141
Август 2020 10-қисм
Тошкент
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA INFORMATIKADAN AXBOROT-
KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIGA NISBATAN KOMPETENTLIGINI
RIVOJLANTIRISH
Xakimova Nasiba Abdraimovna
Chirchiq shahar 5-maktabning
informatika fani o‘qituvchisi
+998994837910
nasibaxakimova@umail.uz
Annotatsiya.
Ushbu ishda e’tibor qaratilgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida informatikadan
axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga nisbatan kompetentligini rivojlantirish masalalari
bo’yicha fikr va mulohazalar bayon qilingan.
Kalit so‘zlar:
Metodlar
,
kompetentsiya, interaktiv.
Hozirgi kunda ijtimoiy,
iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik sohalardagi o’zgarishlarga
sababchi bo’lgan globallashuv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari alohida
ahamiyatga ega. Globallashgan jamiyatda zamonaviy bilimlarga ega bo’lish, olingan bilimlarni
tahlil qilish va amaliyotga qo’llash muhimdir. Ta’lim muassasalarida olingan bilim, ko’nikma
va malakalarni kompetentsiyalarga aylantirish orqali ta’lim oluvchilar jamiyatning iqtisodiy
salohiyatiga o’z hissalarini qo’shish bilan birga shaxsiy hayotlarida ham farovonlikka erishadilar.
Jamiyatda yoshlar muvaffaqiyatli hayot kechirishlari, o’z o’rnini topishlari hamda ijtimoiy va
iqtisodiy jarayonlarga integratsiyalashuvi uchun qanday kompetentsiyalarga ega bo’lishlari kerak
degan savolga javob berish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Ta’lim jarayonida o’quvchilarning kasbiy ko’nikmalarini shakllantirishda innovatsion
texnologiyalardan foydalanish o’quvchilarda zarur bilim va malakalarni hosil qilish yuksak
insoniy fazilatlarni shakllantirishda muhim ahmiyatga egadir. Mashg’ulotlarga
oid didaktik,
ko’rgazmalar, multimediya, kompyuter vositalari va inovattsion texnologiyalardan foydalangan
holda mashg’ulotlarni olib borish bu borada kutilgan natijani beradi.
Ta’lim oluvchilarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga nisbatan kompetentlilikni
shakllantirish va rivojlantirish masalasi ta’lim muassasalarida informatika faniga oid
kompetentsiyalarni hamda foydalanuvchilik kompetentsiyalarni, ya’ni hamkorlik qilish,
muloqotni
amalga oshirish, bilimlarni 36 mustaqil ravishda egallash va ularni axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda amaliyotda qo’llashni o’z ichiga oladi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablari Informatika ta’limi jarayonida axborot hosil qilish va uning
ustida turli amallar bajarish bo’yicha kompetentsiyalar shakllantiriladi. Masalan: Toshkent shahri
haqida ma’lumotlarni Internet foydalanuvchilariga taqdim etish uchun darslik va boshqa bosma
adabiyotlardagi ma’lumotlarni skaner qurilmasi yordamida kompyuter xotirasiga o’tkazish va
internet resurslari bazasiga joylashtirish talab etiladi. Bu jarayonda ma’lumotlarni kompyuter
xotirasida saqlash, ma’lumotlarni elektron axborot
resurs sifatida joylashtirish, ma’lumotning
mazmuni yoki tayyorlangan dasturiy ta’minotdan foydalanishga bo’lgan kompetentsiyalar
shakllantiriladi. Umuumiy o’rta ta’lim maktablari Informatika darslarida “Elektron pochtadan
foydalanish” tushunchasiga nisbatan kompetentsiyani shakllantirish uchun amaliy mashg’ulotda
quyidagi mazmundagi topshiriqlar bajarish tavsiya etiladi: do’stlaringizning pochta manziliga
“Mening Vatanim” nomli xabarni jo’nating. Buning uchun: 1. “Mening Vatanim” xabarini
tayyorlash (turli axborot manbalaridan, Internet resurslaridan biror usulda axborot yig’iladi,
olingan axborot saralanadi, rasmlar, fotosuratlar orqali tasvirlanadi). 2.
Hosil qilingan axborot
qayta ishlanib, hujjat yaratiladi. 3. Do’stlarning elektron pochta manzillari aniqlanadi. 4.
Tayyorlangan “Mening Vatanim” haqidagi ma’lumot aniqlangan elektron pochta orqali yuboriladi.
“Elektron pochtadan foydalanish” mavzusidagi amaliy ish orqali ta’lim oluvchida elektron
vositalar orqali axborotlarni yig’ish, axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash, axborotlarni
elektron vositalarda uzatish kompetentsiyalari bilan bir qatorda
tayanch kompetentsiyalar,
xususan, kommunikativ kompetentsiya, umummadaniy kompetentsiya, shaxs sifatida o’z o’zini
rivojlantirish kompetentsiyalari shakllantiriladi. Shuningdek, o’quvchilarda ona tili fanida
shakllantirilishi lozim bo’lgan
lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik kompetentsiyalari hamda
tasviriy san’at asarlariga oid kompetentsiyalari shakllantiriladi. 37 Axborotlarni elektron vositalar