“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR”
MAVZUSIDAGI 23-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
“UzACADEMIA” scientific-methodical journal
23
www.academiascience.uz
O`QUVCHILARDA HODISALARNI ILMIY JIHATDAN TUSHUNTIRISH
KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH
Isaboyeva Mohidil,
Xamidova Gulshanoy,
Saydullayeva Nilufar
Namangan viloyat, Uchqo`rg`on tumani 12-maktab o`qituvchilari
O‗zbekistonning xalqaro tadqiqotlarda qatnashishga kirishganiga bir yildan hali
ko`p vaqt bo`lgani yo`q va ―o‗tgan davr mobaynida qanday ishlar amalga oshirildi?‖
degan savol tug‗ilishi tabiiy. Umumta‘lim muassasalarining
xalqaro baholash
dasturlarida ishtirok etishini ta‘minlashga mas‘ul bo‗lgan alohida tashkilot — Ta‘lim
sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzurida Ta‘lim sifatini baholash bo‗yicha
xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tashkil etildi. Konsepsiya
doirasida, o‗quvchilarning bilim darajasini, ta‘lim sifatini baholash bo‗yicha xalqaro
PISA, TIMSS, PIRLS va boshqa dasturlarda doimiy ishtirok etish nazarda tutilgan.
Shuningdek, mazkur tizimda ta‘lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni
tashkil etish, xalqaro aloqalarni o‗rnatish, o‗quvchi yoshlarning ilmiy–
tadqiqot va
innovatsion faoliyatini, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy g‗oyalari
va ijodkorligini
har tomonlama qo‗llab-quvvatlash hamda rag‗batlantirish maqsadida hukumat
qaroriga muvofiq, O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Хalq ta‘limi
tizimida ta‘lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-
tadbirlari to‗g‗risida‖ 2018-yil 8-dekabrdagi 997-son qarorlari
ishlab chiqildi va
hayotga tadbiq etilmoqda.
Quyidagi xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish
belgilandi:
Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) — boshlang‘ich
4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash;
Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) — 4 va 8-sinf
o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini
baholash;
The Programme for International Student Assessment (PISA) — 15 yoshli
o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi
fanlardan savodxonlik
darajasini baholash;
The Teaching and Learning International Survey (TALIS) — rahbar va pedagog
kadrlarning umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida o‘qitish va ta‘lim olish muhitini
hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish.
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR”
MAVZUSIDAGI 23-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
Do'stlaringiz bilan baham: