Alisher navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyot universiteti o`zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti


II BOB.T ‘LIM TIZIMIDA MUSTAQILLIK DAVRI O‘ZBEK



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/38
Sana10.07.2022
Hajmi0,69 Mb.
#767989
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
yaqubova sevinchoy mustaqillik davri o\'zbek sheriyatining ilmiy - metodik asoslari bmi (3)

 
II BOB.T ‘LIM TIZIMIDA MUSTAQILLIK DAVRI O‘ZBEK 
SHE‘RIYATINING O‘RGANILISHI 
 
2.1 Istiqlol davri she‘riyatini o‘rganishning metodik asoslari...........................32 
2.2 Zamonaviy o‘zbek lirikasini o‘rganish usullari...........................................56 
 
III BOB. ISHNING AMALIYOTGA TATBIQI 
 
3.1. Ta‘lim bosqichlari dastur va darsliklari tahlili............................................67 
3.2. Ochiq dars ishlanmasi................................................................................. 72 
 
XULOSA
...........................................................................................................82 
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
....................................84
 
 



KIRISH 
BMIning umumiy tavsifi 
 
Mavzuning dolzarbligi
. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga 
erishgach, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-madaniy taraqqiyotning istiqbolli yo‘liga 
kirdi. Ayniqsa, ta’lim sohasidagi tub islohotlar davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. 
Chunki yosh avlodning imkoniyatlari va qobiliyatlarining takomillaShuvida ta’lim 
bo‘g‘inlari alohida ahamiyatga ega. Zotan, ma’naviyatli yoshlar jamiyat boyligidir. 
Respublikamiz prezidenti Sh. Mirziyoev 2016 yil 14 dekabr kuni bo‘lib 
o‘tgan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqida: 
“Yoshlarimizning 
mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, 
dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan 
insonlar bo‘lib kamol to‘ishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning 
bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”
1
. degan edilar Darhaqiqat, bugungi 
kunda mamlakatimiz aholisining 32 foizi, ya’ni 10 millionini 30 yoshgacha 
bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Mamlakatimizda ta’lim tarbiya bo‘yicha qabul 
qilingan umummilliy dasturning hayotga tadbiq etilishi samarasi o‘laroq, 
yoshlarimiz Vatanimizning kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir 
bo‘lgan, bugungi va ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchiga aylanib bormoqda.
Shubhasiz. yosh avlodning zamon talablariga munosib,
 
mustaqil fikr-qarashiga 
ega, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyat sohibi va dunyoning har bir 
burjidagi tengdoshi bilan erkin muloqotga kirisha oladigan shaxs bo‘lib kamol 
topishida adabiyot va san’atning roli beqiyosdir.
Adabiy asarlarni o‘rganish orqali o‘quvchiga nafosat tarbiyasi singdiriladi. 
Badiiy tarbiya adabiyot fanini o‘qitish orqali fanga oid muayyan bilim, ko‘nikma 
va malakalarni o‘quvchilarda shakllantirishni ko‘zda tutadi.
Ta’lim tizimida, xususan, akademik litsey dastur va darsliklarida Istiqlol 
davri she’riyati namunalari ham o‘rin egallagan. Ularni o‘rganish orqali 
1
Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини мард ва олижаноб халқимиз билан 
бирга қурамиз. Халқ сўзи. // 2016 йил 16 декабрь.
 



o‘quvchining olam ranglari, hayotning mohiyati, go‘zallik tushunchalarini anglab 
yetishiga ko‘maklashiladi. Lirik asarlar tahlili orqali o‘quvchining mustaqil 
fikrlash salohiyati o‘sadi, og‘zaki va yozma nutqi takomillashadi. 
Bilamizki, Istiqlol davrida yaratilgan lirik asarlardan asarlari el ichida 
ma’lum va mashxur bo‘lgan,ustoz shoirlarning ijod namunalari akademik litsey 
dastur va darsliklarining uch bosqichida o‘rganiladi.Biz ushbu tadqiqotimizda 
ustoz soirlarning Istiqlol yillarida yaratilgan asarlarini o‘rganish bilan bir qatorda 
yosh,iste’dodli,o‘zimizga tengdosh va tuyg‘udosh shoirlar ijodini kuzatishga qaror
qildik.Tadqiqotimizning asosiy maqsadi ham tengdosh-tuyg‘udosh yosh ijodkorlar 
ijod namunalarini imkon qadar tahlil va talqin qilishdan iborat.Bugungi kunda 
yosh ijodkorlar ijodining deyarli o‘rganilmayotgani tanqidchiligimizdagi asosiy 
kamchiliklardan hisoblanadi.Bunga sabab katta yoshli tanqidchilarimiz yoshlar 
ruhiyatini yaxshi tushunmasligida deb o‘ylayman. Shu sababdan, men yosh 
ijodkorlarga tengdosh-tuyg‘udosh tadqiqotchi sifatida ular ijodini chuqur 
o‘rganishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘ydim.Zotan, kelajak mana shu yoshlar 
qo‘lidadir.Ularni hozirdan qo‘llab-quvvatlab,ijod namunalarini tahlil va talqin qilib 
borilsa ulardan kelajakda el ardog‘idagi ijodkorlar yetishib chiqishi shubhasiz. 
Kichkina bir tadqiqot doirasida Istiqlolga erishgan kunimizdan to bugungi 
kungacha yaratilgan lirik asarlarni o‘rganish imkoniga ega emasmiz. Shuning 
uchun biz ushbu BMIda hali o‘rganilmagan, iqtidorli tengdoshlarimizdan 
ayrimlarining ijod namunalarini hamda 3 bosqich darsligidagi ustoz shoirlarning 
Istiqlol yillarida yaratilgan lirik asarlarini o‘rganish bilangina cheklanamiz.
Muammoning ilk bora tadqiqot obyekti sifatida tanlanishi mavzuning 
dolzarbligini ko‘rsatadi.

Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish