2-MAVZU:
O’ZBEKISTON INSONIYAT SIVILIZATSIYASI QADIMGI O’CHOQLARIDAN BIRI.
REJA:
1. Insoniyatning dastlabki ajdodlari. O’zbekiston hududida eng qadimgi odamlar hayotining
izlari. Paleolit.
2. Miloddan avvalgi XII-IV ming yilliklarda O’rta Osiyo. Mezolit, neolit, eneolit davrlari.
3. Bronza davrining yutuqlari.
TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR:
Sivilizatsiya, rivojlanishdagi notekislik, antropogenez jarayonlari, paleolit, mezolit, neolit,
eneolit, Ashel, Muste, Teshiktosh, Joytun, Hisor, Kaltaminor, Sarazm, Zamonbobo, Sopolli, Ne-
andertal, Kromonon, Zarautsoy, matriarxat, patriarxat.
O’zbekiston hududlari eng qadimgi davrlardan boshlab jahon sivilizatsiyasining
o’choqlaridan biri ekanligiga ilmiy jihatdan hech qanday shubha yo’q. O’zbekiston va O’rta
Osiyo hududlarida olib borilayotgan keng miqyosdagi tadqiqot ishlarining natijalari ham
Vatanimizning jahon sivilizatsiyasida tutgan o’rnini tasdiqlaydi.
Dunyoning turli burchaklarida yashaydigan xalqlarning turli davrlarda, ijtimoiy-iqtisodiy va
madaniy jarayonlarda erishgan yutug’lari hamda taraqqiyot bosqichiga ko’tarilishini
sivilizatsiya tushunchasi o’zida aks ettiradi. Bu taraqqiyot bosqichi insoniyatning paydo bo’lishi
va rivojlanishi, jamiyatning rivojlanish darajasi, moddiy va ma’naviy madaniyatning yuksalishi,
qabilalar va xalqlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar bilan izohlanadi.
O’rta Osiyo sivilizatsiyasi turli hududlarda turli davrlarda paydo bo’ldi va rivojlandi. Misol
uchun, janubiy hududlarda yashagan qadimgi qabilalar miloddan avvalgi VI ming yillikdayoq
dehqonchilikka o’tib, unumdor xo’jalikni rivojlantirgan bo’lsalar, bu davrda shimoliy
hududlardagi qabilalar asosan ovchilik, baliqchilik va chorvachilikning ilk shakllari bilan
shug’ullanganlar. Bu notekislik jarayonini tabiiy geografik sharoitlar va o’zaro munosabatlar
bilan izohlash mumkin. Bu o’rinda O’rta Osiyoning cho’l va dasht hududlari hamda tog’oldi va
daryo vohalari hududlarining rivojlanish darajasidagi madaniy notekislikni taqqoslab ko’rish
(KopetdoQ, Hisor, Zarafshon tog’oldi hududlari hamda Qizilqum, Qoraqum, Qashqadaryo va
Zarafshon vohasining dasht hududlari) muhimdir.
Undan tashqari, O’rta Osiyoda turli-tuman madaniyat yaratgan qadimgi aholining neolit
davridayoq, ya’ni miloddan avvalgi VI-IV ming yilliklardagi o’zaro munosabatlari va bu
aholining SHarqdagi, dastavval Old Osiyodagi boshqa qadimgi sivilizatsiya o’choqlari bilan
uzviy aloqada bo’lishi ham mahalliy sivilizatsiyaning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatgan.
O’rta Osiyo hududida ibtidoiy jamoa tuzumi.Antropogenez jarayonlari: Ibtidoiy jamoa tu-
zumi kishilik jamiyati taraqqiyotidagi eng uzoq davom etgan va eng qadimgi davridir. Bu
davrni yozma manbalar asosida o’rganib bo’lmaydi. SHuning uchun ham bu davrni chuqur o’r-
ganishda arxeologiya, etnografiya, antropologiya kabi fanlarning ahamiyati beqiyosdir.
Qadimgi odamlar o’z faoliyati davrida atrof-muhitga ta’sir ko’rsatib, kundalik hayotda o’ziga
zarur bo’ladigan mehnat qurollari yasagan, yashash uchun makonlar tanlagan, keyinchalik esa
boshpanalar qurganlar. O’z navbatida bu jarayonlar inson faoliyatiga ta’sir ko’rsatgan.
Hozirgi paytda O’rta Osiyo hududida ibtidoiy jamiyat rivojlanishining alohida bosqichlari
Do'stlaringiz bilan baham: |