17
II BOB. II BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA SIFATNING MA’NOVIY
GURUHLARIGA BO’LIB O’RGATISHGA DOIR M’ALUMOTLAR
2.1.
Boshlang’ich sinflarda sifatning ma’noviy guruhlarini o’rgatishda
zamonaviy pedagokik texnologiyalardan hamda turli xil metodlardan
foydalanish
Xarakter-xususiyat, xossa bildiruvchi sifatlar
. Bunday sifatlar, ayniqsa
inson
xarakter-xususiyatini
ifodalab kelgan so’zlar tilda juda ko’p
qo’llanadi:
yaxshi, badjahl, yoqimtoy, muloyim, ziyrak, mahmadona, dilkash
va h.k
Bulardan bir turkumi inson, predmet va hayvonlarning xarak-ter-xususiyatini
ifodalashda umumiy qo’llanadi, bir turkumi qsa faqat inson xarakteri yoki predmet
xossasini ifodalashga xos bo’lib qolgan, Xarakter-xususiyatlar, xossalar ijobiy va
salbiy bo’lishi mumkin. Shunga ko’ra, bunday sifatlar ijobiy va salbiy mazmun-ga
ega. Bulardan tashqari, ijobiy ham, salbiy ham bo’lmagan (loqayd mazmunli)
sifatlar mavjud.
1.Insonning xarakter-xususiyatiga xos: a) ijobiy sifatlar:
muloyim, odobli,
chapdast, chaqqon, abjir, ziyrak, mo’min, sodiq, yuvosh, mohir, pok, sipo, o’ktam,
(kamtarin), asl, quvnoq; ozoda, sof, yaxshi, dadil, xushmuomala, rostgo’y,
mehribon,
va b.;
b) kishiga xos salbiy xarakter-xususiyatlarni bildiruvchi sifatlar ko’pincha
ijobiy xarakter-xususiyatlarni bildiruvchn sifatlarga antonim sifatida qo’llanadi,
ya’ni bu gruppa sifatlar kishilarning yoqimsiz, yaramas xususiyatlarini ifoda
etadi:
zolim, nokas, toshbag’ir, shafqatsiz, quv, ayyor. muttaham, rasvo, ablah,
dog’uli, uquvsiz, g’ayir, tannoz, tamanno, takabbur, qabih, munofiq, olchoq., zukko,
qo’rs, to’ng, mug’ombir. injiq, o’jar, lavang, o’noq, ishyoqmas, sulloh, galamis,
xudbin, g’alcha, ikkshozla-michi
va b.
Kishilarga xos ijobiy yoki salbiy xususiyatlar uning gap-so’zini, o’y-niyatini,
yoki tana a’zolarndan birini sifatlash orqali ham beriladi; Bunday sifatlar kishi bilan
bog’langan holda yoki o’zi alohida bo’lishi mumkin:
Ularning pok, nozik hislarini
oyoq, osti qilgansiz
(A. Muxtor). ..
qalbining ezgu hislarini bir-ikkp qisqa so’zlar
18
bilan aytib qo’yar edi
(Oybek).
Uning so’zlari bololarcha sodda, samimiy, lekin
aniq va ravshan edi
(Oybek). U
ezgu tilakli, sof ko’ngil kishi. Jamila soddadil
ayol.
U
sodda so’zlari, yurak otasha, oqilona boqishlari bilan, ...mehnatkashlar
sinfiyai kurashga chaqiradi
(Oyb ek).
Qaeqdandir quvnoq kulgi eshitildi (A
. M u x
t o r).
...Qizning sofdilligi.. menda yashirinib yotgan eng pok tuyg’ularni yuzaga
chiqargan edi
(P. Qodirov).
Ya x sh i gap bilan ilon inidan chiqadi deganlari rost
ekan
(«Mushtum»).
Qo’li ochiq odam, ochiq ko’ngil kishi, tili shirin ayol, ko’ngli
to’g’ri odam, qo’li egri, tili achchiq, nafsi buzuq
kabilar ham xuddi shunday.
Kishi xarakter-xususiyatini berishda yuqorida zikr etilgan sifatlardan tashqari
boshqa turkumdagi (holat, shakl, maza-ta’m, rang-tus bildiruvchi) sifatlardan ham
foydalanadi. Bunday sifatlovchilar orqali ham kishilarga xos turli xarakter-
xususiyatlar ochiladi:
Bir qaradi, ko’zi yomon o’tkir ekan., jonim chiqib
ketayoedi
(«O’zbek xalq dostonlari»). U
sarbast, ziyrak, harakatlari dadil, so’zlari
o’tkir, o’rtoqlari orasida onaboshi kiz
(Oybek); v) kishi xarakter-xususiyatiga
oid yana shunday sifatlar borki, ularning ma’nosidan ijobiylik yoki salbiylik yaqqol
bo’rtib turmaydi. Nutq momentiga qarab ular har ikkala chegara-siga ham o’tib
olishi mumkin. Masalan:
dovdir, loqayd, sho’x, mahmadona, sinchkov, mag’rur,
indamas, o’jar, shaddod, to’pori, o’tkir va b.: Gulchehra sal engiltak va
sho’x bo’lsada o’zi j uda
...
m e h r- oqibatl i qiz
(O. Yoqubov).
2.Predmet (narsa, hayvon, jonivor), holat, hodisa va shu kabilarning xarakter-
xususiyatini ifodalash uchun qo’llanuvchi sifatlar:
xonaki, dolzarb, dabdabali,
tashvishli, asov, chopong’ich, sun’iy, tabiiy, tekin, qimmat, arzon
kabi.
3.Kishi va predmet xususiyatlari uchun birdek qo’llanaveradigan sifatlar:
ajoyib, yaxshi, yomon, zo’r, chidamli
va b. Ba’zi sifatlar esa, yo kishi, yoki predmet
belgisi uchun ko’chganma’noda qo’llanishi mumkin:
engil, og’ir, dag’al, dardisar,
19
bachkana, rasvo, qaysar, xira, uchar
va b. Holat bildiruvchi sifatlar. Predmet,
hodisaga, inson va hayvonga xos holat yoki vaziyat turli sifatlar orqali ifodalanishi
mumkin:
1.tabiiy holat belgilari, a) ijobiy ma’noda:
go’zal, ko’hlik, chiroyli, suluv, latif,
qomatdor
va b.; b) nuqsoniy belgilar:
cho’loq, mayib, maymoq, bukir, cho’tir,
soqov, xunuk, g’ilay, kar, pes, ko’r, qiyshiq
va b.
Qayd etilgan sifatlarning ayrimlari hayvon va predmetlarning belgisi uchun
ham qo’llanaverishi mumkin: O’sha
mayib turna cholning qo’lida shifo topib yana
o’z karvoniga qo’shilganini bilarmikin
(Said
Ahmad).
Juda
xunuk
ish
bo’pti
(«Mushtum»).
2.Jismoniy yoki fizik holatlarni ifodalovchi sifatlar:
bardam, baquvvat, tetik,
yosh, keksa, qari, ojiz, zaif
va b. Bunday sifatlar predmet belgilari uchun ham
qo’llana oladi:
Oqsoqol hovliga, keksa tut shoxlari engashib turgan tunuka tomga
suqlanib birma-bir qarab chiqdi.
(Said Ahmad).
Nayda chalingan ojiz navo esa, ..
bir cho’pon boladay chinqirib nola qilar edi
!(A.uxtor).
3.Ruxi holatni ifodalovchi sifatlar:
xursand, xafa,jinni, sog’, sergak, xushyor,
g’azabnok,darg’azab tajang, kindor, ma’yus, g’amgin, alamdiyda, alamzada
va b.
4.Kishining hayotiy holatini, axvolini ifodalovchi sifatlar:
boy, badavlat,
kambag’al, kashshoq, yo’qsil, gado, etim. mushfiq, bechora, musofir
va b.
5.Predmetning xarorat belgisini ifodalovchi sifatlar:
issiq. so Buq, iliq, salqin,
ilmiliq, (iliq-miliq)
kabi.
b) Tozalik, ifloslik holatlarini ifodalovchi sifatlar:
toza, ozoda, sof, musaffo,
saxtiyon, kir, isqird, irkit
va b.
6.Predmetning eskilik, yangilik holatlarini ifodalovchi sifatlar:
yangi, eski,
churuk, uvada, juldur
va b.
20
7.Predmetning pishgan yoki xomlik holatlarini ifodalovchi sifatlar:
xom,
g’o’r, dumbo’l, pishgan, pishiq
kabi.
8.Predmetning ho’l-quruklik holatini ifodalovchi sifatlar:
ho’l, nam, namxush,
namtob, quruq, qoq, qoquruq, shilta, shalabbo
va b.
9.Tinch va notinch holatlarni ifodalovchi sifatlar:
tinch, jim, jim-jit, sokin,
osuda, osoyishta, notinch, betinch, bezovta
va b.
Shuningdek,
silliq, g’adir-budir, g’ijim, tekis, siyrak, zich, qalin, yupqa,
omonat, puxta, g’uj, sho Bul, tanho, gavjum, ochiq, berk
kabi sifatlar ham turli
holatlarni ifodalab keladi. Yuqorida keltirilgan holat bildiruvchi sifatlarning
deyarlihammasi darajalanadi, forma o’zgartuvchi affikslarni qabul qiladi va
ko’pchiligi ko’chgan ma’nolarda qo’llanadi.Dars jarayonida bollarni ikki guruhga
bo’ib o’yin bajariladi va qaysi guruh go’lib bo’lsa o’sha guruh rag’batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |