9-AMALIY MASHGU’ULOT
MAVZU:TURISTIK MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH OMILLARI
Odatda turistlar, qaysi mamlakatda bo‗lsalar, o‗sha mamlakatning oshxonasi bilan tanishishga qiziqadilar. Ko‗p hollarda mezbon shaharning qiziqarli milliy hamda arzon restoranlari haqida ma‘lumot berib o‗tadi, milliy restoranlar bilan tanishtirish nuqtai nazarda ham sayohatlar tashkil etiladi. Masalan, Bavariyada turistlarni Bavariya (Germaniya) oshxonasi bilan, ya‘ni mashhur oq sosiskalar hamda bavarcha pivo bilan mehmon qilishadi. Myunxenda esa turistni albatta «Xofbrayxaus»ga, ya‘ni eng katta pivo zaliga olib borishadi. Avstriyada dunyoda eng mashhur bo‗lgan vencha shnitsellarni (katlet turi) tamaddi qilishga olib borishadi va albatta Italiyada esa tushlik ovqatlanish pastasiz (makaronli taom) o‗tmaydi. AQSH da va barcha ko‗pgina mamlakatlarda afg‗oncha, kolumbcha, hindcha, chexcha kabi restoranlar ishlab kelmoqda. So‗nggi paytlarda vegeterianlarga xos oshxonalar ham paydo bo‗la boshladi, yoki yahudiylar uchun maxsus tayyorlanadigan taomlar restoranlari ham faoliyat ko‗rsatib kelmoqda.
Ovqatlanishning turlari bu ertalabki nonushta, yarim pansion, to‘liq pansion doimo turistik xizmatlar ko‘rsatish tarkibida belgilangan bo‘ladi. Yarim pansionda (ikki marta ovqatlanish) ertalabki nonushta va tushlik yoki kechki ovqat nazarda tutilgan bo‘ladi. Pansion – bu uch martalik ovqatlanishdir. Qimmatbaho xizmat ko‘rsatish variantlarida butun kun davomida va hattoki tunda istalgan vaqtda va istalgan miqdorda ovqatlanish hamda ichimliklar (spirtli ichimliklarni ham qo‘shib hisoblaganda) ichish imkoniyati nazarda tutilishi mumkin.
Nonushta masalasida eng Yaxshisi shundaki, turist mehmonxonadan tashqariga chiqmasligi kerak, garchi ovqatlanish joylari nazarda tutilmagan, turistlarga esa yaqinroqda joylashgan restoranda ovqatlanish mumkinligi tavsiya qilingan joylashtirish vositalari ham mavjud bo‗lsada. Bunday hollarda joylashtirish xizmatining narxi keskin pasayib ketadi.
Masalan, 40% gacha turistlar Misr va Hindistonga borganlarida diareyadan aziyat chekadilar. Ayniqsa, ko‗chadagi mayda sotuvchilar qo‗lidagi suv 122
va ovqat shuningdek, restoranlardagi sifatsiz taomlar xavflidir. Ayrim toifadagi turistlar ruhida diniy belgilar bo‗yicha umumiy qabul qilgan cheklanishlar (cho‗chqa go‗shtini iste‘mol qilmaslik, ro‗za tutish), vegetarianlarni o‗ziga xos talablari, bolalar ovqati talablarini ham hisobga olish kerak. Ovqatlanishga bo‗lgan bunday talablarning o‗ziga xosligini turistlar tur sotib olayotganlarida ko‗rsatishlari kerak.
Restoran xo‗jaliklarida chet ellik turistlarini qabul qilish muhim ahamiyatga egadir. Chunki chet ellik turistlarga odatda ovqat yeyishni tashkil qilish alohida zallarda yoki umumiy zalning chegaralangan qismida amalga oshirilib ularga xizmat ko‗rsatish juda ham e‘tibor va did bilan tayyorlangan joylarda bo‗lishi kerak. Turistlarni restoran hududida ovqatlanish jarayoni restoran binosidagi savdo zallari va qo‗shimcha yordamchi xonalarni tartibga keltirish, stol va stullarni qabul qilingan tartibda qo‗yish, idish-tovoq olish, stollarga dasturxonni yoyish, tushlik stollarini va ofitsiantlarni ishga tayyorlash jarayonlari kiradi. Restoran ishni tashkil qilish uning binosini ichki va tashqi ko‗rinishini go‗zal bo‗lishi va restoran ochilishiga qadar tayyor bo‗lishi kerak.
Shuningdek, turistlarni turli xildagi servislardan foydalanishi uchun imkoniyatni yaratib qo‗yish kerak. Turistlarni qabul qilish va ularga sifatli xizmat ko‗rsatish maqsadida xodimlar restoran korxonasidagi mebellarni joylanishiga ham e‘tibor qaratish kerak, stollarni to‗g‗ri chiziq yoki shaxmat tartibida o‗rnatish, o‗rtalaridan bemalol yura oladigan bo‗lishi, shuningdek, boshqa jihozlarni ham turistlarni hohish irodasi, qaysi yurtdan kelayotganini va hokazolarni hisobga olgan holda ta‘min etish kerak.
Xalqaro turistlarni ovqatlantirish turizm faoliyatida turistlar uchun xizmat ko‗rsatishning muhim qismini tashkil etadi. Shuning uchun ham turistlar uchun xizmat ko‗rsatish turi ikki qismdan iborat: birinchisi - oshxona va boshqa oziq-ovqatlarni sifati va assortimenti, ikkinchisi-oziq-ovqat va xizmatlarni iste‘molchilarga sotishda sifat jarayonini takomillashtirishdir. Sifat va assortiment umumiy ovqatlantirish korxonalarining turiga va uni turli kategoriyalariga qaramasdan barcha uchun bir xil ahamiyatga egadir. 123
Oziq-ovqat va xizmatlarni turistlarga sotish va iste‘molchilarni talablarini qondirish shartlaridan biri bu o‗z vaqtida mahsulotlarni sotish va barcha talab qilingan xizmatlarni qondirishdan iboratdir. Masalan: korxonada yoki mehmonxonalarda tez xizmat ko‗rsatish hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‗lib, bularga buyurtma qilingan taomning stolga berilishi tezligi va mijozning o‗zini-o‗ziga xizmat qilishi kiradi.
Restoranlarda esa xizmat qilish sifati mehnat turlari ya‘ni xodimlarni qaysi xizmat bilan shug‗ullanishga bog‗liq bo‗ladi. Bularga ma‘muriy xizmat, ofitsiantlar, garderobdagilar va boshqalar shu xizmat ko‗rsatuvchilar qatoriga kiradi. Ovqatlanish sohasida taom va ichimliklarni o‗rnatilgan sertifikatsiya va standartlar asosida va belgilangan narxlarda iste‘molchilarga yetkazish asosiy talablardan biridir.
Ovqatlantirish xizmatidagi asosiy sohalar21 Ovqat va ichimlik sotuvi hajmi. 2009
|
Sotuvlar (mlrd dollarda)
|
Umumiy foizi
|
Ovqatlanish joylari
|
377,9
|
66,8
|
Barlar va tavernalar
|
17,1
|
3,0
|
Turar joylardagi ovqatlantirish xizmatlari
|
27,9
|
4,9
|
Bajariladigan xizmatlar
|
40,1
|
7,1
|
Boshqa tijoratlar
|
52,9
|
9,3
|
Ovqatlantirish xizmatiga egalik qiluvchi tashkilotlar
|
47,8
|
8,4
|
Harbiy
|
2,1
|
0,4
|
Umumiy
|
565,9
|
100 %
|
Do'stlaringiz bilan baham: |