251
ko’plab mamlakatlar o’tmoqda. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Hamdo‘stlik mamlakatlari ichida
birinchilardan bo‘lib raqamli televideniani joriy etishga kirishdi. Raqamli televidenia axborot
uzatishning raqamli usullaridan foydalangan holda televizion signallarni tarqatish tizimidir.
Raqamli usullar televizion signalni siqib uzatish imkonini beradi. Bu, axborot uzatishda kichikroq
chastota manbasidan foydalanish uchun qulaylik tug‘diradi. Shuningdek, raqamli teleradio-
eshittirishning hozir foydalanilayotgan analog televizion signallar polosasida turli (6 tadan 18
tagacha) raqamli telekanallarni tashkil etish imkonini beradi.
O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh aloqa tarmog‘i orqali davlat va nodavlat televidenialarining
teleradiodasturlarini tarqatish yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda mamlakatimiz telekommuni-
katsiyalar tizimi dunyoning 180 ta mamlakatiga 28 ta yo‘nalish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri
chiqadigan xalqaro kanallarga ega. Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini
ta’minlash demokratik islohotlar umumiy strategiyasining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish konsepsiyasida sohani rivojlantirishga oid 4 qonun loyihasi va amaldagi qonunlarga
tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha amaliy takliflar berildi.
«Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida» Qonun ishlab chiqish va qabul qilish tashabbusi shular
jumlasidandir. Teleradioeshittirish tizimi axborot texnologiyalari sohasining muhim va tez
rivojlanayotgan tarmoqlaridan biridir. U jamiyatni demokratlashtirishda muhim o‘rin
tutadi. «Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida» Qonun qabul qilinishi teleradiodasturlar tayyorlash va
uzatish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarni tizimli tartibga solish, teleradiodasturlarni
tayyorlash va tarqatish sohasida raqobatni yanada kuchaytirish, teleradiodasturlarni uzatish
borasida mobil va raqamli televidenia kabi ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, telein-
dustriyaning istiqbolli yangi tarmoqlarini tashkil qilish uchun zarur shart-sharoit yaratish,
teleradioeshittirishlar sohasini mustaqil industriya sifatida qayta tashkil etishga zamin yaratadi.
Bir so‘z bilan aytganda, tizimdagi ishlar ko‘lami juda keng. Kutilgan natijaga erishish katta
mehnat talab etadi. Raqamli teleeshittirishlar tizimining samarali joriy qilinishi sohada yangi
imkoniyatlar eshigini ochadi. Hususan, yangi telekanallar soni ko‘payadi. Bu, o‘z navbatida,
telekanallarning ijtimoiy yo‘nalishi va badiiy xilma-xilligini oshirishga, sifatli axborot uzatish
bo‘yicha sog‘lom raqobat muhiti shakllanishiga yo‘l ochadi. Raqamli teleradioeshittirish tarmog‘i
rivojlanishi pirovardida fuqarolarning axborot texnologiyalari sohasidagi Konstitutsiyaviy hu-
quqlarini ta’minlanishiga, jamiyatda so‘z va axborot erkinligi kuchayishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: