Milliy g ‘ oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi



Download 4,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/70
Sana10.07.2022
Hajmi4,3 Mb.
#770086
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70
Bog'liq
Vatan tuyg\'usi. 6-sinf (2015, X.Sultonov, M.Qarshiboyev)

3
4
1
2
?


91
VATANNI ULUG‘LASH
Aziz o‘quvchi, ona Vatanimiz tug‘ilgan kunimizdan boshlab bizga
bor mehrini beradi. Uning bag‘rida sog‘-salomat o‘sib-ulg‘ayishimiz
uchun barcha sharoitlarni yaratadi. Vaqti kelib, biz yetuk inson bo‘l-
ganimizda Vatan oldidagi qarzimizni uzish, unga sadoqat bilan xizmat
qilish asosiy burchimiz va vazifamizga aylanadi.
Yoshlar hamma zamonlarda ham millat suyanchi, xalq-
ning tayanchi bo‘lib kelgan.
Xalqimiz «Yoshlar – Vatan kelajagi» deydi. O‘zining kelajagini
o‘ylagan har qanday davlat, avvalo, yoshlar tarbiyasiga katta e’tibor
beradi. Yaponiya davlati Ikkinchi jahon urushida mag‘lubiyatga uchrab,
juda ko‘p zarar ko‘rgan edi. Uning Xirosima va Nagasaki degan sha-
harlariga tashlangan atom bombasining fojiali oqibatlari hozirgacha
bu yurt odamlarini bezovta qilib kelmoqda. Shunday og‘ir va murakkab
ahvolga tushib qolganiga qaramasdan, bu davlat urushdan keyin yoshlar
tarbiyasiga katta e’tibor berdi. Birinchi galda ta’lim tizimi isloh etildi.
Buning natijasida yoshlar eng zamonaviy bilimlarni egallab, o‘z yurtini
jahonda yetakchi o‘rinlarga olib chiqdi. Millionlab vatanparvar yosh-
larning kuch-g‘ayrati va fidoyiligi bilan bugungi kunda Yaponiya
dunyodagi eng qudratli davlatlardan biriga aylandi.
Yoki mamlakatimiz tarixining o‘tgan asr boshlaridagi davriga e’tibor
beraylik. O‘sha paytda qalbi va ongi ma’rifatga intilish tuyg‘usi bilan
to‘lgan yurtimiz yoshlari taraqqiyot g‘oyalarini o‘rtaga tashlab, gazeta-
jurnallar nashr ettirish, maktablar ochish, teatr tomoshalari qo‘yish,
xayriya jamiyatlari tuzish kabi ezgu ishlar bilan shug‘ullangan. Xususan,
Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy,


92
Abdulla Avloniy kabi vatanparvar bobola-
rimiz ilk asarlarini yozib, ma’rifatchilik
faoliyatini boshlaganida hali yosh o‘spirin
edilar. Ammo, afsuski, sobiq sho‘ro tuzumi
ularning oliyjanob intilishlariga yo‘l ber-
madi. Bu zotlarning aksariyati o‘sha yovuz
tuzum qurboniga aylandi, lekin ularning
ibratli ishlari, ezgu an’analari mustaqillik
yillarida qayta tiklandi va davom ettirilmoq-
da. Masalan, aynan ana shu ajdodlarimiz
asos solgan milliy teatr – bugungi O‘zbek
milliy akademik drama teatrining 100 yillik
yubileyi 2014-yilda mamlakatimizda keng
nishonlandi.
Tarixning ana shunday saboqlarini hisobga olgan holda, bugungi
kunda mamlakatimizda yoshlar tarbiyasiga katta e’tibor berilmoqda.

Download 4,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish