“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR”
MAVZUSIDAGI 23-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
“UzACADEMIA” scientific-methodical journal
172
www.academiascience.uz
Organizmning fiziologik tizimlarining normal ishlashining
eng muhim sharti
kimyoviy birikmalarning sintezi, saqlanishi va chiqarilishi muvozanati, fermentativ
apparatlarning
optimal ishlashi, shuningdek, tashqaridan keladigan moddalarning
biologik faolligidir.
Jigar metabolizmning har bir bosqichida katta rol o'ynaydi va boshqa tizimlar
bilan birga tananing tashqi va ichki o'zgarishlarga
adekvat javob berishi uchun
javobgardir.
Atrof-muhit omillarining ta'siri kuchayishi, sanoat va kimyoviy sintez
mahsulotlari miqdori tobora ko‘payib borayotganligi,
jigarning kimyoviy moddalar
ta'siriga chidamliligini oshiradigan va toksik stress ta‘siriga javob reaksiya
funksiyalarini normallashtiradigan gepatoprotektorlar tobora muhim ahamiyat kasb
etmoqda [1].
Gepatotoksikantlarning ta'sir mexanizmi hilma-xil bo'lib, ular qaysi guruhga
mansubligiga bog'liq.
Umuman olganda, ularning zararli ta'siri lipidlarning perekisli
oksidlanishi kuchayishi tufayli gepatotsitlarning membranasi va ferment apparatini
o'zgartirishdan, shuningdek, toksik metabolitlar - gepatotoksin biotransformatsiyasi
hosilalari to'planishidan iborat. Shuning uchun jigarning toksik shikastlanish holatida,
birinchi navbatda, jigar hujayralari membranalarini funksional holatiga ta‘sir qiluvchi
omillarni cheklaydigan va ularning gistologik yaxlitligini ta'minlaydigan
antioksidant
terapiya qo'llaniladi [3].
Gepatotoksiklik
va
gepatoproteksiyani
o'rganishda
jigar
hujayralari
shikastlanishini modellashtirish uchun bir qator moddalar qo'llaniladi, ularning toksik
ta'sirini nazorat qilish mumkin. Bularga lipidlarni
perekisli oksidlanishini
boshlaydigan uglerod tetraxlorid (CCl
4
) kiradi. Uning metabolizm mahsulotlari ham
sitotoksik bo'lib, ularning aksariyati aldegidlardir. Uglerod tetraxloridning ta'siri
jigarning oqsil-sintetik funksiyasining o'zgarishi (umumiy oqsilning pasayishi),
gepatotsitlar o'tkazuvchanligining buzilishi(ALT,ASTsitoplazmatik fermentlarining
faolligini oshishi tufayli) va bilirubinning o‘t suyuqligiga sekretsiyasini oshishiga olib
keladi.[2;3]
Gepatoprotektiv ta'sirga ega bo'lgan moddalar nafaqat sintetik dorilarni,
balki
jigarni bir xil darajada himoya qiluvchi ta'sir ko'rsatadigan o'simliklardan ajratib
olinadigan polifenollarning gepatoprotetorlik xususiyati yuqoriligi alohida o‘rin
tutadi. Rutan preparati
Rhus coriaria
(Totum) o‗simligidan ajratib olingan polifenoli
kuchli antigipoksik, membranani barqarorlashtiruvchi, antiradikal, antioksidant
xususiyatlarga ega ekanligi va uning terapevtik samaradorligi virusga qarshi faolligi
mavjud bo‘lib,gepatoprotektiv xususiyatini o‘rganish alohida ahamiyatga ega [6].
“ILM-FAN VA TA’LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR”
MAVZUSIDAGI 23-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
Do'stlaringiz bilan baham: