Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
Atoqli ot, turdosh ot, aniq va mavhum otlar, sodda ot, qo‘shma ot, otlarda
son kategoriyasi
Otlar yakka shaxs, predmet nomlarini, his - hayajon, hodisa, holat, belgi,
jarayon va harakatning umumiy nomlarini ifodalovchi mustaqil so‘z turkumidir.
O‘zbek tilida otlar borliqdagi qanday predmetning nomini ifodalashiga qarab
atoqli va turdosh otlarga bo‘linadi. Atoqli otlar umumiy nomlangan narsa-
buyum, voqea-hodisa kabilardan bittasini ajratib ko‘rsatish uchun qayta
nomlangan shakllardir.Masalan, O‘zbekiston, Amudaryo, Buxoro, Salima
Ne’matovna, Mirrix, Olapar va h. Turdosh otlar esa predmet, his - hayajon,
hodisa, holat, belgi, jarayon va harakatning nomlarini umumiy tarzda ifodalaydi
va tilimizda ular otlarning asosiy qismini tashkil qiladi: anor, etik, risola,
tushlik, ona, guldon,ko‘rpacha… Atoqli otlar ham, turdosh otlar ham o‘z ichki
guruhlariga ega
1
.
Otlar borliqdagi moddiyatga ega bo‘lgan (aniq) yoki moddiyatga ega
bo‘lmagan( noaniq ) nomlarni ifodalashiga ko‘ra muayyan hamda mavhum
otlarga bo‘linadi. Muayyan otlarni ko‘rish, ushlash, hidlash,tashlash, otish,
yeyish…mumkin: taxta,yulduz, gul, qog‘oz, non, palaxmon va b. Mavhum
otlarni faqat his etish, tasavvur qilish, ba’zan sezish mumkin. Masalan,
muhabbat, do‘stlik, sadoqat, odamgarchilik, ruh, ma’naviyat, olloh, noshukurlik,
diyonat, nafrat, g‘oya, jimjitlik va b. Mazkur guruhlar ham o‘z ichida bir
qancha lug‘aviy ma’no guruhlarini (LMG) birlashtiradi. Masalan,
a)
shaxs tavsifi nomlari: tog‘a, xola, mirob, xo‘ja, qaynona;
b)
hayvon nomlari: ot, it, buzoq, xo‘roz, eshak, mushuk;
c)
o‘simlik nomlari:maysa,daraxt, atirgul, beda, yantoq;
d)
narsa-buyum nomlari: kompyuter, gultuvak, chopon.
Bu LMGlarning ichki xususiyatlariga e’tibor qaratsak, ularning bir qancha
lug‘aviy ma’no to‘dalari (LMT)dan tashkil topganligini kuzatamiz. Misol
tariqasida hayvon nomlari qatoriga e’tibor beraylik, bu kabi otlar avvalo uy
hayvonlari va yovvoyi hayvon nomlariga ajratiladi. Har bir hayvon
nomining LMGlari mavjud.Chunonchi, eshak LMG: eshak, xachir, xo‘tik,
mocha, kurra…
2
O‘zbek tilida otlarning jamlovchi va yakka turlari ham ajratiladi. Jamlovchi
otlar bir jinsdagi predmetlarning yig‘indisini bir butun holda anglatadigan
turdosh otlardir. Jamlovchi otlar birlik shaklda yakka-yakka predmetlarni
emas, balki bir butunga jamlangan ko‘p predmetlarni anglatadi:armiya , xalq,
olomon, to‘da, meva kabi. Yakka otlar esa mazmunan jamlovchi otlarga qarama-
qarshi turadi. Yakka otlarda predmetlar yakka-yakka holatda tasavvur qilinadi:
1
Sayfullayeva R., Mengliyev B., Raupova L., Qurbonova M., Abuzalova M., Yuldasheva D. Hozirgi o`zbek tili.
Darslik. – Germaniya: “Globe Edit international Publishing Group” ISBN: 978-620-0-61410-0. – 2020.–555 b.
2
Bu haqda qarang: Саидова Ҳ.. Ўзбек тилида ҳайвон номларининг шахс тавсифи вазифасида
қўлланилиши.НДА. Самарканд,1995.
inson, soldat, kitob va h. Bunday otlar -lar ko‘plik shaklini bemalol qabul qila
oladi.
Ingliz tilida otlar jonli va jonsizga bo‘linadi. Jonsiz otlar mavhum va konkret
otlarga ajratiladi. Konkret otlar birlik va ko‘plikda ishlatiladi: A book - books;
mavhum otlar ko‘plikda ishlatilmaydi: love, freedom, hatred, hope, will.
1.Moddiy otlarning xili - turi inobatga olinsa, ular ko‘plik formasini qabul qiladi,
biroq ko‘plik ma’nosini ifodalamaydi: Water is necessary for life. There are
sereval mineral waters in Uzbekistan.
2. Moddiy otlar konkretlashganda ko‘plik formasini qabul qiladi va birlikda a/an
noaniq artikl bilan ishlatiladi: The ground was as hard as stone. The boy threw a
stone into the water.
3. Mavhum otlar konkretlashganda birlik va ko‘plikda ishlatilishi mumkin: He
made a speech yesterday. His speeches are always interesting. Animals do not
possess the power of speech. There are very many amusements in this park. He
does that for amusement.
Do'stlaringiz bilan baham: |