project.gov.uz
06.06.2022
16
boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar hamda ularning mansabdor shaxslari dehqon va fermer
xoʻjaliklarining tadbirkorlik faoliyatiga, shu jumladan ushbu xoʻjaliklarning agrotexnika usullarini,
yetishtiriladigan mahsulot turini tanlashiga, bu mahsulotning bahosini hamda realizatsiya qilish
yoʻnalishini belgilashiga aralashishga haqli emas, bundan davlat ehtiyojlari uchun moʻljallangan xaridlar
mustasno.
II BOʻLIM. TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI VA ULARNING FAOLIYAT KOʻRSATISH
SHARTLARI
4-bob. Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlikni amalga oshirish
42-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlik
Yakka tartibdagi tadbirkorlik jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan
tadbirkorlikni yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga oshirishdir.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mustaqil, mulk huquqi
asosida oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan
foydalanishga yoʻl qoʻyadigan oʻzga ashyoviy huquq asosida amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi tadbirkor oʻz nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadi, huquq va
majburiyatlarni oladi hamda amalga oshiradi. Jismoniy shaxs oʻz tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq
bitimlar tuzayotganida, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida harakat qilayotganligini, agar bu bitimlarni
tuzish vaziyatining oʻzidan aniq anglashilmasa, koʻrsatishi kerak. Bunday eslatmaning mavjud emasligi
yakka tartibdagi tadbirkorni oʻz majburiyatlari boʻyicha zimmasidagi javobgarlikdan ozod etmaydi.
Yakka tartibdagi tadbirkor oʻz faoliyatini amalga oshirayotganda shaxsiy ish hujjatlari
blankalaridan, muhr, shtamplardan foydalanishga haqli, ularning matnlari mazkur shaxs yakka tartibdagi
tadbirkor ekanligi haqida dalolat berishi lozim.
Nikohda boʻlgan jismoniy shaxs tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish
uchun er (xotin)ning roziligi olinishi talab qilinmaydi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish uchun er-xotindan biri er-xotinning umumiy
birgalikdagi mol-mulkidan foydalanadigan hollarda, agar qonunda, nikoh shartnomasida yoxud er-xotin
oʻrtasidagi oʻzga kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, erning (xotinning) roziligi talab
qilinadi. Erning (xotinning) roziligi yakka tartibdagi tadbirkor davlat roʻyxatidan oʻtkazilishida
tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |