Август 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINF ONА TILI DАRSLАRIDА MUАMMOLI TA’LIM
METODIDАN FOYDАLАNISH
Qozoqova Zilola Xolmurodovna
Qashqadaryo viloyati Koson tumani
10- maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
+998 91218 01 77
Аnnotatsiya:
Ta’limni rivojlantirish orqali kelajak farovonligiga erishish maqsadida, yosh
avlodni o‘qitishga e’tibor kuchaymoqda. Ta’lim tizimiga STEAM, PBL kabi ta’limning zamonaviy
yondoshuvlari kirib keldi. Ushbu maqolada shu usullardan biri PBL asosida ona tili darslarini
tashkil qilish xususida fikr bildirilgan.
Kalit so‘zlar:
muommoli ta’lim, PBL, yechim, bilim, nazariy qoidalar, tajriba, samarali usul,
natija
O‘quvchilarning barkamol shaxs bo‘lib ulg‘ayishida boshlang‘ich taʼlim poydevor hisoblanadi.
Shu bois mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillaridayoq taʼlim islohotlarida ushbu bo‘g‘inga
alohida eʼtibor qaratila boshlandi. Yosh avlod hayotidagi o‘rni va rolini hisobga olgan holda
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tarkibi oliy maʼlumotli, professional mahoratga ega kadrlar bilan
to‘ldirib borilmoqda.
Boshlang‘ich sinf ona tili dars jarayonlarida zamonaviy taʼlim texnologiyalaridan foydalanish
yosh avlodga taʼlim-tarbiya berishda o‘z samarasini berayotganligining bevosita guvohi bo‘lib
turibmiz. Shunday metodlardan biri ―muammoli vaziyatlar yaratish metodi bo‘lib, unda darsning
boshida muammoli vaziyat yaratish va dars davomida hal qilish, uni hal qilishda faol ishtirok etgan
o‘quvchilarni rag‘batlantirish bo‘lib,bu metod orqali tarbiyalashda o‘z samarasini beradi. Shu
tufayli darslarning qiziqarli va jonli o‘tishini nazarga olib quyidagi ta’lim usulidan foydalangan
holda tavsiyalar berishga harakat qilmoqchiman. Ya’ni darsda zamonaviy yondoshuv PBL asosida
ham muommoli ta’lim usulidan foydalanish mumkin. P-problem-muommo, B-based-asoslangan,
L-learning-o‘rganish. Demak, muommoli vaziyatlarni muhokama tarzida o‘rganish usuli ekan.
Bundan tashqari, o‘quvchilarni sergaklikka, irodalilikka, turli vaziyatlardan chiqib ketishni,
muammoli taʼlim deganda o‘quv materialini o‘quvchilar ongida ilmiy izlanishga o‘xshash bilish
vazifalari, muammolarini vujudga keltiradigan yo‘sinda o‘rgatish tushuniladi. O‘quvchining
fikrlash jarayonida muammoli vaziyatlar vujudga keladi va ular bolani obʼektiv ravishda
izlanishga va mantiqan to‘g‘ri ilmiy xulosalar chiqarishni o‘rganishga daʼvat etadi. O‘rganiladigan
material o‘quvchi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. U esa vujudga keladigan muammoni hal
qilish uchun o‘rganilayotgan qoidalarni to‘g‘ri tushunishga tirishadi. O‘quvchilarning fikrlash
faoliyatida muammoli vaziyatlarning shakllanishi ularning shaxsida qiziquvchanlik, o‘tkir
zehnlilik, mustaqillik, o‘qishga qiziqish va ijodga intilish kabi fazilatlarni tarbiyalaydi. Bunda,
albatta, o‘qituvchi o‘quvchining yoshi, aqliy qobiliyati, individual xususiyatlari, bilimi, iqtidorini
hisobga olgan holda maʼlum mavzu asosida dasturtalabidan kelib chiqib tashkil etilishi lozim.
Boshlang‘ich sinflardagi o‘qituvchilar bolalarda qiziqish va qiziquvchanlikni tarkib toptiradigan
topishmoqlarni, zehnni o‘tkirlashtiradigan masalalar va tegishli jumboqlarni ko‘p vaqtlardan
buyon qo‘llaydilar.
Bunday hollarda muammoli vaziyat topishmoqlar mazmunining o‘zida, shuningdek,bolalarda
savol va shu savolga javob topish istagini vujudga keltiradigan yo‘sinda tuzilgan masalalarda
beriladi. Bunda bola to‘g‘ri javob uchun o‘zidagi bilim yetarli ekanini tushunadi. U masalani hal
qila olishni, buning uchun nima haqida gap borayotganini tasavvur etish va fikrlashning to‘g‘ri
yo‘nalishini topish kerakligini his qiladi. Zehn va topqirlikni o‘stiradigan topishmoqlar hamda
masalalar bolalarni mantiqan to‘g‘ri fikrlashga, o‘zlari uchun tushunarli faktli material yuzasidan
fikr yuritishning qiziqarli tizimini topishga o‘rgatadi. O‘qitishning har qanday metodi bolaning
ongida muammoli vaziyatlarni shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shunday hollardagina
pedagogika va muammoli taʼlim haqida gap boradi. аslida har qanday taʼlim o‘qituvchi uchun
ham o‘quvchi uchun ham va jamiyat uchun ham muammodir. Taʼlimda muammoli yondoshish
o‘quv dasturlarida ham, o‘qituvchi bilimlarini bayon qilishda ham,o‘quvchilarning mustaqil
ishi va hokazolarda ham o‘zining ifodasini topishi lozim. Shu bilan birga harqanday masalani,
o‘quvchilarning har qanday mustaqil izlanishini muammoli taʼlimga kiritmaslik kerakligini
127
Do'stlaringiz bilan baham: |