5. Ishonchga kirish, ishontira olish
6. Nutq mahorati
7. Ergashtira olish
8. Muloqotga kira olish
9. Qalbga yo’l topa olish
10. O’quvchining yoshi,
11. Ichki imkoniyatiga moslashish
12. Do’stona va samiymiy munosabat Ko’rinib
turganidek, yuqoridagi
ishlarda asosan kreativlik masalasi o’qituvchining pedagogik mahorati doirasida
tahlil etilgan. Ammo bevosita maktab o’qituvchilarining kreativlik faoliyati
masalasi alohida tahlil etilmagan.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda aytish joizki, pedagogika
fanida kreativlikga doir alohida maxsus tatqiqot ishlari olib borilmagan bo’lsa
ham mazkur masala bo’yicha muayyan fikrlar bildirilgan. Bu, albatta,
bejiz
emas. Ya’ni pedagog olimlarning kreativlik masalasiga e’tibor qaratayotganligi,
bu
masala
bo’yicha
juda
ko’p
bo’lmasa
ham
pedagogik
fikrlar
bildirilayotganining o’zi bejiz emas. Chunki yosh avlodni bilimli, har
tomonlama rivojlangan, komil shaxs sifatida shakllantirishda o’qituvchilarning
ijodkorligi, o’z sohasi bo’yicha bilimlarini doimo oshirib borishi, so’nggi
yangiliklarni o’zining pedagogik faoliyatida qo’llay olishlari, bir so’z
bilan
aytganda ularning kreativlik faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunday kreativlik ayniqsa O’zbekiston Respublikasining ta’lim
sohasidagi strategik yo’lida juda ham muximdir. Bu yo’l dunyoga kelgan har bir
individning (go’dakning) komil shaxs sifatida shakllanishini uzluksiz va uzviy
turda olib borishdan iboratdir. Bu uzluksizlik ta’lim turlarida o’zining aksini
topadi. Chunki ta’limning qaysi turi bo’lmasin uning har bir bug’inida
o’qituvchi markaziy o’rinni egallaydi. Agarda bu o’qituvchi kreativlikka oid
faoliyat yuritmas ekan, ta’lim-tarbiyaning samaradorligi
Biz kutgan natijalarni
bermasligi mumkin. Bu ta’lim turlari quyidagi bo’limda o’z aksini topgan.
Olimlar pedagogik mahoratning quyidagi uch darajasini ko’rsatadilar:
- birinchi daraja - bu sinf bilan elementar munosabat.
O’qituvchi teskari aloqani qo’llaydi, uning natijasiga ko’ra o’z
harakatlarini belgilaydi. Lekin bu faoliyat metodik qo’lanmalar yoki boshqa
o’qituvchi tajribasi asosida amalga oshiriladi.
- ikkinchi daraja - dars faoliyatini, uning rejasini tuzishdanoq
optimallashtirish bosqichidir. Bunda ijodkorlik o’qituvchiga ma’lum maqsadni
amalga oshirishda mazmun, metod va shakllarni to’g’ri tanlashdan iborat.
- uchinchi daraja - evristik. Pedagog o’quvchilar bilan jonli muloqotning
ijodiy imkoniyatlarini qo’llaydi. Olima R.A.Mavlanova o’qituvchining eng
yuqori darajadagi ijodkorligi uning to’liq mustaqil
faoliyatida namoyon
bo’lishini ta’kidlaydi.
U avvaldan ma’lum bo’lgan usullarni qo’llashi mumkin, ammo u ularga
o’zining shaxsiy munosabatini qo’llaydi. O’qituvchi ijodiy individualligi,
tarbiyalanuvchining shaxsiy o’ziga xosligi, ta’limning aniq darajasi,
tarbiyalanganlik darajasi, sinfning rivojlanish darajasini hisobga olgan holda
zaruriyat taqozo etgan darajada ish olib boradi.
Tayyor tavsiyalarni amalda
qo’llash darajalari ham farqlanadi: optimallashtirish, evristik daraja, shaxsiy,
mustaqil. Tadqiqotchilar fikrlari orasida kreativ insonlar boshqalarga taqlid
qilmasdan, o’zlari tanlagan faoliyatlarining barcha bosqichlariga ijodiy
yondashadilar, degan fikr etakchilik qiladi.
Shunday qilib, kreativlik taqlid qilish, nusxa ko’chirishdan ijodiy nusxa
ko’chirish, taqlidiy ijod va haqiqiy ijodkorlikka tomon rivojlanib boradi.
Tabiiyki, barcha o’qituvchilar ham kreativ rivojlanishning
barcha bosqichlari
bilan tavsiflanmaydilar: - ba’zilar tayyor metodik tavsiyalardan nusxa olib, faqat
birinchi darajaga erishadilar; - ikkinchilari to’liq kontseptsiya va tizimlarga ega
bo’lmasdan turib, ba’zi metodik usullarga o’zgartirishlar kiritadilar, -
uchinchilari ma’lum g’oya asosida to’liq mazmun, metod va shakllarni ishlab
chiqadilar; - to’rtinchilar esa ta’lim va tarbiyada o’zlarining kontseptsiya va
metodikalarini tavsiya etadilar.
Yuqoridagilarga munosabat bildirib aytish mumkinki,
dastlabki uchtasi
taqlid bosqichida bo’lib, to’rtinchisi ularga qarama-qarshi tarzda ijod
bosqichida. Intellektual faollik darajasini belgilangan kreativlik bosqichlari
bilan taqqoslash, ikkala yo’nalish orasida ma’lum mutanosiblikni, innovatsion-
pedagogik faoliyatning bir necha bosqichda takomillashib borish darajasidagi
tushunchalarni aniqlashga imkon berdi. Pedagog
faolligining borgan sari
yuqoriroq darajadagi faoliyatga ko’tarilib borishi kelajakda innovatsion ta’lim
strategiyasini tashkil qilishni belgilaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
1.
Doniyarov M. Boshlang'ich sinf ona tili darslariga kompetensiyaviy
yondoshuv haqida mulohazalar.
Do'stlaringiz bilan baham: