27
Xulosa
Men kurs ishimni bajarish davomida boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun
sifat mavzusini gerammatikasi haqida yozdim. Shuni aytish mumkinki,
boshlang’ich sinflarda "Sifat" mavzusini o’rgatish jarayonida o`qituvchi katta
malakaga, mahoratga va tajribaga ega bo`lmog`i lozim. Uning har bir darsi bir
sahnaviy asarga o`xshashi, bu orqali o`quvchilar qalbiga sezilarli ta`sir o`tkaza olishi
kerak. Toki, o`quvchi dars tugasa ham, shu o`qituchining darsini intiqib kutadigan
bo`lsin. Umuman, boshlang’ich sinflarda "Sifat" mavzusini o’rgatish jarayonida shu
darslikdagi “Sifat” mavzusi bilan yaqindan tanishtirish jarayonida mazkur mavzuga
bo`lgan ularning qiziqishlarini orttirishga erishilishi lozim bo`ladi. Buning uchun
har bir boshlang`ich sinf o`qituvchisi pedagogik mahoratga ega bo`lgan holda ta`lim
jarayoniga kirib kelayotgan yangiliklardan boxabar bo`lishi, ularni dars jarayonida
bolalarning yoshi va xarakter xususyaitlarini e`tiborga olgan holda qo`llay bilishi
lozim bo`ladi. Sifatning nutqimizdagi, fikrni aniq va tushunarli ifolashdagi rolini
puxta o`zlashtirishga erishish uchun sinonim va antonim sifatlar ustida ishlash,
o`qish darslarida sifatning o`z va ko`chma ma`noda ishlatilishini kuzatish maqsadga
muvofiq. Sifatni o`rganish jarayonida so`z yasashga oid mashqlarni muntazam
o`tkazib borish o`quvchilarda u yoki bu so`z turkumini yasash uchun so`z yasovchi
qo`shimchalardan ongli foydalanish malakasini shakllantiradi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida rivojlanishni boshlagandan
biri ilm-fan va milliy madaniyatimizning har bir sohasida jiddiy o‘zgarishlar yuz
bera boshladi. Prezidentimiz I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”
deb nomlangan kitobida ta’kidlaganidek, “O‘tmish davr mobaynida davlat tilining
hayotimizdagi o‘rni va ta’sirini kuchaytirish, uni tom ma’noda milliy qadriyatiga
aylantirish yo‘lida ilgari tasavvur ham qilib bo‘lmaydigan ulkan ishlar amalga
oshirildi. Istiqlol yillarida O‘zbekiston uning qo‘llanish darajasi amalda nihoyatda
kengaygan, uni ilmiy asoslab rivojlantirishga qaratilgan tadqiqotlar, tilimizning
o‘ziga xos xususiyatlarida bag‘ishlangan ilmiy va ommabop kitoblar, o‘quv
qo‘llanmalari yangi-yangi lug‘atlar ko‘plab chop etilayotgani jamiyat tafakkurini
28
yuksaltirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda. O’rganilgan ma’lumotlarga asoslangan
holda quyidagi xulosaga kelindi:
1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang’ich sinf o‘quvchilarining ona tili
fanidan egallagan bilim, ko‘nikma va malakalari, kommunikativ – uslubiy
savodxonligi mustaqil, ilmiy – ijodiy va ixtisosiy matn yaratish uchun yetarli emas.
2.Umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang’ich sinf o‘quvchilarida sifatning
ma'naviy guruhiga oid so'zlarni to'liq o'rganish uchun vaqt va darslikda berilgan
ma'lumotlar yetarli emas.
3.O‘quvchilarda so'z turkumlariga oid ma'lumotlarni o'rgatish uchun ma'lumotlar
yetarli emas.
O‘quvchilarning yozma ishlarida uchraydigan imloviy nuqsonlar izchil bartaraf
etilgani holda gap qurilishidagi g‘alizliklar, mazmuniy, mantiqiy – uslubiy
nuqsonlar ustida ishlash ona tili o‘qituvchilarining e’tiboridan chetda qolmoqda.
Ushbu bitiruv malakaviy ishini ham yuqoridagi talablarga qisman bo‘lsada hissa
qo‘shadi, degan umiddamiz. Ish kirish, ikki bob va xulosadan iborat. Mavzuni o‘tish
o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish hamda nutqning rang- barangligini
ta’minlaydi. Bir so‘z bilan aytganda o‘quvchilarning nutq madaniyati takomillashib
boradi. Biz bitiruv malakaviy ishini yozishda darslikda 1-4-sinf ona-tili darsligida
berilgan sifatlar bo‘yicha o‘tilganlarni mustahkamlash darsida yangi pedagogik
tehnologiya asosida turli o‘yin topshiriqlar tavsiya qilindi. Xulosa qilib aytganda
sifatlarni o‘tishda quyidagilarga e’tibor qaratish kerak:
O‘zbek tilshunosligida sifatlar mavzusi bo‘yicha salmoqli ilmiy tadqiqotlar
qilingan, shunga ko‘ra bu mavzuni umumiy o‘rta ta’lim maktabida ilmiy asoslangan
bilimlarga tayangan holda o‘tishni rivojlantirish maqsadida qilingan ilmiy nazariy
talqinlar sifatlarlarni o‘tishning ilmiy-amaliy asosini tashkil etishi lozim.
29
“Sifat” tushunchasini shakllantirish o’quvchilarning “predmet belgisi” degan
umumlashtirilgan kategoriyani o’zlashtirish darajasiga bevosita bog‘liq. Shu
maqsadda rang, maza, shakl-hajm, xilxususiyat bildiradigan so’zlar guruhlanadi va
shu so’zlarning xususiyatlari umumlashtiriladi. Sifatning leksik ma’nosi bilan birga
uning xarakterli grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi. Sifatlarning
xususiyatlarini umumlashtirish asosida o’quvchilar uning so’z turkumi sifatidagi
o’ziga xos ko’rsatkichlarini ajratadilar: a) predmet belgisini bildiradi, b) qanday?
yoki qanaqa? so’rog‘iga javob bo’ladi, v) gapda otga bog‘lanib, shu ot bilan so’z
birikmasi hosil qiladi, ikkinchi darajali bo’lak vazifasida keladi. Bu sinfda og‘zaki
va yozma ijodiy ishlar (maktab bog‘i yoki parkka ekskursiya vaqtida kuzatilgan
daraxt, qushlar, hayvonlarni tasvirlab kichik hikoya tuzish kabilar)ga katta o’rin
beriladi. O’quvchilarning sifatning leksik ma’nosi haqidagi tushunchalarini
chuqurlashtirish va predmetni har tomonlama tasvirlash malakasini o’stirish uchun:
1) berilgan predmetlarning rangi, mazasi, shakli, xususiyatini ifodalaydigan sifatlar
tanlash va yozish: Qanday shaftoli? Shirin, suvli, tuksiz shaftoli.Qanday kitob?
Qalin, qizil kitob; 2) berilgan belgilariga qarab qaysi hayvon ekanini aniqlash:
Tikanli, kichkina, foydali ... (tipratikan). Ehtiyotkor, ayyor, yovvoyi ... (tulki); 3)
predmetlarning belgisiga qarab topishmoqlarning javobini ayting kabi mashqlardan
foydalanish mumkin.
Sifatning nutqimizdagi, fikrni aniq va tushunarli ifolashdagi
o’rnini puxta o’zlashtirishga erishish uchun ma’nodosh va zid ma’noli sifatlar ustida
ishlash, o’qish darslarida sifatning o’z va ko’chma ma’noda ishlatilishini kuzatish
maqsadga muvofiq. Sifatni o’rganish jarayonida so’z yasashga oid mashqlarni
muntazam o’tkazib borish o’quvchilarda u yoki bu so’z turkumini yasash uchun so’z
yasovchi qo’shimchalardan ongli foydalanish malakasini shakllantiradi.
30
Do'stlaringiz bilan baham: |