Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги муҳаммад ал-хоразмий номидаги


O’ZBEKISTONDA 3D TELEVIDENIYANI QO’LLASH



Download 7,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/321
Sana10.07.2022
Hajmi7,61 Mb.
#768599
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   321
Bog'liq
591c3149ad5ef

O’ZBEKISTONDA 3D TELEVIDENIYANI QO’LLASH 
 
Sh.I.Raximov (ТАТU, assistent)
S.N.Ibodullayev (ТАТU, talaba) 
 
Zamon rivojlangan sayin insonlarning media mahsulotlarga bo’lgan ehtiyojlari ham ortib 
bormoqda. Shuning uchun ham media mahsulot yaratishda zamonaviy, interfaol usullardan 
foydalanib, murakkab effektlar qo’shilgan media mahsulotlar yaratilmoqda. Televideniya 
mahsulotlarida, kino san’atida bularni yaqqol ko’rish mumkin. Televideniyaning o’zi insoniyat 
uchun juda muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Insonlar jamiyatdagi xabarlar, voqea-hodisalar 
to’g’risida ma’lumotlarga ega bo’lish uchun televideniya xizmat qilmoqda. Telekanallardagi 
ko’rsatuvlar insonlarni o’ziga jalb etishi uchun muhim masalani o’rtaga tashlagan, qiziqarli, 
mashhur qiyofalarni aks ettirgan kabi bo’lishi mumkin. Lekin hozirgi kunda barcha sohalar 
rivojlangani sayin televideniya ham rivojlanayapti. Kino san’atida uch o’lchamli filmlar ishlab 
chiqarish yo’lga qo’yilgandan so’ng, bu televideniyaga ham ta’sir etmay qo’ymadi. Uch o’lchamli 
televideniya tashkillashtirildi. Bunda teletomoshabinlarga ma’lumotlar yetkazish ancha qulay va 
real bo’ladi. Uch o’lchamli televideniya bu katta hajmdagi ma’lumotlarni o’zida jamlagan, 
tomoshabinlarga uch o’lchovli effektni uzatib bera oladigan televideniyadir. Hozirgi vaqtda 
televizorlarda hech qanaqa ko’zoynaklarsiz uch o’lchamli videolarni ko’rish imkoniyatlari ishlab 
chiqilmoqda. Kelajakda butunlay barcha telekanallar barcha xonadonlarda uch o’lchamda 
ko’rsatilishi oddiy holga aylanishi ko’zda tutilmoqda. Hozirda esa reklama sifatida 
foydalanilmoqda.
Ma’lumotlarga tayanib uch o’lchovli televideniya yaratilishi to’g’risida faktlarga 
asoslansak, uch o’lchamli televideniya 2009-yillardan boshlab rivojlana boshladi. Dastlab, 2009-
yilning avgust oyida Yaponiyaning BS11 telekanali uch o’lchamli teleko’rsatuvlarni namoyish eta 
boshladi. AQSh esa uch o’lchamli axborotlarni uzata oladigan sputnikni 2010-yili fazoga chiqardi. 
Yevropa va Rossiyada 2010-yil 17-mayda OCEAN telekanali dastlabki sinov uchun uch o’lchamli 
televideniyani ishga tushirdi. 2010-yil 8-iyundan boshlab esa butun dunyoda Tinch okeanining suv 
ostidagi musiqali videolavhalari uch o’lchamda efirga uzatildi. Uch o’lchamli televideniya mana 
shu tarzda rivojlana boshladi. Uch o’lchamli televideniyani namoyish etish uchun shunga mos 
televizorlar, ularning keng displeylari kerak bo’ladi. Bunday displeylarni stereodispley deb ham 


259 
ataladi. Ushbu display perspektiva effektini bera oladi va tomoshabinlarga uch o’lchovli efirni 
uzatib beradi.
Bizning respublikamizda hozirda 2012-2015-yillar va 2016-2017-yillarda ikki bosqichda 
raqamli telekanallarga o’tish rejalashtirilgan. Hozirda ko’plab kanallarimiz raqamli telekanallar 
hisoblanadi. Uch o’lchovli televideniyaning vujudga kelishi bizga ham ta’sir etmay qo’ymaydi. 
MDH davlatlari orasida respublikamiz birinchi bo’lib raqamli telekanallarga o’tganini hisobga 
olsak, uch o’lchovli televideniya texnikasi to’laligicha yaratilgandan so’ng, dastlab 
respublikamizda ushbu texnologiyaga o’tilishi haqiqatga yaqin. Uch o’lchovli televideniyaning 
imkoniyatlari juda katta bo’lib, u orqali tomoshabinlarga uch o’lchovli predmetlarni ko’rsatish 
oson. Voqea-hodisalarni aks ettirishda, ma’lumotlar berishda, barcha sohalarda ushbu 
texnologiyaning qulayliklarini sezish mumkin.

Download 7,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish