foydalanish. 
Maktabgacha ta’lim j., 2007-yil.


141
Август 2020 10-қисм
Тошкент
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA INFORMATIKADAN AXBOROT-
KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIGA NISBATAN KOMPETENTLIGINI 
RIVOJLANTIRISH
Xakimova Nasiba Abdraimovna
Chirchiq shahar 5-maktabning
informatika fani o‘qituvchisi
+998994837910
nasibaxakimova@umail.uz
 Annotatsiya. 
Ushbu ishda e’tibor qaratilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida informatikadan 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga nisbatan kompetentligini rivojlantirish masalalari 
bo’yicha fikr va mulohazalar bayon qilingan.
Kalit so‘zlar:
Metodlar
,
kompetentsiya, interaktiv.
Hozirgi kunda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik sohalardagi o’zgarishlarga 
sababchi bo’lgan globallashuv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari alohida 
ahamiyatga ega. Globallashgan jamiyatda zamonaviy bilimlarga ega bo’lish, olingan bilimlarni 
tahlil qilish va amaliyotga qo’llash muhimdir. Ta’lim muassasalarida olingan bilim, ko’nikma 
va malakalarni kompetentsiyalarga aylantirish orqali ta’lim oluvchilar jamiyatning iqtisodiy 
salohiyatiga o’z hissalarini qo’shish bilan birga shaxsiy hayotlarida ham farovonlikka erishadilar. 
Jamiyatda yoshlar muvaffaqiyatli hayot kechirishlari, o’z o’rnini topishlari hamda ijtimoiy va 
iqtisodiy jarayonlarga integratsiyalashuvi uchun qanday kompetentsiyalarga ega bo’lishlari kerak 
degan savolga javob berish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Ta’lim jarayonida o’quvchilarning kasbiy ko’nikmalarini shakllantirishda innovatsion 
texnologiyalardan foydalanish o’quvchilarda zarur bilim va malakalarni hosil qilish yuksak 
insoniy fazilatlarni shakllantirishda muhim ahmiyatga egadir. Mashg’ulotlarga oid didaktik, 
ko’rgazmalar, multimediya, kompyuter vositalari va inovattsion texnologiyalardan foydalangan 
holda mashg’ulotlarni olib borish bu borada kutilgan natijani beradi.
Ta’lim oluvchilarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga nisbatan kompetentlilikni 
shakllantirish va rivojlantirish masalasi ta’lim muassasalarida informatika faniga oid 
kompetentsiyalarni hamda foydalanuvchilik kompetentsiyalarni, ya’ni hamkorlik qilish, 
muloqotni amalga oshirish, bilimlarni 36 mustaqil ravishda egallash va ularni axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda amaliyotda qo’llashni o’z ichiga oladi. 
Umumiy o’rta ta’lim maktablari Informatika ta’limi jarayonida axborot hosil qilish va uning 
ustida turli amallar bajarish bo’yicha kompetentsiyalar shakllantiriladi. Masalan: Toshkent shahri 
haqida ma’lumotlarni Internet foydalanuvchilariga taqdim etish uchun darslik va boshqa bosma 
adabiyotlardagi ma’lumotlarni skaner qurilmasi yordamida kompyuter xotirasiga o’tkazish va 
internet resurslari bazasiga joylashtirish talab etiladi. Bu jarayonda ma’lumotlarni kompyuter 
xotirasida saqlash, ma’lumotlarni elektron axborot resurs sifatida joylashtirish, ma’lumotning 
mazmuni yoki tayyorlangan dasturiy ta’minotdan foydalanishga bo’lgan kompetentsiyalar 
shakllantiriladi. Umuumiy o’rta ta’lim maktablari Informatika darslarida “Elektron pochtadan 
foydalanish” tushunchasiga nisbatan kompetentsiyani shakllantirish uchun amaliy mashg’ulotda 
quyidagi mazmundagi topshiriqlar bajarish tavsiya etiladi: do’stlaringizning pochta manziliga 
“Mening Vatanim” nomli xabarni jo’nating. Buning uchun: 1. “Mening Vatanim” xabarini 
tayyorlash (turli axborot manbalaridan, Internet resurslaridan biror usulda axborot yig’iladi, 
olingan axborot saralanadi, rasmlar, fotosuratlar orqali tasvirlanadi). 2. Hosil qilingan axborot 
qayta ishlanib, hujjat yaratiladi. 3. Do’stlarning elektron pochta manzillari aniqlanadi. 4. 
Tayyorlangan “Mening Vatanim” haqidagi ma’lumot aniqlangan elektron pochta orqali yuboriladi. 
“Elektron pochtadan foydalanish” mavzusidagi amaliy ish orqali ta’lim oluvchida elektron 
vositalar orqali axborotlarni yig’ish, axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash, axborotlarni 
elektron vositalarda uzatish kompetentsiyalari bilan bir qatorda tayanch kompetentsiyalar, 
xususan, kommunikativ kompetentsiya, umummadaniy kompetentsiya, shaxs sifatida o’z o’zini 
rivojlantirish kompetentsiyalari shakllantiriladi. Shuningdek, o’quvchilarda ona tili fanida 
shakllantirilishi lozim bo’lgan lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik kompetentsiyalari hamda 
tasviriy san’at asarlariga oid kompetentsiyalari shakllantiriladi. 37 Axborotlarni elektron vositalar 


142

Download 107,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish