3-misol. Birinchi kitob javonida 3 ta matematika va 6 ta fizika, ik-
kinchi javonda esa 5 ta matematika va 4 ta fizika kitob joylashgan. Bi-
rinchi javondan tavakkaliga 3 ta kitob olinib, ikkinchi javonga joy-
lashtirildi. Keyin ikkinchi javondan bitta kitob olindi. Agar bu olingan
kitob matematikaga oid bo„lsa, birinchi javondan ikkinchi javonga olin-
gan 3 ta kitobning hammasi matematikaga oid bo„lishi ehtimolligi
qancha?
Yechish: Quyidagi belgilashlarni kiritamiz:
‒ ikkinchi javonga olingan kitob matematikaga oid;
‒ birinchi javondan ikkinchi javonga 3 ta matematika kitob
joylashtirilgan;
121
‒ birinchi javondan ikkinchi javonga 1 ta matematika va 2 ta
fizika kitob joylashtirilgan;
‒ birinchi javondan ikkinchi javonga 2 ta matematika va 1 ta
fizika kitob joylashtirilgan;
‒ birinchi javondan ikkinchi javonga 3 ta fizika kitob joylash-
tirilgan.
‒ hodisalar to„la guruhni tashkil qiladi. U holda to„la ehti-
mollik formulasiga ko„ra,
va
̅̅̅̅
shartli ehtimollarni hisoblaymiz:
Topilgan natijalarni to„la ehtimollik formulasiga qo„yamiz:
ehtimolllikni esa Bayes formulasi bo„yicha topamiz:
Misollar
122
1. Asbob ikki rejimda: normal va normal bo„lmagan rejimda ishlashi
mumkin. Asbob ishlash hollarining 90% ida normal rejim, 10% ida esa
normal bo„lmagan rejim kuzatiladi. Asbobning T vaqt ichida normal
rejimda ishdan chiqish ehtimoli 0,1 ga, normal bo„lmagan rejimda
ishdan chiqish ehtimoli esa 0,6 ga teng. Asbobning T vaqt ichida ishdan
chiqish ehtimolini toping.
J: 0.15
2. Zavodda mahsulotning 30% ini 1-sex, 45% ini 2-sex, qolgan 25% ini
3-sex ishlab chiqaradi. 1-sex o„zi berayotgan mahsulotning 0,5 % ini, 2-
sex 1 % ini, 3-sex esa 0,4% ini sifatsiz chiqaradi. Tavakkal olingan bitta
mahsulotning sifatsiz chiqish ehtimolini toping.
J:
3. Nishonga tekkizish ehtimoli mos ravishda 0,8; 0,7; 0,9 bo„lgan uchta
mergan nishonga bittadan o„q uzishdi. a) tavakkal tanlangan merganning
nishonga tekkizish ehtimolini toping; b) nishonga bitta o„q tekkani
ma‟lum. Bu o„qni nishonga ikkinchi mergan tekkizgani ehtimolini
toping.
J: a)
b)
4. Imtihonga eng oxirgi kirgan talaba qolgan 6 ta biletdan tavakkaliga
bittasini oldi. Uning bu biletlarning har biriga javob berib ijobiy baho
olish ehtimoli mos ravishda quyidagicha: 0,5; 0,5; 0,6; 0,7; 0,8; 0,9.
Talabaning ijobiy baho olish ehtimoli qancha?
J:
5. Yashikda kamida bittasi sifatli bo„lgan 3 ta detal bor. Yashikdan
tavakkaliga bitta detal olinadi. Agar yashikdagi sifatli detallar soni
haqidagi barcha taxminlar teng imkoniyatli bo„lsa, olingan detal sifatli
ekanligi ehtimolini toping.
J:
6. Avtomatik liniyaning ish rejimi normal rejimdan chetlanganligi haqi-
dagi ogohlantirish uchun indikatordan foydalaniladi. U liniyaning
normal ishlashi buzilganida ishga tushish ehtimoli mos ravishda 1; 0,75
va 0,4 bo„lgan uchta tipning biriga 0,2; 0,3 va 0,5 ehtimollar bilan
tegishli bo„ladi. Indikatordan signal qabul qilindi. Indikatorning qaysi
tipga tegishli bo„lishi haqiqatga yaqinroq?
J: birinchi tip uchun 0,32 ga, ikkinchi tip uchun 0,36 ga, uchinchi tip
uchun 0,32 ga teng. Ikkinchi tip haqiqatga yaqinroq.
123
Do'stlaringiz bilan baham: |