project.gov.uz 06.06.2022 19 fermer xoʻjaligi;
dehqon xoʻjaligi;
unitar korxona;
ishlab chiqarish kooperativi.
Dehqon xoʻjaligi tashkiliy-huquqiy shakllardagi tadbirkorlik qishloq xoʻjaligi sohasidagi
tadbirkorlik hisoblanadi va uni amalga oshirishning oʻziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning 6-bobi
bilan belgilanadi.
Qoʻshma korxonalar yangi yuridik shaxs tashkil etish yoʻli bilan yoki chet ellik investorning
Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatib turgan korxonada ulush sotib olishi yoʻli bilan tashkil
etiladi. Bunday korxonalar ushbu Kodeksga zid boʻlmagan har qanday tashkiliy-huquqiy shakllarda
faoliyat olib borishi mumkin.
47-modda. Tadbirkorlik subyektlari-yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari Tadbirkorlik subyektlari-yuridik shaxslar ustav asosida yoki taʼsis shartnomasi va ustav asosida
ish olib boradi.
Tadbirkorlik subyektlari-yuridik shaxslarning taʼsis shartnomasi uning muassislari tomonidan
tuziladi, ustavi esa – tasdiqlanadi.
Yagona muassis tomonidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxs shu muassis
tasdiqlagan ustav asosida ish olib boradi.
Tadbirkorlik subyektlari-yuridik shaxslarning ustavi va boshqa taʼsis hujjatlarida quyidagilar
toʻgʻrisida maʼlumot koʻrsatilishi kerak:
yuridik shaxsning nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili), yuridik shaxs faoliyatini
boshqarish tartibi;
amalga oshiriladigan faoliyat yoʻnalishlari va maqsadlari;
taʼsis shartnomasida taraflarning (muassislarning) uni tashkil etish sohasida birgalikda faoliyat
koʻrsatish tartibini, unga oʻz mol-mulklarini berish hamda uning faoliyatida ishtirok etish shartlari;
taʼsis shartnomasida foyda va zararlarni ishtirokchilar oʻrtasida taqsimlash, yuridik shaxs
faoliyatini boshqarish, muassislarning uning tarkibidan chiqish shartlari va tartibi.
Xoʻjalik jamiyatlarining taʼsis hujjatlariga qoʻyiladigan talablar qonun hujjatlari bilan
belgilanadi.
Oilaviy korxonaning taʼsis shartnomasida ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan
maʼlumotlardan tashqari quyidagilar koʻrsatiladi:
oilaviy korxona boshligʻining va oilaviy korxona boshqa ishtirokchilarining familiyasi, ismi,
otasining ismi hamda yashash joyi (manzili);
oilaviy korxona ishtirokchilari tomonidan uning ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritiladigan
mol-mulkni belgilash tartibi;
oilaviy korxona tugatilganda mol-mulkni taqsimlash tartibi;