project.gov.uz 06.06.2022 13 oʻz xohishiga koʻra tasarruf etish huquqlariga nisbatan qonunda yoki shartnomada nazarda tutilmagan
boshqa cheklovlar belgilashga haqli emas.
Tadbirkorlik subyektlarining ularga xizmat koʻrsatayotgan banklardagi hisobvaraqlarida turgan
mablagʻlari qonunchilikda belgilangan tartibda naqd pul mablagʻlari tarzida olinishi mumkin.
Tadbirkorlik subyektlarining bank hisobvaraqlarida pul mablagʻlari bor-yoʻqligi haqida
maʼlumot talab qilib olish, shuningdek bunday maʼlumotlarning banklar tomonidan taqdim etilishi
taqiqlanadi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
36-modda. Tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyat erkinligi kafolatlari Tadbirkorlik subyektlari qonunchilikka muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni mustaqil amalga
oshiradi.
Tadbirkorlik subyektlarining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi valyuta hisobvaraqlarini ochish
va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun asos boʻladi. Tovarlar import qiluvchi yakka
tartibdagi tadbirkorlar uchun ularning tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan
oʻtkazilganligi ham tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga asos boʻladi.
37-modda. Tadbirkorlik subyektlarining mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlari kafolatlari Tadbirkorlik subyektlarining mulki daxlsizdir va qonun bilan muhofaza qilinadi.
Tadbirkorlik subyekti mulk huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulkka nisbatan qonunga
zid boʻlmagan har qanday harakatlarni bajarishga haqli. Bunda tadbirkorlik subyektining oʻz mulkdorlik
huquqlarini amalga oshirishi boshqa shaxslarning huquqlarini buzmasligi va qonun bilan qoʻriqlanadigan
manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak. Tadbirkorlik subyekti qonunda nazarda tutilgan hollarda,
shartlarda va doirada boshqa shaxslar uning mol-mulkidan cheklangan tarzda foydalanishiga yoʻl
qoʻyishi shart.
Tadbirkorlik subyektidan mulkni olib qoʻyishga, uning boshqa ashyoviy huquqlarini bekor
qilishga, shuningdek ularni cheklashga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar
mustasno.
Tadbirkorlik subyekti boshqa shaxsning qonunga xilof egaligida boʻlgan oʻz mol-mulkini talab
qilib olishga, shuningdek oʻz huquqlarining har qanday buzilishini, garchi bu buzish egalik qilishdan
mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmasa ham bartaraf etilishini talab qilishga haqli.
Mulk huquqini bekor qiladigan qonunchilik hujjati qabul qilingan taqdirda, ushbu hujjatni qabul
qilish natijasida mol-mulkning mulkdori boʻlgan tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararning oʻrni, shu
jumladan mol-mulkning qiymati davlat tomonidan qoplanadi. Zararning oʻrnini qoplash bilan bogʻliq
nizolar sud tomonidan hal qilinadi. Mulk huquqi bekor qilinganda olib qoʻyilayotgan mol- mulkning
qiymati, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, mulk huquqi bekor qilingan paytdagi
holatga koʻra baholovchi tashkilot tomonidan belgilanadi.
Tadbirkorlik subyektlarining ashyoviy huquqlari qonunda nazarda tutilgan tartibda himoya