Chirchiq davlat pedagokika instituti



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana10.07.2022
Hajmi0,81 Mb.
#771386
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Lobar kurs ishi

Tikanli, kichkina, foydali ... 
(tipratikan). 
Ehtiyolkor, ayyor, yovvoyi 
... 
(tulki); 
3.
Predmetlarning belgisiga qarab topishmoqlarning javobini 
aytish kabi mashqlardan foydalanish mumkin. 
Sifatning nutqimizdagi, fikrni aniq va tushunarli ifolashdagi o'rnini puxta 
o'zlashtirishga erishish uchun ma'nodosh va zid ma'noli sifatlar ustida ishlash, o'qish 
darslarida sifatning o'z va ko'chma ma'noda ishlatilishini kuzatish maqsadga 
muvofiq. Sifatni o'rganish jarayonida so'z yasashga oid mashqlarni muntazam 
o'tkazib borish o'quvchilarda u yoki bu so'z turkumini yasash uchun so'z yasovchi 
qo'shimchalardan ongli foydalanish malakasini shakllantiradi. 
Uchinchi bosqichda sifat haqidagi bilimlarni takomillashtirish, og'zaki va 
yozma nutqda sifatlardan aniq, o'rinli foydalanish ko'nik-masini o'stirish bilan 
bog'liq holda 
-roq 
qo'shimchasi bilan qo'llangan sifatlarni va 
ko'm-ko'k, yam-yashil
 
kabi sifatlarni to'g'ri yozish malakasi shakllantiriladi. Tsh mazmuni shu vazifalarni 


10 
bajarishga qarab belgilanadi va o'quvchilar nutqini o'stirishga qaratiladi. Nazariy 
ma'lumotlarga asoslanib: matnda berilgan otlarning belgilarini ifodalaydigan 
sifatlarni tanlab qo'yish, gapda sifat bog'langan otni (so'z birikmasini) aniqlab 
yozish; otga mos sifatlar tanlab predmetni tasvirlash, berilgan sifatlar yoki so'z 
birikmasi bilan gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. Mashq mate-rialini 
tanlashda -
roq 
qo'shimchasi bilan qo’llangan yaxshiroq,aqlliroq kabi, shuningdek, 
tip-tiniq,sap-sariq kabi sifatlar ko’proq bo’lishiga e’tibor beriladi. O’quvchilarning 
mustaqilligi o’sha brogan sayin mashq topshiriqlari ham asta-sekin 
murakkablashtira boriladi. Shunday qilib,sifatni o’zlashtirishda uni ot bilan o’zaro 
o’rganishga asoslanadi.
Boshlang’ich sinf ona tili ta’limida, jumladan, o’qish darslarida ham lug’at 
ustida ishlash uchun maxsus dars ajratilmaydi. Ona tili va o’qish darslarida lug’at 
ustidagi ishlar o’rgatilayotgan mavzular va o’quv materiallari bilan bog’liq holda 
olib boriladi. O’quvchilar ma’nosini bilmaydigan yoki aniq anglamaydigan so’zlar 
barcha so’z turkumlari doirasida uchraydi. Ularning ma’nosi biror usullar yordamida 
o’quvchilarga yetkazilishi lozim. Aks holda o’quvchilarning nutqi borabora 
qashshoqlashib boraveradi. O’quvchilarni o’z fikrini aniq va ta’sirchan ifodalashga 
o’rgatishda belgi bildirgan so’zlar – sifatlarni o’rgatishda ”Davra suhbati”metodi 
alohida o’rin tutadi. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida sifatning rang, shakl, maza, 
hajm, xususiyat bildiruvchi ma’no turlari o’rganiladi. Biz mazkur maqolamizda rang 
bildiruvchi so’zlar ustida ishlash orqali o’quvchilar lug’atini boyitish yuzasidan olib 
borgan tajribalarimiz bilan o’rtoqlashishni maqsad qilib oldik. Bir qaraganda rang 
bildiruvchi sifatlardan o’quvchilar bemalol va kerakli o’rinda foydalanadigandek 
ko’rinadi. Aslida esa boshlang’ich sinf ona tili va o’qish darsliklarida uchragan rang 
bildiruvchi sifatlarning badiiy nutqda qo’llanadigan turlaridan o’quvchilar nutqda 
foydalanmayaptilar
4
. Chunki rang bildiruvchi sifatlarning ma’nosini – qanday 
rangni bildishini o’rgatishga e’tibor berilmaydi. Shu sababli o’quvchilar ko’p 
hollarda ayrim so’zlarning ot yoki sifat ekanini farqlamaydilar. Vaholanki, 
4
U.Tursunov, B.O‘rinboyev “O‘zbek adabiy tili tarixi”, Toshkent. “O‘qituvchi”. 1982. 


11 
boshlang’ich sinf “Ona tili“ va “O’qish kitobi“ darsliklarida o’quvchilar ma’nosini 
farqlamaydigan rang bildiruvchi sifatlar talaygina. Masalan, darsliklaridagi badiiy 
matnlarda “zangori, zumrad, malla, jigarrang, yo’l-yo’l, qo’ng’ir, lojuvard, bo’z, 
alvon, malla-lojuvard, nimrang, olachipor, ola-zangor, targ’il, chipor, moviy,ola-
bula,moshrang, sarg’ish-ko’kish“ kabi rang bildiruvchi sifatlar qo’llanganki, 
ularning ma’nosini o’quvchilardan so’raganimizda aniq aytib bera olmadilar. 
Barglarning umri qisqa ekan. Kuz kelishi bilan qo’ng’ir tusga kirib, daydi 
shamolning hamlasiga dosh berolmay to’kilisharkan. (L.Mahmudov. “Ona tili“. 4- 
sinf. 116-bet.)Yuqoridagi misollarda o’quvchilar ma’nosini bilmaydigan “zumrad, 
zangori, yo’l-yo’l“ rang bildiruvchi sifatlar qo’llangan Ularning ma’nosini 
o’quvchilar qaytarzda tushunganliklari aniqlanishi va tushuntirilishi zarur. 
“Zumrad“ – “och yashil tusli tosh“, she’rda daraxt yaproqlarining rangini “och 
yashil tusli yaproqlar“ni bildirib kelgan.
“Zangori“ – yashil bilan ko’k o’rtasidagi rang, och havorang“ ma’nosini 
bildiradi.
“Yo’l-yo’l“ – “oq-qora va boshqa chiziqli rang“ ma’nosini bildiradi.
“Qo’ng’ir“ – “qora-sariq rang“, “to’q malla“, “qoramtir“, “to’q kulrang“ 
ma’nosini bildiradi. (Qo’ng’ir“ – to’q jigarrang o’rdak nomi) Yuqoridagi kabi rang 
bildiruvchi sifatlar ma’nosi boshlang’ich sinfda izohlashni va ulardan foydalanishga 
o’rgatishni taqozo etadi. Rang bildiruvchi sifatlarning ma’nosini rang ko’rinishi 
orqali ko’rsatish va rang nomini aytib, aralash berilgan rangli qog’ozlar ichidan 
topib ko’satish, shu rangdagi narsalarni: hayvonlar, qushlar, o’simliklar va boshqa 
narsalarni topib aytish, tasvirlab berish kabi ish turlari yaxshi samara beradi. 
O’quvchilarning diqqatini rang bildiruvchi sifatlarga qaratishda, ularning nutqdagi 
ahamiyatini anglatishda topishmoq janri juda qo’l keladi. Chunki uning javobini 
topishda rang bildiruvchi sifatlar yordam beradi. Masalan: Ko’ylagi qavat-qavat 
Tugmalari yo’q faqat. Ustida yashil to’ni, Yoz-u qish yechmas uni. “Aqliy hujum“ 
metodida rang bildiruvchi so’zlarni yozish topshirig’i beriladi. Matndan rang 


12 
bildiruvchi so’z(sifat)larni toping. Uning qanday rang ma’nosini bildirayotganini 
ayting“ kabi topshiriqlar asosida maqsadni amalga oshirishda yaxshi samara beradi. 
Mazkur darslikdagi misollarga murojaat qilamiz: Gul-loladay tojlari Qayrilib 
qoshga tushgan. Yurishar gala-gala, Oq , chipor, kulrang, sara. She’riy parchadagi 
“chipor“ sifatining ma’nosini izohlash lozim. “Chipor“ – “ola-bula“ ma’nosini 
bildiradi. “Ola-bula“ rang bildiruvchi sifatining o’zida turli ranglar ifodalangan 
bo’lishi mumkin. Masalan, “ola-bula“ – “oq va boshqa ranglarning aralashmasi“, 
“oq va qora“, “oq va sariq“ kabi. “Kulrang“ sifati ham “oqish qora“, “ko’kish“ rang 
ma’nosini bildiradi. Erkin o’sha tomonga chopmoqchi edi, chayla oldida yotgan 
targ’il itni ko’rib qoldi. “Targ’il“ – “sarg’ish va qoramtir yo’lli rang“ ma’nosini 
bildiradi. “Targ’il“ so’zining ma’nosi izohlangach, “targ’il“ so’zini yana qaysi 
hayvonlarga nisbatan qo’llash mumkin? degan savol berilsa, o’quvchilar undan 
o’rinli foydalanishga o’rganadi. Lojuvard osmonda turnalar arg’imchog’i “tirov-
tirov“ qilib uchib ketyapti. (“Quyoncha“, N.Fozilov) “Lojuvard“ – “tiniq ko’k“ rang 
ma’nosini bildiradi. O’quvchilarga “lojuvard“ so’zining boshqa ma’nosi, ya’ni “ 
to’q ko’k, to’q havo rang tusli mineral“ ma’nosi ham aytilsa, bu rang bildiruvchi 
so’zning qanday yuzaga kelganini bilib oladi.
Yoz kunlari Maxdumning bog’i oq, nimrang, ola-zangor (olachipor), 
malalojuvard va boshqa tus kapalaklarning yalt-yult uchishlari bilan alohida bir 
ko’rinishga kirar edi. (“Gulzorda“, A.Qodiriy. “O’qish kitobi“. 3-sinf. 210-bet.) 
Mazkur jumladagi “nimrang“ sifati ham izoh talab qiladi. Chunki bu sifat “rangi 
och“, “och rang“ ma’nosini bildiradi, o’quvchi uni biror rangning ochiq ma’nosida 
anglamasligi mumkin.
“Ola-zangor“, “malla-lojuvard“ sifatlarining ma’nosini izohlashda ularni 
tarkibiy qismlar ajratib tushuntirishga to’g’ri keladi. 
“Ola-zangor“: “Ola“ – oq-qora, oq-malla hokazo qorishiq rang, “zangor“ – 
“yashil va ko’k orasidagi rang, ularning qorishiq tuslisi, och havo rang, moviy“ rang 


13 
ma’nosini bildiradi. 
5
“Ola“ – oq-qora, oq-malla hokazo qorishiq rang deyilishidan 
kelib chiqib, “ola-zangor“ sifati - “yashil va ko’k ranglarning qorishig’i“ ma’nosini 
bildiradi , degan ma’lumot beriladi. “Malla-lojuvard“ sifati (“malla“ – jig’ar ranga 
moyilroq och sariq rang) – “tiniq och sariq rang“ ma’nosini bildiradi. Bu mavzuni 
o’qituvchilarda global tafakkur, kompetentlik, professionallikni shakllantirish, 
nazariy va amaliy mashg’ulotlar, mustaqil ta’lim turlari bo’yicha bilim, ko’nikma va 
malakalarni rivojlantirish, ulardan o’z pedagogik faoliyatlarida samarali 
foydalanishlarini ta’minlash ko’zda tutilgan. Shunday qilib, boshlang’ich sinflarda 
sifat yaxlit holda o’rganiladi va uni o’rganish o’quvchilar shu so’z turkumining 
belgilarini, vazifasini o’zlashtirishiga, shuningdek, ularda kelishik qo’shimchalarini 
to’g’ri yozish ko’nikmasini shakllantirishga qaratiladi. 

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish