Journal of Advanced Research and Stability
ISSN: 2181-2608
www.sciencebox.uz/
817
“Lifelong Learning and Teaching Problems of XXI Century”
Special Issue | 2022
O'ZBEKISTONDA GASTRONOMIK TURIZM VA UNING RIVOJLANTIRISH
ISTIQBOLLARI
Ruziyev Bobur
Qardu O’qituvchisi
Norkulov Parviz, Bobomurodova Shoxsanam
QarDU talabasi
Annotatsiya:
Gastronomik turizm, yoki oshxona turizmi: turizmning asosiy turlaridan biri boʻlib,
asosiy maqsadi, sayyohlarning ma’lum bir mamlakatga, sayohat qilishi asnosida, oʻsha
davlatning milliy oshxonasi va ovqatlanish madaniyati bilan ham, yaqindan tanishtirishdir.
Kalit so'zlar: gastroturizm, agroturizm, shahar turizmi, gastronomik turizm assotsiatsiyasi.
Gastronomik sayyoh, birinchi navbatda, madaniyatning
ajralmas qismi hisoblangan, milliy va
anʼanaviy taomlarni, tayyorlash jarayoni,
dasturxonga tortish usullari, ovqatlanish tartibi va
pozitsiyalarini, ko‘rish va bilish barobarida, sayohat qilayotgan davlatining,
tarixini,
iqtisodiyotini, davlat siyosati hamda mahalliy aholining eʼtiqodlarini o‘rganadi.Gastronomik
turizm yangi va rivojlanayotgan bozor sifatida ortib borayotgan qiziqish uyg'otmoqda. Bu
mahalliy oshxonadan tatib ko'rmoqchi bo'lgan ko'plab sayyohlarni (yoki ovqat iste'molchilarini)
jalb qilmoqda va bu yangi va ekzotik joylarga sayohat qilishning asosiy sabablaridan biridir.
Ham global, ham mahalliy miqyosda sayohat qilishga undaydigan kuchlardan biri bu
mamlakatning mahalliy va qishloq taomlari haqida chuqur bilimga ega bo'lishdir. Ko'plab
mahalliy taomlar ko'p asrlar davomida o'tib kelgan va mintaqa madaniyati va merosini
o'rganishning muhim vositasiga aylangan an'anaviy retseptlar bo'yicha tayyorlangan
Gastronomik turizm, odatda ikki turga bo‘linadi;
Agroturizm, dala (qishloq) gastronomik turizmi; Sayohat qilinayotgan davlatning, ekologik toza
mahsulotlari (meva va sabzavotlar,
poliz mahsulotlari, uzumchilik) ni, hosilini yig’ish yoki
qadoqlashni o’z ko’zi bilan ko’rish va mahsulotlarni ta’tib ko’rish tushiniladi [1-12].
Shahar gastronimik turizmi, mahalliy mahsulotlarni qayta ishlaydigan va ishlab chiqaradigan
korxonalar, milliy taomlar tayyorlaydigan ovqatlanish shaxobchalarida, oziq-ovqat do’konlariga
va boshqa ob’yektlarga, tashrif buyurib, ularni o’rganish va ta’tib ko’rishni o’z ichiga oladi.
Prezidentimizning 2019 yil 5 yanvardagi O’zbekiston Respublikasida
turizmni jadal
rivojlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi 5611-sonli Farmonida diyorimiz
hududlarida turizmning istiqbolli turlari, shu jumladan gastronomik turizm salohiyatini hisobga
olgan holda yangi turizm dasturlarini ishlab chiqish vazifasi belgilangan. Taʼkidlash joizki,
O‘zbekistonning gastronomik salohiyati ko‘plab xorijlik sayyohlarimiz tomonidan doim yuqori
baholanib kelinadi. Shu bilan birga, mamlakatimiz National Geographic
tanlovida eng yaxshi
gastronomik yo‘nalish g‘olibi sifatida eʼtirof etilgan [13-30]. Bundan tashqari, O‘zbekiston
Butunjahon turistik tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan #SayohatErtaga gastronomik
kampaniyasida qatnashmoqda. Bularning bari O‘zbekistonda gastronomik turizmni
rivojlantirishga yuqori darajada eʼtibor qaratilayotganidan darak beradi.
O‘zbek oshxonasi ko‘proq qo‘y go‘shtidan
foydalanish, mol va ot go‘shti birmuncha kamroq
qo’llanilishi bilan e’tiborlidir.O'zbek milliy taomlari dunyo taomlari orasida eng shirin, xilma -