3
KIRISH
BMIning umumiy tavsifi
Mavzuning dolzarbligi
. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga
erishgach, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-madaniy taraqqiyotning istiqbolli yo‘liga
kirdi. Ayniqsa, ta’lim sohasidagi tub islohotlar davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Chunki yosh avlodning imkoniyatlari va qobiliyatlarining takomillaShuvida ta’lim
bo‘g‘inlari alohida ahamiyatga ega. Zotan, ma’naviyatli yoshlar jamiyat boyligidir.
Respublikamiz prezidenti Sh. Mirziyoev 2016 yil 14 dekabr kuni bo‘lib
o‘tgan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida:
“Yoshlarimizning
mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib,
dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan
insonlar bo‘lib kamol to‘ishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning
bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”
1
. degan edilar Darhaqiqat, bugungi
kunda mamlakatimiz aholisining 32 foizi, ya’ni 10 millionini 30 yoshgacha
bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Mamlakatimizda ta’lim tarbiya bo‘yicha qabul
qilingan umummilliy dasturning hayotga tadbiq etilishi samarasi o‘laroq,
yoshlarimiz Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni
zimmasiga olishga qodir
bo‘lgan, bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchiga aylanib bormoqda.
Shubhasiz. yosh avlodning zamon talablariga munosib,
mustaqil fikr-qarashiga
ega, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyat sohibi va dunyoning har bir
burjidagi tengdoshi bilan erkin muloqotga kirisha oladigan shaxs bo‘lib
kamol
topishida adabiyot va san’atning roli beqiyosdir.
Adabiy asarlarni o‘rganish orqali o‘quvchiga nafosat tarbiyasi singdiriladi.
Badiiy tarbiya adabiyot fanini o‘qitish orqali fanga oid muayyan bilim, ko‘nikma
va malakalarni o‘quvchilarda shakllantirishni ko‘zda tutadi.
Ta’lim tizimida, xususan, akademik litsey dastur va darsliklarida Istiqlol
davri she’riyati namunalari ham o‘rin egallagan. Ularni o‘rganish
orqali
1
Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини мард ва олижаноб халқимиз билан
бирга қурамиз. Халқ сўзи. // 2016 йил 16 декабрь.
4
o‘quvchining olam ranglari, hayotning mohiyati, go‘zallik tushunchalarini anglab
yetishiga ko‘maklashiladi. Lirik asarlar tahlili orqali o‘quvchining mustaqil
fikrlash salohiyati o‘sadi, og‘zaki va yozma nutqi takomillashadi.
Bilamizki, Istiqlol davrida yaratilgan lirik asarlardan asarlari el ichida
ma’lum va mashxur bo‘lgan,ustoz shoirlarning ijod namunalari akademik litsey
dastur va darsliklarining uch bosqichida o‘rganiladi.Biz
ushbu tadqiqotimizda
ustoz soirlarning Istiqlol yillarida yaratilgan asarlarini o‘rganish bilan bir qatorda
yosh,iste’dodli,o‘zimizga tengdosh va tuyg‘udosh shoirlar ijodini kuzatishga qaror
qildik.Tadqiqotimizning asosiy maqsadi ham tengdosh-tuyg‘udosh yosh ijodkorlar
ijod namunalarini imkon qadar tahlil va talqin qilishdan iborat.Bugungi kunda
yosh ijodkorlar ijodining deyarli o‘rganilmayotgani tanqidchiligimizdagi asosiy
kamchiliklardan hisoblanadi.Bunga sabab katta yoshli
tanqidchilarimiz yoshlar
ruhiyatini yaxshi tushunmasligida deb o‘ylayman. Shu sababdan, men yosh
ijodkorlarga tengdosh-tuyg‘udosh tadqiqotchi sifatida ular ijodini chuqur
o‘rganishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim.Zotan,
kelajak mana shu yoshlar
qo‘lidadir.Ularni hozirdan qo‘llab-quvvatlab,ijod namunalarini tahlil va talqin qilib
borilsa ulardan kelajakda el ardog‘idagi ijodkorlar yetishib chiqishi shubhasiz.
Kichkina bir tadqiqot doirasida Istiqlolga erishgan kunimizdan to bugungi
kungacha yaratilgan lirik asarlarni o‘rganish imkoniga ega emasmiz. Shuning
uchun biz ushbu BMIda hali o‘rganilmagan, iqtidorli tengdoshlarimizdan
ayrimlarining ijod namunalarini hamda 3 bosqich darsligidagi
ustoz shoirlarning
Istiqlol yillarida yaratilgan lirik asarlarini o‘rganish bilangina cheklanamiz.
Muammoning ilk bora tadqiqot obyekti sifatida tanlanishi mavzuning
dolzarbligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: