Istiqbollari


Journal of Advanced Research and Stability



Download 0,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana10.07.2022
Hajmi0,5 Mb.
#770328
1   2   3   4   5   6   7   8
Journal of Advanced Research and Stability 
ISSN: 2181-2608 

www.sciencebox.uz/ 
819
“Lifelong Learning and Teaching Problems of XXI Century”
 
Special Issue | 2022

 
fransuzcha, nemischa kabi restoranlar bilan mashhur. Ularning ayrimlari narxlarining juda 
arzonligi bilan ajralib tursa, ayrimlari esa qimmatliligi bilan ajralib turadi. Odatda turistlar, qaysi 
mamlakatda bo‘lsalar, o‘sha mamlakatning oshxonasi bilan tanishishga qiziqadilar. Ko‘p 
hollarda mezbon shaharning qiziqarli milliy hamda arzon restoranlari haqida ma’lumot berib 
o‘tadi, milliy restoranlar bilan tanishtirish nuqtai nazarda ham sayohatlar tashkil etiladi. Masalan, 
Bavariyada turistlarni Bavariya (Germaniya) oshxonasi bilan, ya’ni mashhur oq sosiskalar 
hamda bavarcha pivo bilan mehmon qilishadi. Myunxenda esa turistni albatta «Xofbrayxaus»ga, 
ya’ni eng katta pivo zaliga olib borishadi. Avstriyada dunyoda eng mashhur bo‘lgan vencha 
shnitsellarni (katlet turi) tamaddi qilishga olib borishadi va albatta Italiyada esa tushlik 
ovqatlanish pastasiz (makaronli taom) o‘tmaydi. AQSH da va barcha ko‘pgina mamlakatlarda 
afg‘oncha, kolumbcha, hindcha, chexcha kabi restoranlar ishlab kelmoqda. So‘nggi paytlarda 
vegeterianlarga xos oshxonalar ham paydo bo‘la boshladi, yoki yahudiylar uchun maxsus 
tayyorlanadigan taomlar restoranlari ham faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 
O‘zbek oshxonasining eng mashhur taomlari palov, manti, do‘lma, hasip, qo‘y go‘shtidan kabob, 
somsa va tandir nondir. Shu bilan birga, mamlakatning turli ayni hududlarida u yoki bu taom 
turlicha hozirlanadi. Misol uchun, Farg‘ona palovi Samarqanddagidan umuman farqlanadi. 
Nomlari bir xil taomlarning har xil usulda tayyorlanishi Buyuk Ipak yo‘li davrlariga borib 
taqaladi. O‘sha vaqtlarda o‘zbek shaharlari Osiyodan ko‘plab savdogarlarni qabul qilgan. 
An’analar, urf-odatlar aralashuvi, yangi milliy taomlar va muhimi ziravorlar har bir qadimgi 
shaharni o‘ziga xos pazandalik markaziga aylantirdi. 
O'zbek milliy taomlari dunyo taomlari orasida eng shirin, xilma - xil taomlardandir. Sharq 
madaniyatida mehmonni dasturxonga turli shirinliklar, murabbolar qo'yish, shirin taomlar 
tayorlab olib kelish odatga aylangan. O'zbekiston xalqlari orasida ham bu odatlar juda 
rivojlangandir. O'zbek milliy taomlaridan juda ko'pchiligi sharqda ham, g'arbda ham 
mashhurligini inobatga olib,ularning gastronomik turizmda o’rni haqida ma’lumot beraman. 
O’zbekiston milliy taomlari dunyo taomlari orasida o’ziga xos mazza va jiloga ega. Shulardan 
biri palov katta ahamiyatga ega. 
Xususan, 2018 yilda “National Geographic” jurnali o‘tkazgan “National Geographic Traveler” 
mukofotida “Gastronomik turizm” nominatsiyasi bo'yicha ‘zbekiston birinchi o‘rinni egalladi. 
2019 yil 6 avgust kuni O‘zbekiston Gastronomik turizm assotsiatsiyasi o‘z eshiklarini ochdi. 
O‘zbekiston oshpazlar uyushmasining majlislar zalida mazkur tadbirga bag‘ishlangan tadbir 
respublika vazirlik va idoralari, mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida 
bo‘lib o‘tdi.Uyushmaning maqsadi – gastronomik turizm sohasida turli tadbirlar, jumladan, 
oʻzbek oshxonasining gastronomik tarixiga bagʻishlangan koʻrgazmalar, festivallar, forumlar, 
seminarlar, ilmiy konferensiyalar, davra suhbatlari, tanlovlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish, 
shuningdek, ushbu sohani amalga oshirishdan iborat. turizmni rivojlantirishga hissa qo'shadigan 
turli loyihalar. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, mamlakatimizda sayyohlik mavsumini 
uzaytirish maqsadida Uyushma tomonidan har yili noyabr oyida “Lazzat O‘zbekiston” milliy 
taomlari xalqaro festivali muntazam o‘tkaziladi, xalqaro sayyohlik agentliklari jalb qilinadi va 
O‘zbekiston bo‘ylab mintaqaviya gastronomik turlar tashkil etiladi. 
Uyushma raisi Gulnoza Odilova soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistonda "Oʻzbek milliy gastronomiyasi 
muzeyi" tashkil etilib, u xorijlik sayyohlar uchun oʻzbek milliy taomlari va uning tarixini keng 
koʻlamli taqdim etish imkonini beradi. Muzeyda, shuningdek, xalqaro ilmiy konferensiyalar va 
mamlakat sayyohlik agentliklari uchun taqdimotlar o‘tkaziladi. 
Ochilish marosimida Assotsiatsiya o‘zining maqsadi, faoliyati va a’zolik shartlari haqida so‘zlab 
berdi hamda Respublikamizdagi restoranlar, kafelar, umumiy ovqatlanish korxonalari haqida 



Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish