Август 2020 10-қисм



Download 107,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet130/150
Sana12.07.2022
Hajmi107,68 Kb.
#779601
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   150
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 3 qism

Август 2020 10-қисм
Тошкент
O`YIN - MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA NUTQNI O’STIRISH VA 
IJODIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHDAGI O’RNI
Urboyeva Shaxzoda Zalboyevna 
Andijon viloyati Qo’rg’ontepa tuman 
MTBga qarashli 3-MTT tarbiyachisi
Telefon : +998934298893
Annotatsiya:
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni o’yin davomida bir vaqtning 
o’zida ham o’yinda ishtirok etadi, ham ma’lum bir darajada ta’lim oladi va bolaning aqliy 
rivojlanishi o‘sib borishlari haqida fikr yuritilgan.
Kalit so

zlar:
Maktabgacha ta’lim didaktik, bola, o’yin, mashg

ulot.
Nutqni egallab olishning eng muhim bosqichlari maktabgacha yoshga to‘g‘ri keladi. Shundan 
kelib chiqqan holda, hozirgi paytda nutqni rivojlantirishdagi ayrim bosqichlarni o‘rganishga 
alohida e’tibor qaratilmoqda. Olimlar nutqqacha bo‘lgan bosqich muhim rol o‘ynashini tushunib 
yetib, uni batafsil tahlil qilmoqdalar. Jamiyatning ma’naviy takomili unda amalga oshiriladigan 
ta’lim - tarbiya ishlarining mazmuni, shakl va mohiyatiga bog’liqdir. Haqiqatdan ham o‘yin har bir 
yosh bosqichda bolaning tevarak atrofdagi hayotni va kishilar o‘rtasidagi turli munosabatlarni har 
tomonlama bilib olishga qaratilgan faoliyatidir. Bolalarning turli ehtiyojlari, istak va qiziqishlari, 
qobiliyatlari hamda bir qancha shaxsiy fazilatlari o‘yin jarayonida bevosita rivojlanadi. 
O‘yin jarayonidagi bolalar faol faoliyatining psixik taraqqiyot uchun ahamiyati shundaki, 
bolalarning turli sifat va fazilatlari o‘yin jarayonida faqat namoyon bo‘libgina qolmasdan, 
bunda sifat va fazilatlar mustahkamlanadi, o‘zlashtiriladi. Shuning uchun psixologiya nuqtai 
nazardan oqilona ya’ni to‘g‘ri tashkil qilingan o‘yin bola shaxsini har tomonlama o‘stiradi va 
shuning bilan birga bolaning butun psixik jarayonlarida –sezish, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, 
xayol va irodani ildam rivojlanishiga yordam beradi. O`yinlar xalk pedagogikasining tarbiya 
vositasidan biri hisoblanadi. Asrlar davomida o`yinlar rivojlanib, yangilanib kelmoqda. Bolalar 
hamisha kattalarga taqlid kilishadi, qo`g`irchog`ini erkalayotgan qizcha onasining so`zini 
takrorlaydi, qo`g`irchog`ini beshikka belab alla kuylaydi, mana shu birgina o`yin orqali unda 
oila sharoitidagi ko`nikmalar hosil bo`layotganligini kuzatishimiz mumkin. Bundan tashqari 
“Shifokor”, “Sartaroshxona”, “Do`konda”, “quruvchilar”, “Tikuvchilar”, “Bog`cha”, “Maktab 
- maktab” kabi o`yinlar orqali maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar qalbida kasbga qiziqish, 
faollik, o`zgalarga mehnatiga hurmat, ahil va inoqlilik, shirinsuhanlik kabi hislatlar o`stirib 
boriladi. 
Bolalar yoshiga mos ertaklardan, rus xalq ertagi “ Sholg`om”, “Bo`g`irsok”, o`zbek xalq ertagi 
“Zumrad va qimmat”, “Ikki echki” kabilarni sahnalashtirish, qo`shiqlarni, she’rlarni, hazillarni 
yod oldirish bola xotirasini mashq qildiradi, fikrni to`plash qobiliyatini, so`z boyligini, nutq 
faoliyatini, estetik madaniyatini, bolalarda ijrochilik mahoratini, o`ziga bo`lgan ishonch kabi 
qobiliyatlarni tarkib topishiga yordam beradi.
Harakatli o`yinlar bolalardan epchillikni, chaqqonlikni, diqqatni bir joyga jamlashni, sezgirlikni 
talab kiladi. Xalq o`yinlaridan “Ismingni eslab qol”, “Ko`z bog`lagich”, “Oq terakmi, ko`k 
terak”, “g`ozlar”, “qushim boshi”, “To`p-tosh”, “Jami” o`yinlari orqali bolalarda harakat faoliyati 
rivojlantirilib boriladi, mustaqil faoliyati jismoniy quvvatni oshirish, o`zligiga ishonch ruhi 
o`stirib boriladi. Ayniqsa to`p o`yinlari bolalarning barcha tana harakatlarini rivojlanishiga katta 
yordam beradi, shuning uchun to`plar rangi yorqinroq, engil, yumshoq, bolalar uchun o`ynashga 
qulay bo`lishi kerak. Bolalar bilan sport xonalarida emaklash, sirpanish, tirmashib chiqish, arqon 
tagidan o`tish mashqlarini o`rgatish va shunga doir quyidagi: “Ona tovuq va jo`jalar”, “Arqonga 
tegmay o`tchi”, “Olishish”, “Tortishmachoq” kabi o`yinlarni bolalarga o`rgatish orqali ularda 
ishoraga binoan harakat, jamoa bilan o`ynash, qoidaga amal kilish, chamalash, diqqatni jamlash 
kabi hususiyatlar tarbiyalanadi.
Ta’limiy o`yinlar orqali bolada mustaqillik, faollik, ijodkorlik masalaga ongli yondoshish 
malakasi o`stirib boriladi. O`yin ko`rgazmalilik, oddiydan murakkabga o`tish usullari orqali olib 
boriladi. Tarbiyachi ta’limiy o`yinlarni o`tkazish davomida bola harakatini faollashtiradi, mustaqil 
harakat qilish qobiliyatini shakllantiradi, o`yindan to`g`ri foydalanilsa bolaning tafakkuri, nutqi, 
xotirasi ya’ni, aqliy tarbiyasiga asos solinadi. Maktabgacha katta yoshdagi bolaning nutqi 


140

Download 107,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish