Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги муҳаммад ал-хоразмий номидаги


ZAMONAVIY KOMPYUTER MAXSUS EFFEKTLARI VA ULARNI QO`LLASHDA



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/321
Sana10.07.2022
Hajmi7,61 Mb.
#768599
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   321
Bog'liq
591c3149ad5ef

ZAMONAVIY KOMPYUTER MAXSUS EFFEKTLARI VA ULARNI QO`LLASHDA 
AMALIY DASTURLAR TO`PLAMI 
 
F.F.Saidov (TATU, assistent) 
Elektronika va kibernetikaning rivojlanishi asosida va tasvirlarni qayta ishlashni 
kompyuter dasturlarida amalga oshirish natijasida yuzaga kelgan yangi vositalar, ularning keng 
tarqalishi tasviriy san'atda yangi bir yo'nalish – kompyuter grafikasining paydo bo'lishiga olib 
keldi. Bu esa sanoat va maishiy dizayn ko'rinishini o'zgarishiga olib keldi. “Kompyuter grafikasi” 
termini endilikda kino sanoatida “kompyuter maxsus effektlari” deb qo'llanilmoqda.
Texnologik rivojlanishning har bir yangi turi materiallar badiiy talqini uchun yangi 
imkoniyatlar yaratadi va ularning ijodiy rivojlanishini talab qiladi. Bu esa rejessyor yoki rassom 
uchun, ekranning badiiy ifodasi kompyuterlashtirish vositasi sifatida juda ham muhim 
hisoblanadiki, o'z navbatida bu oddiy masala emas va jiddiy o'rganishni talab etadi.
Kompyuter maxsus effektlarning paydo bo'lishi kino, musiqali kliplar va teleko'rsatuvlar 
uchun muhim o'zgarishlar davrini boshlab berdi. Bu esa mazkur sohalarda yangi imkoniyatlar 
bilan birga yangi muammolarni yuzaga keltirdi. Agar biz yangi texnika va texnologiyalardan 
samarali foydalanishni xoxlasak, ushbu muammo va imkoniyatlarni aniqlab olishimiz kerak 
bo'ladi.
Kompyuter maxsus effektlarida biz unutmasligimiz lozim bo'lgan jihalar kiritilgan: 
kompyuter animasiyasi va kompyuter grafikasi elementlari kinodagi tasvir sifatiga juda kuchli 
ta'sir ko'rsatadi, va, ehtimol shuning uchun ular tomoshabinlarga ma'qul bo'ladi. Maxsus effektlar 
o'z-o'zidan filmning tasviriy tarkibida zamonaviy yondashuv belgilari hisoblanadi, masalan, 
kompyuter animasiyasi yordamida yaratilgan «Ko'rinmas odam» filmi. Ushbu filmning 
tomoshabinlar ma'qul bo'lishini, rejissyor yaxshi ishlagani yoki ssenariy yaxshi yozilgani, va 
shuningdek kinoda shu vaqtgacha hech kim ko'rmagan maxsus effektlardan foydalanilgani bilan 
belgilash mumkin. Ushbu filmda eski effektlar takrorlanmaydi, ko'rinmas odam va boshqa 
qahramonlar o'rtasidagi nizo ishonarli ko'rinishda aks etgan. 
Shuni ham aytish o'rinliki, kompyuter elementlari film yaratilishi davomida xarajatlarini 
kamaytiradi, va aynan shuning uchun yangi kino shakllanishida muhim rol o'ynaydi. Mavjud 
binolar, kemalar, samolyotlar yoki boshqa transport vositalarining portlashi juda qimmatga 
tushadi. Shu sababli kinoijodkorlar eng yuqori effektlarga erishish uchun ko'proq maketlar va 
kompyuter texnologiyalariga murojaat qilishmoqda. 
Yana bir muhim masala bor. Agarda kinoijodkorlar har doim kompyuter maxsus 
effektlardan foydalanishi va bugungi tomoshabinlar bunga asta-sekin ko'nikishadigan bo'lsa, u 
holda ko'pgina filmlar reallik hissini, ahamiyatini yo'qotishi mumkin. Bu xavf yanada 
oydinlashadi. Shu munosabat bilan, biz filmlarda chegara bilmas darajada kompyuter animasiyasi 
effektlaridan foydalana olmaysiz. Biz shunday vaqtda yashayapmizki, bugungi kunda ko'pgina 
filmlarni tomoshabin ko'rishi mumkin, ammo bunga ko'pchilik ishonishmaydi. Bu esa kino 
sanoatida kompyuter texnologiyalarining kirib kelishi bilan bog'liqdir. Kompyuter animasiyalari 


260 
va maxsus effektlarsiz bugungi kunda kino, televidenie va reklamani mukammal tarzda olishning 
imkoni yo'q. Bunga erishish uchun kompyuter maxsus effektlarini berish va tasvirlar ustida 
ishlashga mo'ljallangan ko'plab dasturiy vositalar mavjud. 
Uch o'lchovli animatsiyalar vujudga kelishi bilan 3D-paketlar ikki o'lchovli 
animatsiyalarni surib chiqardi. Ammo ikki o'lchovli animasiyalardan foydalanish etarli bo'lgan 
sohalar ham mavjudki, bunda ikki o'lchovli animatsiyalar yaratish dasturlari ishlatiladi. Xususan, 
Adobe Flash, Animator Pro va Animo kabi dasturlarda ko'plab multfilmlar va xarakatlanuvchi 
jarayonlar aks etgan vizual tasvirlar yaratilib kelinmoqda. 
Uch o'lchamli animatsiya texnologik jihatdan qo'g'irchoqni yaratishga o'xshaydi: dastlab 
ob'ekt karkasi yaratiladi, unga materiallar qoplanadi, bularning barchasi yagona sahnaga 
birlashtiriladi, yorug'lik va kamera o'rnatiladi, so'ngra filmning kadrlar soni va predmetlar harakati 
beriladi. Nima sodir bo'lishini kamera yordamida ko'rish mumkin, bunda kameraning o'zi ham 
xarakatlanadi. Uch o'lchamli fazoda ob'ektlar harakati traektoriya bo'yicha, asosiy kadrlar va 
murakkab konstruksiyalar qismlarining harakatini bog'lovchi formulalar orqali beriladi. Kerakli 
harakat, yorug'lik va materiallar tanlab olingach, vizuallashtirish jarayoniga beriladi. Ma'lum 
vaqtdan ichida kompyuter barcha kerakli kadrlarni hisoblab chiqadi va bizga tayyor filmni taqdim 
etadi. 
Uch o'lchovli modellashtirishga mo'ljallangan asosiy dasturlarning qisqacha tavsifi: 
1. Autodesk 3D Studio Max – ancha keng tarqalgan, shuningdek grafik paketni o'zlashtirish 
nisbatan oson. Qo'shiladigan modul V-Ray real ob'ektlar va intererlarni yaratish imkonini beradi.
2. Autodesk Maya – boshqa dasturlar bilan taqqoslaganda bir qator afzalliklarga ega 
bo'lgan muhim grafik paket hisoblanadi. Unga qo'yidagilar tegishli: subdiv primitives yordamida 
modellashtirish, materiallar bilan qulay ishlash, modellashtirilgan ob'ektga turli effektlarni chizish 
imkoniyati, animatsiyalarning rivojlangan tizimi va b. Realistik inter’erlar, personajlar, 
shuningdek kinofilmlar va kompyuter o'yinlari sanoatida vizual effektlar yaratishda keng 
ishlatiladi.
3. Maxon Cinema 4D – qulay interfeysga ega bo'lgan nemis grafik paketi. Tezkor 
xotiraning kichik yuklanishida murakkab sahna uchun soyalarni hisoblash bo'yicha o'zining noyob 
algoritmiga ega. Modul Body Paint 3D modelni bevosita ko'rinadigan ekranga bo'yash imkonini 
beradi.
4. NewTek LightWave 3D – juda ham qulay animatsion asboblar va yuqori sifatli 
renderingga ega bo'lgan grafik paket. Televizion formatda uch o'lchovli grafika yaratish uchun 
qulay. 

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish