Milliy g ‘ oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi



Download 4,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/70
Sana10.07.2022
Hajmi4,3 Mb.
#770086
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70
Bog'liq
Vatan tuyg\'usi. 6-sinf (2015, X.Sultonov, M.Qarshiboyev)

Ma’rifat markazi


94
Lekin bugungi kunda Vatanimizning kelajagini ko‘rolmaydigan,
uning buyuk davlatlar qatoridan joy olishini istamaydigan kuchlar
ham topiladi. Ular avvalo yurtimiz istiqbolini belgilab beradigan yosh
avlodni o‘z ta’siriga olmoqchi, shu tariqa mamlakatimiz kelajagiga
bolta urmoqchi bo‘ladi. Bunday xavf-xatarlarga xalqaro terrorchilik
va ekstremizm, diniy aqidaparastlik, har xil zararli mafkuraviy oqimlar,
axloqsizlik, «ommaviy madaniyat» niqobi ostidagi soxta madaniyat
namunalari, giyohvandlik, ichkilikbozlik, kashandalik kabi illatlar
kiradi.
Hozirgi kunda yoshlarning yo‘lida g‘ov-to‘siq bo‘layotgan salbiy
holatlarga qarshi kurashishning eng samarali yo‘li – bilim va ma’rifat-
dir. Shuning uchun mamlakatimizda ta’lim sifatini yaxshilashga,
yoshlarni mard va barkamol insonlar qilib tarbiyalashga katta e’tibor
berilmoqda. Chunki jahon faqat mard va kuchli, o‘zining iste’dodi,
bilim va tajribasiga tayanib yashaydigan insonlarni tan oladi va hurmat
qiladi. Shunday darajaga yetish uchun esa tinimsiz o‘qib-o‘rganish,
ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan kuchli bo‘lish lozim.
Siz xalqaro sport olimpiadalarini, boshqa nufuzli musobaqalarni
ko‘rganmisiz? Ularda qaysi mamlakatning bayrog‘i ko‘proq ko‘tarilib,
davlat madhiyasi ko‘proq jaranglaydi? Qaysi mamlakatning sportchi
yoshlari ko‘proq oltin medallarni qo‘lga kiritsa!


95
Shuning o‘ziyoq mardlari, kuchli
farzandlari ko‘p yurtni butun dunyo tan
olishi va hurmat qilishini ko‘rsatadi.
Aziz o‘quvchi, shuni esda tutingki,
ozod Vatanimizni ulug‘lash uchun
barchamiz, avvalo, zimmamizdagi far-
zandlik burchimizni sidqidildan ado
etishimiz zarur. O‘z kasbimizni puxta
egallab, amaliy ishimiz bilan ona yur-
timiz ravnaqiga hissa qo‘shishimiz lo-
zim. Siz iste’dodi va mahorati bilan
mamlakatimiz nomini dunyoga yoyish-
ga xizmat qilayotgan yoshlarimiz
haqida televideniye, radio va gazeta-
lar orqali xabardor bo‘lsangiz kerak.
Ayniqsa, xalqaro toifadagi hakam,
«O‘zbekiston iftixori» unvoni sohibi
Ravshan Irmatov, og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempioni Ruslan
Nuriddinov, shaxmat bo‘yicha xalqaro grosmeyster Nafisa Mo‘minova
kabi opa va akalaringizning sport sohasidagi faoliyatidan o‘rnak olib,
ular kabi Vatanimizni o‘z iste’dodingiz bilan dunyoga tanitishga intilib
yashash sizlar uchun ham asosiy maqsad bo‘lishi kerak.
Odam uchun kindik qoni tomgan qadrdon o‘lkada yashash qan-
chalik ulug‘ baxt bo‘lsa, uning kelajagini barpo etishda ishtirok etish
shunchalik katta sharafdir. Sizning zimmangizda ham ana shunday
mas’uliyatli vazifa borligini hech qachon unutmang.

Download 4,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish