96
5. Ushbu rasmlardagi insonlarni taniysizmi? Ular qaysi sohalardagi
yutuqlari bilan bizga o‘rnak bo‘lmoqda?
«Biz hech kimdan kam bo‘lmaymiz» mavzusidagi
amaliy mashg‘ulot uchun adabiyotlar
1. Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.
Toshkent,
«Ma’naviyat»
nashriyoti, 2013-yil, 94–96-betlar.
2. Islom Karimov. Vatan va xalq mangu qoladi. Toshkent, Alisher Navoiy
nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2010-yil, 13–16-betlar.
3. Ma’naviy yuksalish yo‘lida. Toshkent, «Ma’naviyat» nashriyoti, 2008-
yil, 16–20-betlar.
4. XXI asr: istiqbolimiz timsollari. Toshkent, «O‘zbekiston» nashriyoti,
2001-yil.
5. Iqbol Mirzo. Agar jannat ko‘kda bo‘lsa... Toshkent, «Sharq» nashriyot-
matbaa aksiyadorlik
kompaniyasi bosh tahririyati, 2010-yil, 5–8-betlar.
3
4
1
2
97
TA’LIM VA TARBIYA UYG‘UNLIGI
Aziz o‘quvchi, har qanday yurtning kuch-qudrati, avvalo, uning
xalqi va farzandlarining salomatligiga bevosita bog‘liq.
Inson tanasi o‘z vazifasini to‘liq ado etish quvvatiga ega
bo‘lsa, uni sog‘lom deymiz. Sog‘lomlik ikki xil bo‘ladi. Birin-
chisi – jismoniy sog‘lomlik, ikkinchisi esa – ma’naviy sog‘lomlik.
Agar odamning jismi ham, ruhi ham sog‘lom bo‘lsa, to‘laqonli
inson hisoblanadi va u komil insonga aylanishi mumkin. Buning uchun
u
jismini ham, ma’naviyatini ham doimiy ravishda chiniqtirib, tarbiyalab
borishi lozim. Bunday takomillashuv jarayoni bir umr davom etadi.
O‘zidan qoniqmasdan, doimo oldinga, yetuklik va mukam-
mallikka intilib yashaydigan inson barkamol insondir.
Demak, komil bo‘laman degan inson hamisha ezgulikka intilib
yashashi lozim. Bunda uning qanday kasb egasi, qaysi toifa yoki millat
vakili ekani muhim emas. Oddiy cho‘pon yoki quruvchi bo‘laturib,
o‘z kasbi, halol mehnati orqali shon-shuhrat topgan yuzlab odamlar
oramizda ko‘p. Yoki dunyo miqyosida san’at, ilm-fan,
sport sohasida
buyuk kashfiyotlar qilgan insonlarni bir esga olaylik. Ularning har
biri turli millat va elatga, kasb-kor sohasiga mansub. Lekin bu hol
ularning insoniy kamolotiga xalal bermaydi,
aksincha, yordam berishi
mumkin.
Ayniqsa, insonning Vatani va xalqiga bo‘lgan muhabbati e’tiqod
darajasiga ko‘tarilsa, uning fazilatlari yanada ortadi. Komillik daraja-
siga yetgan insonlar qiyofasida nafaqat ular mansub bo‘lgan xalq va
Vatan, balki butun insoniyatga xos eng oliyjanob xususiyatlar namoyon
7 – Vatan tuyg‘usi, 6-sinf
98
bo‘ladi. Masalan, Suqrot,
Alisher Navoiy, Shekspir, Mahatma Gandi
kabi buyuk zotlar ham o‘z xalqining, ham butun insoniyatning mu-
nosib farzandlari hisoblanadi. Chunki
ularning siymosida butun
bashariyat ahli o‘zi orzu qilgan fazilatlarni ko‘radi.
Do'stlaringiz bilan baham: