144
4. YildirimBoyazidgaqarshijango`tkazilganshahar.
5. Amir Temur davlatining poytaxti.
6. Toshkent yaqinida Amir Temur qurdirgan maqbara.
7. Amir Temurning pirlaridan biri.
8. «Tarixi arba` ulus» asarining muallifi.
9. Amir Temurdan so`ng Samarqand taxtini egallagan shahzoda.
10. Amir Temurdan so`ng Movarounnahr va Xurosonni qayta birlashtirgan temuriy
shahzoda.
11. «Zafarnoma» asarining muallifi.
195
Vatan tarixini yoritish o'qitish va o'rganish jarayonida chuqur ilmiylik xolislik tarixiy
haqiqatning ustivorligi asosiy va bosh yunalish bo'lmog'i lozim.
Vatan tarixininng har bir satri, har bir varag'i milliy qadriyatlarga hurmat ruhi bilan sug'oril-
gan bo'lishi va milliy istiqlol tafakkuri va mafkurasining kamol topishiga xizmat qilishi darkor.
Vatan tarixining o'rganilishi boshidan oxiriga qadar asosiy g'oya-otashin vatanpar-var-lik,
baynalminalchilik, insonparvarlik va rostgo'ylik, mehnatsevarlik va kamtarlik, iymonlilik va
e'tiqodlilik ruhida tarbiyalash uchun xizmat qilmog'i kerak. Kishilarda Vatan va xalq oldidagi
burchga sadoqatni qaror toptirmog'i darkor.
Vatan tarixi fani-yoshlarimizni baynalminalchilik ruhida tarbiyalash qurolidir. Yoshlarimiz
bu fanni o'qish, o'rganish va mutolaa qilish jarayonida O'zbekiston jahon hamjamiyatining ajral-
mas tarkibiy qismi va bir bo'lagi ekanligini tushunib oladilar. O'zbekiston ko'p millatli mam-
lakat ekanligi, o'zbek xalqi va buyuk allomalarimiz fan va madaniyat arboblarimizning jahon
taraqqiyotiga qo'shgan munosib hissasi bilan qonuniy sur'atda faxrlanadilar.
Vatan tarixini o'rganishda uning manbalarini bilish g'oyatda muhim. Bu manbaalar nimalar-
dan iborat. Bu eng avvalo o'tmish ota-bobolarimiz qoldirib ketgan va dunyodagi juda ko'p xori-
jiy mamlakatlar ya'ni Hindiston, Xitoy, Afg'oniston, Eron, Turkiya, Angliya, Fransiya, Misr
kabi davlatlarning hamda sobiq ittifoq va O'zbekistonning kutubxonalarida saqlanayotgan boy
qo'lyozma asarlaridir. Biz hali xalqimizning ana shu o'tmish tarixini o'rganishga
yetarli darajada
e'tibor berganimiz yo'q. Chet elga qo'lyozma izlab borgan olimlari-miz-ning ilk qaldirg'ochi
Hamid Sulaymon bo'ldi. U Hindiston, Angliya va Fransiyaga bir necha bor safar qildi. U
nafaqat Navoiy, Xofiz Xorazmiy devonlarini, shuningdek O'rta Osiyo tarixiga oid mikrofilm va
fotonusxa-larni olib keldi. Respublikamiz kutubxonlarida ham hali qo'l urilmagan qo'lyozmalar
ham navbat kutib turibdi. O'zbekiston FA qoshidagi sharqshunoslik instituti fondida xalqimizn-
ing boy o'tmish merosi bor. Ammo eski o'zbek tilida-arab alifbosida yozilgan bu noyob asar-
larni hozirgi tilimizga ko'chirib, undan xalqni bahramand qilishdek xayrli ish masalasi muam-
moligicha qolayotir. Ana shu qo'lyozmalar orasida xon, amirlar saroiyda yashagan sol-
nomachilarning yozib qoldirgan asarlari g'oyat qimmatlidir. Ular mazkur hukmdorlar yoki
ularning keyingi vorislari hukmronlik qilgan keyingi yillarda mamlakatda yuz bergan vo-
qealarni kunma-kun, oyma-oy va yilma-yil yozib borganlar. Shuning uchun ham solnomachilar
yaratgan asarlar hukmdorlarning nomi bilan atalgan. «Zafarnoma», «Temurnoma»,
«Shayboniynoma», «Ubaydullanoma» va shu kabilar, ikkinchi va g'oyatda muhim manbaalar-
dan yana biri shoirlar, yozuvchilar, olimu-ulomolarni qoldirgan asarlari ham O'zbekiston tarixi
fani bo'yicha ajoyib ma'lumotlar beradi. Al-Xorazmiy, Ali Qushchi, A.Farg'oniy, Beruniy, Abu
Ali Ibn Sino, Ulug'bek, Navoiy, Bobur, Furqat, Muqimiy va boshqa allomalarning ijodlarida
ular yaratgan tarixiy va madaniy muhitga oid qimmatli fikr va xulosalari mavjud. O'zbekiston
tarixini o'rganishda tarixiy obidalar, arxeologik qazilma yodgorliklari ham muhim ahamiyatga
egadir. Bunday tarixiy yodgorliklar hozirda 7 000 ta qoldi xolos. O'zbekiston tarixini o'rgan-
ishda tarixshunoslik, sharqshu-nos-lik, adabiyotshunoslik, mada-niyat-shunos va boshqa
kasbdagi fan olimlari va mutaxassislarining O'zbekiston tarixining u yoki bu davriga oida asar-
lari ham diqqatga sazovordir.
Tarixni o'rganishda tarixiylik prinsipi muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik voqea, hodisalarni
o'z davrining aniq tarixiy sharoitidan, o'sha
davr muhitidan, tarixiy rivojlanish jarayonidan kelib
chiqqan holda o'rganishni taqozo etadi.
Har bir voqea, hodisani boshqa voqealar,
hodisalar bilan
194
va ulardan amaliy hayotiy xulosalar chiqarish asosida dasturiy harakatlar yo'llanmasini bel-
gilashga yordam beradi.
Vatan tarixi mustaqil davlatimiz ijtimoiy hayotida faol qatnasha oladigan idrokli va qobili-
yatli, o'zining tarixiy ildizlarini anglashga qodir, yurtiga, Vataniga, ona xalqiga yuksak mehr
muhabbat, his-tuyg'ulari bilan to'lib toshgan avlodni kamol toptirish, ularning ongida milliy is-
tiqlol tafakkuri va harbiy vatanparvarlik g'oyalarini shakllantirish qurolidir. Vatan ostona-dan,
inson yashab turgan insonning kindik qoni to'kilgan xonadon tuprog'idan boshlanadi. Shu bois
inson ilk bor nafas olib, ulg'ayib voyaga yetgan mehr-muhabbat va sadoqatda bo'lishi uning
uchun ham qarz ham farzdir. Miloddan avval yashagan yunon adibi Lukyanning «Vatan
sha'niga» nomli asarida shunday so'zlar bor: «Mening bu gaplarim g'oyat eski gaplardir. Lekin
haqiqat shundaki, o'z otasini sevmagan farzand o'zganing otasini ham hurmat qila olmaydi. O'z
Vatanini sevmagan kishi o'zgalar Vatanini ham qadrlay olmaydi».
Ulug' mutafakkirlar va donolar hamisha Vatanni ulug'lab, ardoqlab kelganlar. Vatan va mil-
lat xoinlariga, sotqinlarga qarshi kurashganlar. Haqiqatdan ham Vatandan tashqarida baxt bo'l-
magan va bo'lmaydi ham. «O'zga yurtda shoh bo'lgandan o'z yurtingda gado bo'lgan afzal», de-
gan naql bejiz aytilmagan. Haqiqiy vatanparvar og'ir kunida ham yengil kunida ham Vatanni
tark etmaydi. U bilan birga bo'ladi. Barcha jinoyatlar orasida eng tubani, eng og'iri Vatanga,
millatga hiyonat va sotqinlikdir.
Sobiq ittifoq davrida Rossiya, Angliya, Fransiya, Amerika tarixini o'rgatishga asosiy diqqat
e'tiborni qaratildi. Ammo o'z Ona tariximizni o'rganishdan mahrum etdilar. Shuning uchun ham
mustabid tuzum davrida ko'pchilik yurtdoshlarimiz Yuliy Sezar, Chingizxon, Napoleon, Ivan
Grozniy, Yekaterina, Pyotr I, Boris Godunov, Nikolay II ni yaxshi bilganlar. Ammo buyuk
Amur Temurni, Shohruh va Boburni esa bilmas edilar. Hurlik va erk uchun xalq baxt-saodati
yo'lida jabr-zulmga qarshi kurashgan Spartak, Janna d' Ark, Ivan Bolotnikov, Stepan Razin,
Yemelyan Pugachyovlarni, lashkarboshilardan Suvorov, Kutuzovlarni yaxshi bilganlar. Ammo
To'maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, Mahmud Tarobiy, Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi,
Qurbonjon Dodxoh singari milliy kahramonlarimiz bo'lganligini ham bilmas edilar.
Albatta, sho'rolar hokimiyati yillarida ham O'zbekiston tarixiga oid asarlar, darsliklar, ko'l-
lanmalar chop etildi. Biroq, bu asar va darsliklarda tarixiy jarayonlar buzib talqin qilindi.
Vatan tarixi fanini yaratish va uni yosh avlodga o'qitish va o'rgatish bo'yicha birdan-bir
to'g'ri nazariy, ilmiy-uslubiy asoslarni ishlab chiqish nafaqat tarixiy, balki amaliy, hayotiy
ahamiyatga egadir. Sho'rolar hukmronligi davrida barcha fanlarda bo'lgani
singari tarix fanining
ham nazariy ilmiy uslubiy asosi qilib, marksizm-leninizm metodologiyasi olindi, natijada
tarixiy jarayonga baho berishda xolislik, ilmiylik o'rnini shaxsiyatparastlik va bir tomonlama
baho berishlik egalladi. Kommunistik mafkura qolipiga tushmagan har qanday voqea-hodisa va
qarashlar tanqid qilindi. Bu hol tarix fanining fan sifatida ahamiyatini so'nishiga olib keldi va u
siyosiy arboblar hamda kommunistik mafkura targ'ibotchilarining ko'g'irchog'iga aylanib qoldi.
Vatan tarixi fani yoshlarimizning g'oyaviy-siyosiy dunyoqarashini shakllan-tirishda quyidagi
nazariy, ilmiy asoslarga suyanmog'i kerak:
Vatan tarixini o'qitish va o'rganish jarayonida tarixiy bilimlar ilmiy-nazariy tushunchalar va
tasavvurlar shakllanmog'i lozim. Chunki voqea va hodi-sa-larni bilmasdan ular haqida tushun-
cha va tasavvurlarga ega bo'lmasdan turib, g'oyaviy-siyosiy dunyoqarash haqida gap yuritish
mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: